AI ( Suniy intelekt)
162 subscribers
13 photos
3 videos
15 links
Barcha turdagi Suniy intelektlarni bizni kanalda kuzatib boring.
Download Telegram
Suniy intelektdan foydalanishda "Prompt engineering" juda katta rol oʻynaydi. Siz shu haqida qanaqa tushunchaga egasiz?

@suniy_intelekt_AI_uz
👍4
#ai #prompt

Prompt engineering — bu sun’iy intellekt (AI), xususan, yirik til modellari (masalan, ChatGPT) bilan ishlashda kerakli va aniq natijalar olish uchun so‘rov (prompt)larni to‘g‘ri tuzish san’ati va ilmidir.

Qisqacha
Ma’no jihatidan: Modeldan istagan natijani olish uchun so‘zlar va ifodalarni puxta tanlash.

Maqsad: AI’ni xohlagan yo‘nalishda boshqarish va foydali javoblar olish.

Muhim jihatlari
Aniq va lo‘nda yozish
Kontekst va qo‘shimcha ma’lumot berish
Kerak bo‘lsa, rol yoki uslub ko‘rsatish (masalan: "Ilmiy tilda yoz", "Juda sodda tushuntir", va h.k.)

Misol
Oddiy prompt:

"Toshkent haqida ayt."

Yaxshilangan prompt:

"Toshkent shahri tarixi, asosiy diqqatga sazovor joylari va iqtisodiy ahamiyati haqida qisqacha va sodda tilda yoz."

@suniy_intelekt_AI_uz
5👍41
🎧 Audio va videoni matnga aylantirish endi bir necha soniyada — tanishing: TranscribeText AI!

Ko‘zingiz ekran oldida charchamasin — bu Sun’iy intellekt vositasi videolar, intervyular, darslar yoki oddiy audio yozuvlarni tez va aniq matnga aylantiradi.

U nimalar qiloladi?
— Ingliz tilidagi videolarni avtomatik ravishda yuqori aniqlikdagi matnga aylantiradi;
— Videodan taymkodli transkript hosil qiladi;
— Intervyular, podkastlar, darslar va suhbatlar uchun ideal;
— Hech qanday yuklab olish shart emas — hammasi brauzerda!


Foydalanish qo'llanmsi:
1. Saytga o‘ting;
2. Video/audio faylingizni yuklang; yoki YouTube havolasini joylang;
3. “Transcribe” tugmasini bosing;
4. Bir necha soniyada tayyor matnni ko‘chirib oling yoki eksport qiling
!

👉 TranscribeText AI uchun — havola.

@suniy_intelekt_AI_uz
53
🧠 "SUN'IY INTELLEKT sizni ishdan olmaydi. Ammo undan foydalana olgan odam — oladi!"

Google Brain asoschisi Andrew Ng fikricha, AGI — ya’ni INSON darajasidagi SUN'IY INTELLEKT — atrofidagi shov-shuvlar bo'lmagan gap. Unga ko‘ra, AGI hali mavjud emas va yaqin orada paydo bo‘lishi ham dargumon

Uning so‘zlariga ko‘ra:
— Hozirgi AI hali AGI darajasiga yetmagan;
— AGI haqida ortiqcha shovqin o‘rniga, mavjud AI vositalaridan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganish muhimroq;
— AI sizni ishingizni olib qo‘ymaydi. Ammo AI’dan foydalana oladigan inson sizni ish o'rningizni olishi mumkin!

Asosiy xulosa: AGI hali yo‘q, ammo Sun'iy Intellekt bor. Kim undan foydalana olsa — u ustunlikka ega.

Tanlov sizda: Sun’iy intellektdan foydalanasizmi yoki foydalanadiganlarga joy berasizmi?

@suniy_intelekt_AI_uz
🔥3221
#ai #music

📌Matn asosida AI yordamida professional musiqa, vokal, instrumental va ritmlar yaratadi.

Link: https://musicgpt.com/

@suniy_intelekt_AI_uz
🔥431
#ai #video #music

AI asosida videongizga mos, egalik huquqisiz musiqa yaratadi. Matn, rasm yoki video yuklang — u esa avtomatik soundtrack tayyorlaydi.

AI: https://www.tempolor.com/

@suniy_intelekt_AI_uz
🔥41
#Ai #rezyume

AI yordamida professional rezyume va ishga ariza xatlari yaratish imkonini beradi. Ish qidirayotganlar uchun qulay xizmat.

Ai: https://Kickresume.com

@suniy_intelekt_AI_uz
62
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚙️ ChatGPT’da yangi funksiya — endi rasmlarga stil tanlash mumkin!

Endi ChatGPT yordamida kiberpankdan tortib, animegacha bo‘lgan turli janrlarda rasmlar yaratish osonlashdi.

Foydalanish qo'llanmasi:
1. ChatGPT oynasida «Tools» bo‘limiga o‘ting;
2. «Create image» ni bosing;
3. «Stil» tugmasini tanlang
.

Stil tanlasangiz, model sizga tayyor prompt beradi — uni xohlaganingizcha o'zgartirishingiz mumkin. Eng ajoyib tomoni: bu imkoniyat bepul versiyada ham ishlaydi!

💬 Hoziroq sinab ko‘ring va izohlarda ijodingiz bilan bo‘lishing!

@suniy_intelekt_AI_uz
⚡️Har qanday suratdan soniyalar ichida 3D modelni yaratib beradigan neyrotarmoq chiqdi.

