Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
2.45K subscribers
11.5K photos
1.32K videos
59 files
10.1K links
👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#Bilasizmi

❗️Odob-axloq qoidalariga ko'ra, davlat xizmatchilari xizmat guvohnomalarini saqlash va foydalanish tartibiga qat'iy rioya etish, ulardan xizmatga aloqador bo'lmagan holatlarda foydalanmaslik, shu jumladan, vakolatli shaxslarga xizmat guvohnomasini ko'rsatib, mavqeini suiiste'mol qilmaslikka majbur.

👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_so'rovnoma

Fuqarolarning, ayniqsa yoshlarning o‘z huquqlaridan qay darajada xabardorligini aniqlash maqsadida ular o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etishingiz so‘raladi.

So‘rovnoma uchun link 👇
https://bit.ly/440V1F4

👉 https://t.iss.one/surxondaryoadliya 👈
#Адлия_сўровнома

🔉Азизлар! Сизнинг фикрингиз биз учун муҳим.

❗️Адлия вазирлиги тизимида коррупцион омилларни аниқлаш юзасидан навбатдаги онлайн сўровнома ўтказилмоқда

📝Барчани ушбу сўровномада фаол иштирок этиб, коррупциянинг олдини олишда ўз ҳиссангизни қўшишга чорлаймиз.

СЎРОВНОМА ТЎЛДИРИШ👈🏻
#Bu_muhim

Xorijga chiqish biometrik pasportini qayerdan olish mumkin?


📕Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasportini istalgan Ichki ishlar organlari yoki 135 ta Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda olishlari mumkin.

❗️Eng asosiysi ushbu xizmatdan eksterritorial tamoyil asosida foydalanish imkoni mavjud.

👉Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga xorijga chiqish biometrik pasportiga zarurat tug‘ildi. Avvalgidek, ro‘yxatdan o‘tgan joyingizdagi ichki ishlar bo‘limiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir bo‘lib turgan joyingizdagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

📌Xorijga chiqish biometrik pasportini olish mumkin bo'lgan Davlat xizmatlari markazlari ro'yxati👈

📄Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to‘lov miqdori BHMning 1 baravari (340 000 so‘m) tashkil etadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
📎 Bugun 13-aprel - tuman, shahar adliya bo‘limlari tashkil etilgan kun!

➡️Tizimda ishlayotgan barcha xodimlarimizni ushbu kun bilan samimiy muborakbod etamiz. Barchangizga sog‘lik-salomatlik, ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

👏 Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz hamkasblar!

🏛 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi

👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya 👈
#Bilasizmi

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

— Arizani ko‘rib chiqish uchun yg‘im undirilmaydi
— Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: BHMning 1 barobari

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 5 kun.

📌Litsenziyaning amal qilish muddati — сheklanmagan

❗️Ma'lumot uchun: Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat notarial faoliyat hisoblanadi.

👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya 👈
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida qishloq xo'jaligi yerlari atrofida kollektor-drenaj tarmoqlari mavjud bo'lgan fermer xo'jaliklariga zovur suvlarida 200–250 boshdan o'rdak boqish va asalari uyasi tashkil qilish uchun yillik 14 foiz stavkada imtiyozli kreditlar ajratilishi belgilangan.

👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya 👈
#Amal_qiling

🔰 Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etish BHMining 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 млн 20 ming soʻmdan 1 mln 700 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya 👈
#Bilasizmi

🔰 Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslar BHMning 25 baravarigacha (8 mln 500 ming soʻm) miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.

👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya 👈
#yashil_makon

Surxondaryo viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ushbu jarayonda adliya xodimlari ham faol ishtirok etib, ekologik musaffolik hamda yashil tabiat rivojiga munosib hissa qo‘shish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Termiz tumanining “Qahramon” mahallasi hududida 2 gektar maydonga tashkil etilgan “Adliya bog‘i”da mevali hamda manzarali daraxtlar ekilmoqda.

🌿 Tizim xodimlari birlashib erta tongdan hashar ishlariga bel bog‘lashdi. Bunday jamoaviy tadbirlar xodimlar o‘rtasida ijobiy muhitning shakllanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

🍃 O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan hayrli tadbir natijasida katta maydonga minglab yosh nihollar qadaldi. Ularning unib-o‘sishi va rivoj topishi uchun endilikda ko‘chatlar muntazam parvarishlab boriladi.

👉 https://t.iss.one/surxondaryoadliya 👈
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tomonidan quritish sexi va sovitkichli omborxonalarni xarid qilishga 50 milliard so'm mablag' ajratilishi belgilangan.

▶️ Bunda, kredit qishloq xo'jaligi korxonalariga 36 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga yillik 14 foiz stavkada ajratiladi.

✔️Kredit summasining 60 foizi bo'yicha garov ta'minoti sifatida o'rnatiladigan quritish sexi va sovitkichli omborxonalar olinishi, 40 foizi bo'yicha garov ta'minoti sifatida ularning qaytmaslik xatarini sug'urta qilish bo'yicha sug'urta polisi olinishi belgilanadi.

👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya 👈
#huquqiy_tarğibot

Qasddan sodir etilgan jinoyat deb nimaga aytiladi?

Jinoyat kodeksida jinoyat tamom bo'lgan payt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt deb hisoblangan bo'lib, uni sodir etgan shaxs o'z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan bo'lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi.

Jinoyat kodeksida jinoyat tamom bo'lgan payt ijtimoiy xavfli oqibat yuz bergan vaqt deb topilgan qilmishlar to'g'ri yoki egri qasddan sodir etilgan bo'lishi mumkin.

Agar shaxs o'z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko'zi yetgan va ularning yuz berishini istagan bo'lsa, bunday jinoyat to'g'ri qasddan sodir etilgan deb topiladi.

Agar shaxs o'z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko'zi yetgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda yo'l qo'ygan bo'lsa, bunday jinoyat egri qasddan sodir etilgan deb topiladi.

Denov tumani adliya bo'limi 1-son FHDY bo'limi mudiri v.v.b, 2-darajali yurist Faxriddin Madaminov

👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya 👈
#Yoʻl_qoidalariga_amal_qiling

❗️Yo'l harakati qoidalariga ko'ra, davlat ro'yxatlash raqam belgilari ko'rinmaydigan, qalbakilashtirilgan, o'zgartirilgan bo'lsa, transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

Qonunchilikka ko'ra, davlat raqam belgilarini ko'rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to'sqinlik qiladigan turli ashyolar o'rnatish va qoplama surtish, ana shu qurilmalarni musodara qilib, quyidagicha miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi:

🔹fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha (340 ming so'mdan 1 mln 20 ming so'mgacha);

🔹mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 mln 20 ming so'mdan 1 mln 700 ming so'mgacha).

👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya 👈