Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.36K subscribers
12.7K photos
1.58K videos
59 files
11.1K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#Bu_muhim

⚡️Referendum qonunchiligi va referendum o'tkazish tartibi haqida nimalarni bilasiz?
#Bu_muhim

Surxondaryo viloyatida biometrik pasportni ID kartaga qayerda almashtirish mumkin?

💡 Bugungi kunda biometrik pasportlaringizni ID-kartaga almashtirish uchun istalgan Ichki ishlar organlari yoki tegishli Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

👉 Batafsil yuqoridagi infografikada

❗️ Eslatma: Yo‘qolgan pasportni tiklash uchun faqat IIBga murojaat qilinadi.

🔹Davlat xizmatlari markazlari manzillari ro'yxati

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

👴👵Pensiya to'g'risida 5 ta kerakli va muhim ma'lumot:

1️⃣ O'zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga egadirlar.

2️⃣ Yоshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar 60 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo'lgan taqdirda, ayollar esa 55 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo'lgan taqdirda ega bo'ladilar.

3️⃣ Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog'liq bo'lib, pensiyaning tayanch miqdoridan; ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan; pensiyaga qo'shiladigan ustama haqlardan tarkib topadi.

4️⃣ Davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo'lgan fuqarolarga ularning o'zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.

5️⃣ Pensiyani hisoblab chiqarish uchun, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat'i nazar, oxirgi o'n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yildagi (pensiya so'rab murojaat etgan kishining tanlovi bo'yicha) ish haqi olinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

❗️ Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish endi faqat DXM va my.gov.uz orqali amalga oshirilishdan xabardormisiz?

♻️ Boshqalarga ham ulashishni unutmang!

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️
Telegram I 💬 Facebook I 📹 Youtube I 🌐 Web-site
#Bu_muhim

Bog'chaga yo'llanma shakillangaligi to'g'risida SMS xabar kelmasa, nima qilish lozim?

📝Xabaringiz bor yaqinda Adliya vazirligi, Maktabgacha taʼlim agentligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi birgalikda fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida bolalarni bog'chaga qabul qilishda SMS xabar orqali ariza raqami va maxfiy kod yuborilishi yo‘lga qo‘yildi.

🤰Shu bilan birga, fuqarolardan ushbu qulaylik yuzasidan o'rinli savollar kelmoqda.

🤔Masalan: "Ariza berganimda telefon nomerni xato kiritgan bo'lsam yoki almashtirgan bo'lsam SMS xabarni qanday olaman?"

📱Aynan shu kabi yoki boshqa sabablarga ko'ra SMS kod kelmay qolgan holatlarga duch kelgan ota-onalar Adliya vazirligining quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘raladi:

☎️712071199 (ichki raqam1603, 1606, 1607, 1609)

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

Xorijga chiqish biometrik pasportini qayerdan olish mumkin?


📕Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasportini istalgan Ichki ishlar organlari yoki 135ta Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda olishlari mumkin.

❗️Eng asosiysi ushbu xizmatdan eksterritorial tamoyil asosida foydalanish imkoni mavjud.

👉Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga xorijga chiqish biometrik pasportiga zarurat tug‘ildi. Avvalgidek, ro‘yxatdan o‘tgan joyingizdagi ichki ishlar bo‘limiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir bo‘lib turgan joyingizdagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

📌Xorijga chiqish biometrik pasportini olish mumkin bo'lgan Davlat xizmatlari markazlari ro'yxati👈

📄Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to‘lov miqdori BHMning 1 baravari (330 000 so‘m) tashkil etadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

🔅Davlat xizmatlarini taqdim etish muddatlari haqida nimalarni bilasiz?

Fuqarolar uchun davlat xizmatlari qanchalik tez taqdim etilsa, mamnunlik darajasi ham shu qadar yuqori bo'ladi.

❗️Demak, xizmat ko'rsatish muddati sifatida berilgan iboraga diqqat qilish juda ham muhim. Misol uchun, xizmat muddati 2 kun yoki 2 ish kuni deb belgilanishi mumkin.

Nima farqi bor dersiz?

📌Doim yodingizda bo'lsin, agarda talab va reglamentda ko'rsatilgan matndagi muddatda "ish kuni" jumlasidan foydalanilmagan bo'lsa, demak kalendar kunlari nazarda tutilgan bo'ladi.

📎Agarda "ish kuni" birikmasi qo'llanilgan bo'lsa, demak xizmat ko'rsatuvchi davlat organining ish kunlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

🗓Shunday qilib, 5 ish kuni deb belgilangan muddat haftaning 2 dam olish kunini inobatga olib hisoblaganda 7 kalendar kunga to'g'ri keladi. Boshqacha qilib aytganda, chorshanba kuni berilgan ariza bo'yicha keyingi haftaning seshanba kuni 5-ish kuni hisoblanadi.
#Bu_muhim

📝NOSTRIFIKATSIYA HAQIDA 10 TA MUHIM MA'LUMOT

🗣 Nostrifikasiya bu xorijiy davlatda berilgan ta'lim to'g'risidagi hujjatning ekvivalentligini qayd etish tartiboti.