• Foydalanish oson — istalgan rasmni yuklang va bir marta bosish orqali 3D modelni oling.
• 3D model optimallashtirilgan geometriya va teksturalarga ega bo’ladi.
• Tayyor modelni Blender va Unity'ga ko’chirish yoki darhol 3D printerda chop etish mumkin.
• Ro’yxatdan o’tmasdan bepul foydalanish mumkin.

Ai: https://www.imgto3d.ai/

@suniy_intelekt_AI_uz
6👍31
111
🔥5👍2
#ai #matn

Matningizni mashhur shaxslar ovozida o‘qib beradi. Kino qahramonlari, multfilm qahramonlari va boshqalar.

AI: https://FakeYou.com

@suniy_intelekt_AI_uz
👍41
Prompt yozish san’atini o‘rganamiz!

“Yaxshiroq qilib ber” yoki “Shunchaki matn yoz” kabi noaniq buyruqlardan charchadingizmi? Unda — PrompTessor aynan sizga uchun!

Bu vosita sizga Sun’iy intellektga qanday qilib aniq va to‘g‘ri buyruqlar ya’ni promptlar berishni o‘rgatadi. Natijada siz kerakli, to‘g‘ri va sifatli javoblar olasiz.

PrompTessor nimalarga qodir?
• Kod yozish, marketing, tahlil, dizayn kabi ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha aniq prompt yozishda yordam beradi;
• Yozgan so‘rovingizni tahlil qilib, kuchli va zaif jihatlarini ko‘rsatadi;
• Yaxshiroq natija olish uchun takomillashtirilgan variantini taklif qiladi;
• Nega AI aynan shunday javob berganini tushuntirib beradi;
• Brauzerda ishlaydi — hech narsa yuklab olish shart emas;
• Eng muhimi — butunlay BEPUL!

👉 PrompTessor uchun — havola.

👉 @suniy_intelekt_AI_uz
51
🎨 Trenddagi AI rasmlarini ChatGPT promptlari orqali birgalikda yaratamiz!

1 — rasm pormpti;
Create a stylish hyper-realistic square diorama poster of [shahar nomi], as if the city is precisely cut out with a chunk of earth beneath it. The cross-section reveals detailed layers of soil, with crumbled dirt and debris scattered naturally around the diorama. A sleek white 3D text of '[shahar nomi]' blends seamlessly into the landscape. The background is clean white, illuminated by soft, diffused daylight.The image should look like a high-quality DSLR photograph - sharp, vivid,and ultra-realistic.

Qolgan 2 ta rasm prompti esa izohlarda! Albatta sinab ko‘ring va natijangizni izohlarda ulashing!
#promptkun2

👉 @suniy_intelekt_AI_uz
2👍4
#ai #video

Matn yoki rasm asosida AI yordamida yuqori sifatli video va tasvirlar yaratadi.

Ai:
https://Klingai.com

👉 @suniy_intelekt_AI_uz
👍4
#ai #ovoz

Matnni tabiiy ovozga aylantiruvchi AI‑platforma, ovozingizni klonlash yoki tahrir qilish imkonini beradi.

Ai: https://Coefont.cloud

👉 @suniy_intelekt_AI_uz
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎭 Sun’iy intellekt yordamida endi siz o‘zingiz xohlagan odamga, hattoki biror narsaga ham bemalol aylanish imkoniyatiga egasiz!

Runway Act 2 — bu sun’iy intellekt yordamida oddiygina rasm yoki video orqali sizni jonli obrazga aylantiradi. Yuz ifodasi, mimika, lab harakati va hissiyotlar shu qadar tabiiy chiqadiki, o‘zingizni go‘yoki kino qahramonidek his qilasiz. Bu orqali siz istagan odamga, hattoki istalgan narsaga ham aylanishingiz mumkin!

Foydalanish qo'llanmasi:
1. Raway saytiga kiring;
2. “Create video” tugmasini bosing, Act 2 modelini tanlang;
3. MidJourney’da obraz yarating — fantaziya yoki istalgan uslubda rasm generatsiya qiling va yuklab oling;
4. O‘sha rasm va videoni yuklang — siz aylanmoqchi bo‘lgan personajga mos bo‘lishi kerak;
5. Harakat, mimika va fon sozlamalarini belgilang.
6. “Generate” tugmasini bosing — AI sizni jonlantirilgan avatarga aylantiradi!


➡️ Runway Act 2 uchun — havola.
➡️ Midjourney uchun — havola.

👉 @suniy_intelekt_AI_uz
5
🎨 Sun’iy intellekt grafik dizayn olamiga yangilik olib kirmoqda!

Lovart AI — bu ilg‘or sun’iy intellekt yordamchisi bo‘lib, sizga brend va dizayn materiallarini tez va oson yaratishda ko‘mak beradi. Faqat bitta matnli topshiriq orqali logotip, vizitka, ijtimoiy tarmoqlar uchun post, promo video, 3D model va hattoki landing sahifagacha avtomatik tarzda ishlab chiqadi.

Platforma maxsus ChatCanvas muhitida ishlaydi — siz fikringizni oddiy matn bilan bildirasiz, Lovart esa uni tushunib, kerakli dizaynlarni tayyorlaydi. Hisob ochganingizdan so‘ng, har oy 500 ta bepul kredit beriladi va bu kreditlar orqali siz ko‘plab dizayn ishlarini amalga oshirishingiz mumkin.

Lovart AI nafaqat mutaxassislar, balki dizayn tajribasiga ega bo‘lmaganlar uchun ham qulay. Endi kuchli va professional brend yaratish uchun ko‘p vaqt yoki murakkab dasturlar shart emas.

➡️ Lovart AI uchun — havola.

👉 @suniy_intelekt_AI_uz
1