#Yozgi ta’til_taassurotlari
🏛Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining jajji o‘quvchilari yozgi ta’tilni ijodiy va mazmunli o‘tkazmoqda.
⚡️Ular bo‘sh vaqtlarida o‘z tasavvurlari, orzu va his-tuyg‘ularini chizgan rasmlari orqali ifoda etib, san’atga bo‘lgan mehrlarini namoyon etishmoqda.
✨ Har bir rasm – bolalarning qalbidagi ezgulik, e’tibor va ijodiy tafakkur ifodasidir.
🔰Telegram

Bizni kuzatishda davom eting
🔰Telegram
#Mulohaza_vaqti
Bir kuni ustoz o‘zini baxtsiz hisoblaydigan, hamisha nolib yuradigan shogirdiga bir piyola suv bilan bir siqim tuzni uzatibdi-da, aralashtirib tatib ko‘rishini so‘rabdi. Shogird ustozining aytganini qilibdi.
– Ta’mi qanaqa ekan? – deya so‘rabdi shogirdidan.
– Sho‘rligi tilni o‘yamaydi, – debdi shogird.
Ustoz jilmayibdi va uni daryo bo‘yiga olib boribdi.
Yana bir siqim tuzni uzatib:
– Endi buni daryoga tashla-da, so‘ng mazasini tatib ko‘r, – debdi.
Shogird bu safar suvni huzur bilan ichibdi.
Yigitning lablaridan tomayotgan tomchilarga qarab ustoz:
– Xo‘sh, mazasini qanday ekan? Sho‘rligi sezildimi? – deb so‘rabdi.
– Mazasi ajoyib. Sho‘rligi ham sezilmadi, – debdi shogird.
Shunda ustoz shogirdiga shunday nasihat qilibdi:
– Hayot qiyinchiliklari xuddi tuz miqdoriga o‘xshaydi. Ko‘p ham emas, kam ham emas. Faqat u aralashadigan qalbni kengroq qilmoq kerak. Demak, sen hayotda bir piyola suv bo‘lib emas, daryo bo‘lib yashashni o‘rgan...

Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida munosib tarzda nishonlanishiga tayyorgarlik ishlari boshlandi. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi "San’at saroyi" majmuasida madaniyat va san’at sohasi vakillari hamda mutasaddi tashkilotlar bilan uchrashib, bayram tadbirlariga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
Tashrif doirasida bayram dasturi, konsert ssenariylari va sahna dekoratsiyalarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Dekoratsiyalarni milliy an’analar va estetik talablar asosida tayyorlash, ssenariylar mazmunini boyitish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, viloyat rahbari Termiz shahrida tashkil etilayotgan "Botanika bog‘i" qurilishi bilan ham tanishdi. Bu yerda qurilish ishlarini jadallashtirish, sifatni ta’minlash va ekologik talablarga rioya qilish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.
Keyingi manzilda, Ro‘zi Choriyev nomidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan asarlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Viloyat hokimi ko‘rgazmani ko‘zdan kechirib, Surxondaryoning tabiati, madaniyati va tarixiy merosini aks ettiruvchi asarlar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Ko‘rgazma doirasida bir qator asarlar xarid qilindi.
Shuningdek, "Kokildor ota" mahallasida amalga oshirilayotgan infratuzilmaviy ishlar holati o‘rganildi. Jumladan, 1 km yo‘lni asfaltlash, 3 km ariqni betonlashtirish, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, aholi uchun tomorqalardan samarali foydalanish sharoitini yaratish, shuningdek, yangi ish o‘rinlari tashkil etish kabi vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Mahalladagi nuroniylar va faollar bilan suhbat qilgan viloyat hokimi ularning Kokildor ota xonaqosini ta’mirlash yuzasidan takliflarini tingladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X