➡️ Qonunchilikka ko'ra xorijiy davlatda oliy ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjatlarni tan olish Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
➡️ Hujjatlarni tan olish va nostrifikasiya qilish to'g'risidagi arizalar faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki Yаgona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
➡️ Bunda
- o'rta maxsus va kasb-hunar (professional) ta'limi bo'yicha — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari;
- oliy ta'lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish ta'limi bo'yicha — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida yig'im undiriladi.
➡️ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro'yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo'lgan belgilangan yig'imning 50 foiz miqdorida chegirma qo'llaniladi.
➡️ YIDXP orqali murojaat qilinganda yig'im davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun belgilangan yig'imning 90 foizi miqdorida undiriladi.
➡️ Hujjatlar Ekspert komissiyasi tomonidan ko'rib chiqilib, ijobiy yoki salbiy xulosa beriladi.
➡️ Ijobiy xulosa berilgan talabgor ta'lim olgan ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari bo'yicha test sinovi topshiradi.
➡️Test natijalari bo'yicha minimal ball (55 ball va undan yuqori) olgan talabgorning ta'lim to'g'risidagi hujjatlari tan olinadi (nostrifikasiya qilinadi).
➡️ 2022 yil 1 yanvardan keyin olingan xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjatlar tan olish uchun topshirilganda, hujjatni bergan davlatning vakolatli organi tomonidan apostil qo'yilgan bo'lishi talab etiladi.
➡️ Xorijiy davlatlarda umumiy o'rta, o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va malaka oshirish ta'limi olgan talabgorlarning xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjatlari to'g'ridan-to'g'ri (sinovlarsiz) amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

📢📢 Nodavlat notijorat tashkilotlari diqqatiga

⚠️ Qonunchilikka ko‘ra, nodavlat notijorat tashkilotlari (shu jumladan, diniy tashkilotlar) har yili 1 fevralga qadar o‘tgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organiga hisobot taqdim etadi.

📝 Hisobot shakllari bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

🔹 Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun — havola.
🔹 Diniy tashkilotlar uchun — havola.

Hisobotni qulay va sifatli topshirish uchun www.e-ngo.uz portali ishga tushirilgan. Hisobotni elektron shaklda, o‘z vaqtida va to‘liq taqdim etish so‘raladi.

❗️Eslatma: MJtKning 239-moddasiga asosan, nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, o‘z faoliyati to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma'lumotlar taqdim etishi BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun telefon raqamlari:
● O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 88-130-11-00, 97-263-68-88;
● Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi – 91-306-45-54;
● Andijon viloyat adliya boshqarmasi – 91-486-07-06;
● Buxoro viloyat adliya boshqarmasi – 93-474-05-05;
● Jizzax viloyat adliya boshqarmasi – 90-180-98-10;
● Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi – 94-658-52-94;
● Navoiy viloyat adliya boshqarmasi – 91-337-92-68;
● Namangan viloyat adliya boshqarmasi – 91-367-59-00;
● Samarqand viloyat adliya boshqarmasi – 97-615-70-20;
● Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi – 91-622-22-99;
● Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi – 93-193-07-55;
● Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi – 97-337-06-78;
● Xorazm viloyat adliya boshqarmasi – 99-967-65-64;
● Toshkent viloyat adliya boshqarmasi – 97-420-33-00;
● Toshkent shahar adliya boshqarmasi – 90-323-52-57.

@adliyangiliklari
#Bu_muhim

Xorijga chiqish biometrik pasportini qayerdan olish mumkin?


📕Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasportini istalgan Ichki ishlar organlari yoki 135 ta Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda olishlari mumkin.

❗️Eng asosiysi ushbu xizmatdan eksterritorial tamoyil asosida foydalanish imkoni mavjud.

👉Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga xorijga chiqish biometrik pasportiga zarurat tug‘ildi. Avvalgidek, ro‘yxatdan o‘tgan joyingizdagi ichki ishlar bo‘limiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir bo‘lib turgan joyingizdagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

📌Xorijga chiqish biometrik pasportini olish mumkin bo'lgan Davlat xizmatlari markazlari ro'yxati👈

📄Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to‘lov miqdori BHMning 1 baravari (340 000 so‘m) tashkil etadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

📣 Nodavlat notijorat tashkilotlari diqqatiga!

⚠️ Qonunchilikka ko‘ra, nodavlat notijorat tashkilotlari (shu jumladan, diniy tashkilotlar) har yili 1 fevralga qadar o‘tgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organiga hisobot taqdim etadi.

📝 Hisobot shakllari bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

🔹 Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun — havola.
🔹 Diniy tashkilotlar uchun — havola.

Hisobotni qulay va sifatli topshirish uchun www.e-ngo.uz portali ishga tushirilgan. Hisobotni elektron shaklda, o‘z vaqtida va to‘liq taqdim etish so‘raladi.

❗️Eslatma: MJtKning 239-moddasiga asosan, nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, o‘z faoliyati to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma'lumotlar taqdim etishi BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun telefon raqamlari:
● O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 88-130-11-00, 97-263-68-88;
● Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi – 91-392-77-72;
● Andijon viloyat adliya boshqarmasi – 91-486-07-06;
● Buxoro viloyat adliya boshqarmasi – 91-164-04-54;
● Jizzax viloyat adliya boshqarmasi – 90-180-98-10;
● Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi – 90-607-26-60;
● Navoiy viloyat adliya boshqarmasi – 91-337-92-68;
● Namangan viloyat adliya boshqarmasi – 91-367-59-00;
● Samarqand viloyat adliya boshqarmasi – 97-615-70-20;
● Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi – 91-622-22-99;
● Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi – 90-969-93-94;
● Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi – 90-807-90-29;
● Xorazm viloyat adliya boshqarmasi – 99-967-65-64;
● Toshkent viloyat adliya boshqarmasi – 99-309-07-09;
● Toshkent shahar adliya boshqarmasi – 99-122-30-07.

📌 Kanalga ulanish