Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.36K subscribers
13.4K photos
1.63K videos
59 files
11.5K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-214-son, 10.06.2024 y.) qabul qilindi


🔰Qarorga ko'ra, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi ishtirokchi-davlatlarining sud-ekspertlik faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengashni tashkil etish to'g'risidagi Bitim tasdiqlandi.

🗓Mazkur Bitim, 2023-yil 13-oktyabr kuni Bishkek shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Davlat rahbarlari kengashi yig'ilishida imzolangan.

🏢 Adliya vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi.

✔️Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etiladi


“Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-89-son, 10.06.2024 y.) qabul qilindi.

⚡️Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan:

🔹jinoyat ishlari bo'yicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasi jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar – tergov sudyalari tomonidan ko'rib chiqilishi tartibi joriy etiladi;

🔹jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi kiritiladi;

🔹jinoyat ishlari bo'yicha sudga qadar ish yurituv davrida tergov sudyasi tomonidan protsessual qarorlarga berilgan sanksiyalar faqatgina apellyatsiya instansiyasida Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O'zbekiston Respublikasi harbiy sudi tomonidan yakka tartibda qayta ko'rib chiqilishi tartibi belgilandi;

🔹tergov sudyalariga ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish vakolati beriladi;

🔹tergov sudyalari tomonidan ko'rib chiqiladigan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni yuqori instansiyalarda qayta ko'rib chiqishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Tergov sudyasiga sanksiyalar va majburlov choralarini qo'llash masalasini ko'rib chiqish vakolati beriladi


🔰 Farmonga muvofiq, tergov sudyasiga quyidagi jinoyat materiallarini, shu jumladan sanksiyalar va majburlov choralarini qo'llash masalasini ko'rib chiqish vakolati beriladi:

quyidagilar bo'yicha sanksiyalar:

qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash bilan bog'liq iltimosnoma;
qamoqda saqlash yoki uy qamog'i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog'liq iltimosnoma;
pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi iltimosnoma;
murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnoma;
pochta-telegraf jo'natmalarini xatlash to'g'risidagi iltimosnoma;
tintuv o'tkazish haqidagi iltimosnoma;
telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi iltimosnoma;
mol-mulkni xatlash to'g'risidagi iltimosnoma;

quyidagilar bo'yicha majburlov choralari:

ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to'g'risidagi iltimosnoma;
shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnoma;
ayblanuvchining tibbiy muassasada bo'lishi muddatini uzaytirish to'g'risidagi iltimosnomasi;
ushlab turish muddatini 48 soatga qadar uzaytirish to'g'risidagi iltimosnoma;

Prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da'vogarning) ko'rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to'g'risidagi iltimosnomasi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Tergov sudyasi o'z faoliyatini mustaqil amalga oshiradi hamda faqat qonunga bo'ysunadi


⚡️Farmonga ko'ra:

🔹tergov sudyasi o'z faoliyatini mustaqil amalga oshirib, faqat qonunga bo'ysunadi hamda tergov sudyasiga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lmagan har qanday vazifalar yuklatilishiga yo'l qo'yilmaydi;

🔹tergov sudyalarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish, shuningdek, sudyalar korpusini shakllantirish qonunda belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi;

🔹tergov sudyasining tashkiliy faoliyatiga rahbarlik tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Harbiy sud raislari tomonidan amalga oshiriladi.

📝 Qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta'minlash tergov sudyasi faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri etib belgilandi.

⚠️ Tergov sudyasi lavozimi uchun shtat birliklari sudlarning mavjud shtat birliklari hamda 2025–2027 yillar uchun ajratiladigan qo'shimcha shtat birliklari hisobidan shakllantiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka koʻra, oilaviy bogʻchalar tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisiga tegishli toifa boʻyicha 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlarida va hajmlarda ish haqini toʻlash uchun subsidiya ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#SAYYOR_QABUL

Joriy yilning 11-iyun kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Termiz tumanidagi "Sabzipoya" mahallasida aholi va tadbirkorlik subyektlari ishtrirokida navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Turli sohaga oid murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, o'rganish muddat talab etadigan 9 ta murojaat ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, qabul ishtirokchilariga targ‘ibot-tadbiri tashkil etilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024–yil 24-may kuni yangi qabul qilingan «Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi PF 80- sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 204-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuntirish berildi.
#Adliya_yoshlar

Uzun tumani 4-sektor hududidagi otaliqqa olingan yoshlar o'rtasida sportning shaxmat va "Yengil atletika" turlari bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda g‘oliblar munosib taqdirlandi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Sabzipoya mahallasida tashkil etilgan sayyor qabuldan so‘ng, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Roziqov "Mahalla yettiligi"ning faoliyati bilan tanishib, ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024–yil 24-may kuni yangi qabul qilingan «Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi PF 80- sonli Farmonida belgilangan vazifalar bo‘yicha tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, uyma-uy yurgan holda MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolarning xonadoniga tashrif buyurib, aholining kundalik hayotda uchraydigan muammolari yuzasidan huquqiy maslahatlar berdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍1