TOSHKENTDA SOVQOTMAY YURISHNI O'RGANDIM...
Toshday uchib, qushday qo‘nishni o‘rgandim,
Dard jondin o‘tganda, kulishni o‘rgandim,
Hech nima topmadim, desam bu-yolg‘on,
Toshkentda sovqotmay yurishni o‘rgandim.
Oppoq tulporlarday bir tonglar otdi,
Orzusi tugagan shomlar tosh qotdi,
Oylar ufqqamas, yelkamga botdi,
Tunlarga oy bilan borishni o‘rgandim.
Boshga yulduz tekkan jonon kechalar,
Dil bu buroq ondin qanday kecholar?
Ko‘zlarda goh yashil, oq tangachalar,
Jimirlab turganda sevishni o‘rgandim.
Hasrat yuragimda sayrashni o‘rgandi,
Fursat toliqqanda to‘xtashni o‘rgandi,
Kulfat chin ko‘ngildan yig‘lashni o‘rgandi,
Ularning baridan yashashni o‘rgandim,
Baridan mard bo‘lib o‘lishni o‘rgandim.
Shodmonqul SALOM
@Shodmonqul_SALOM
@suhrob_ziyo1

👍1
Andijon voqealari — hali tarix va siyosat tomonidan baho berilmagan qo‘riq.
Bir yigit misolida millat hech qachon o‘ziga qarata o‘q otishni hech qachon xohlamasligini aytmoqchi bo‘lgandim...
"Vatanparvar"ning 18-iyul sonida o‘qiysiz.
@suhrob_ziyo1
Bir yigit misolida millat hech qachon o‘ziga qarata o‘q otishni hech qachon xohlamasligini aytmoqchi bo‘lgandim...
"Vatanparvar"ning 18-iyul sonida o‘qiysiz.
@suhrob_ziyo1
👏4👍2
Gul haqida
Yaltiroq panjara oralarida
Qip-qizil mushtini tugib turibdi.
Zerikib dunyoning orolaridan,
Tig‘li butog‘ini bukib turibdi.
Panjara, chang ko‘cha, butun dunyoga
Qarshi ko‘tarilgan shu mitti mushtlar
O‘tkinchi shamollar yulmoqchi bo‘lgan
Jizzaki iforni turibdi ushlab.
Har g‘uncha,
har mushtning qismati — bir jang,
Ifor istab yelar yellar sarsari.
Panjara ortida bo‘y sochgan, qarang,
Bu gul — go‘zallikning nozik askari.
Men-chi o‘tib ketdim yonidan shundoq,
Ko‘cha tunli edi, ko‘k oyli edi.
Qip-qizil mushtlari titrardi, biroq
Uning shu turishi chiroyli edi.
19.07.2025.
S.Z.
@suhrob_ziyo1
Yaltiroq panjara oralarida
Qip-qizil mushtini tugib turibdi.
Zerikib dunyoning orolaridan,
Tig‘li butog‘ini bukib turibdi.
Panjara, chang ko‘cha, butun dunyoga
Qarshi ko‘tarilgan shu mitti mushtlar
O‘tkinchi shamollar yulmoqchi bo‘lgan
Jizzaki iforni turibdi ushlab.
Har g‘uncha,
har mushtning qismati — bir jang,
Ifor istab yelar yellar sarsari.
Panjara ortida bo‘y sochgan, qarang,
Bu gul — go‘zallikning nozik askari.
Men-chi o‘tib ketdim yonidan shundoq,
Ko‘cha tunli edi, ko‘k oyli edi.
Qip-qizil mushtlari titrardi, biroq
Uning shu turishi chiroyli edi.
19.07.2025.
S.Z.
@suhrob_ziyo1
❤5👍3⚡2
"Қурбонликка сўйдим истеъдодимни...”
Жамики шоир зоти бошида шундай кун борки, бутун ёзганлари аслида ҳеч нарсага арзимасдек кўрина бошлайди. Бу даврда шоир ўз ижодини қайта синтез қилаётган, “менинг ёзганларим нимани ўзгартиради?”, “шеър ёзмасам бу дунёда нима ўзгаради?”, “мен умримни сарфлаётган ижодим кимга керак?” деган саволларга жавоб излаётган бўлади.
Ўша пайтда Чўлпон “Ўзимни топширдим муҳитнинг эркига” деб ёзади.
Рауф Парфи “синдирдим синмас созимни” дейди.
Абдулла Ориф “Ниманидир ахтараман шеърдан ҳам улуғ” дея изтиробга тушади.
Шавкат Раҳмон “Бир япроқ қолмабдир шивирлайдурғон” деб афсус чекади.
“Ижтимоий дард” шеъри Мирзо Кенжабек ижодидаги ана шундай даврнинг изоҳидир.
Иброҳим алайҳиссалом ўғли Исмоилни Ҳақ йўлига қурбонлик қилганидек, шоир ҳам ўз истеъдодини миллат эртаси учун фидо қилишга жазм қилади. Бундан эса шоирнинг истеъдоди яна бир карра ёрқинликка эришади.
– дея ёзилган палладан бошлаб Мирзо Кенжабек шеъриятида миллат мавзуси биринчи даражага чиққан эди. Шундан сўнг ёзилган барча шеърларда бу концепция ўзгармас кўринишга келди.
Суҳроб Зиё
Тўлиқ: https://oyina.uz/kiril/article/3530

Келгайдир мени ҳам тушунгич замон:
Елларга совурдим қонли додимни,
Истиқболинг учун, юртим, онажон,
Қурбонликка сўйдим истеъдодимни!
Иброҳим алайҳиссалом ўғли Исмоилни Ҳақ йўлига қурбонлик қилганидек, шоир ҳам ўз истеъдодини миллат эртаси учун фидо қилишга жазм қилади. Бундан эса шоирнинг истеъдоди яна бир карра ёрқинликка эришади.
Буткул сабил қолсин менинг ижодим,
Фақат озод бўлсин шу халқ, шу Ватан!..
– дея ёзилган палладан бошлаб Мирзо Кенжабек шеъриятида миллат мавзуси биринчи даражага чиққан эди. Шундан сўнг ёзилган барча шеърларда бу концепция ўзгармас кўринишга келди.
Суҳроб Зиё
Тўлиқ: https://oyina.uz/kiril/article/3530
@suhrob_ziyo1
⚡2👍2🔥2
***
Bu shaharning devorlari mo'l,
Bu dunyoning yo'llari dovli.
Uch tomonga boshlab ketar yo'l
Men, Suhrob va ko'ngil uchchovni.
Ko'zlarimni yumdim... va xayr,
Endi uzun bir she'r aytaman.
Birlashmasa agar bu yo'llar,
Men o'zimga qanday qaytaman?!
S.Z.
@suhrob_ziyo1
Bu shaharning devorlari mo'l,
Bu dunyoning yo'llari dovli.
Uch tomonga boshlab ketar yo'l
Men, Suhrob va ko'ngil uchchovni.
Ko'zlarimni yumdim... va xayr,
Endi uzun bir she'r aytaman.
Birlashmasa agar bu yo'llar,
Men o'zimga qanday qaytaman?!
S.Z.
@suhrob_ziyo1
🔥8⚡1❤1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NAYNOMA ("Masnaviy"dan)
Mavlono Jaloliddin Rumiy.
"Naynoma"ni o‘zbek tilida o‘qing.
Tarjimon: Mirzo Kenjabek
@suhrob_ziyo1
Mavlono Jaloliddin Rumiy.
"Naynoma"ni o‘zbek tilida o‘qing.
Tarjimon: Mirzo Kenjabek
@suhrob_ziyo1
🔥1
***
Hammasi ayon-ku, axir hammasi,
Qadimiy rivoyat emas haqiqat.
Hammasi noayon bo'lgan dunyoda
Yozish kulgilimi oydinlik haqda?
Axir odammasman, ming marta uzr,
O'zining haddini bilmagan kasman.
Axir nima qilay odamman, axir,
Axir nima qilay farishtamasman.
S.Z.
2025.
@suhrob_ziyo1
Hammasi ayon-ku, axir hammasi,
Qadimiy rivoyat emas haqiqat.
Hammasi noayon bo'lgan dunyoda
Yozish kulgilimi oydinlik haqda?
Axir odammasman, ming marta uzr,
O'zining haddini bilmagan kasman.
Axir nima qilay odamman, axir,
Axir nima qilay farishtamasman.
S.Z.
2025.
@suhrob_ziyo1
❤5🔥2⚡1
Siz betobsiz, betobsiz, oshna,
mumkin emas ko‘chaga chiqish.
Mumkin emas dunyoqarashni
buzadigan kitoblar o‘qish...
🔥8⚡3👍2
Qora xalq
"Qora xalq chidaydi" – o'qildi hukm.
"Qora xalq tushunmas", dedilar takror.
"Xalq nega qora?" deb so'rmadi hech kim,
Hech kim "oq xalq qani?" demadi bir bor.
S.Z.
2025.
@suhrob_ziyo1
"Qora xalq chidaydi" – o'qildi hukm.
"Qora xalq tushunmas", dedilar takror.
"Xalq nega qora?" deb so'rmadi hech kim,
Hech kim "oq xalq qani?" demadi bir bor.
S.Z.
2025.
@suhrob_ziyo1
❤12🔥4⚡1
Forwarded from Suhrob Ziyo
Xayrixohlik
Bu ikki ijodkorning bugun o‘zbek yoshlari orasidagi hurmati yuqori. Bunga ular harakati, mehnati, zarur bo‘lganda, kurashi bilan erishmoqdalar.
1. Javlon aka "Qo‘rqma" chop etilgandan keyin kitobxon uchun kashf bo‘lgandek taassurot qoldiradi. Aslida uning ijodkor sifatida shakllanish jarayoni ancha avval ma‘lum ma‘noda tugallangan edi.
Vatan mavzusida butkul lirik hissiyotlar va yangicha rakurs bilan yozilgan "Buxoro, Buxoro, Buxoro" hikoyasi Javlon Jovliyevning nosirlik iste‘dodiga baho berishga kifoya qiladi.
Javlon aka qalban shoir. Men yurt, millat, insoniyat taqdiri haqida u kabi hissiyot bilan, kuyunchaklik bilan gapiradigan ijodkorni yoshlar orasida kam ko‘raman.
"Qo‘rqma" romani va "Issiq qor" spektakli qandaydir tasodif bilan shov-shuvlarga sabab bo‘lgani yo‘q. Ilk qadam kamchiliksiz bo‘lmaydi. Bu asarlarda muallif o‘zi bilgan va nazardan qochirgan xatolar ham bordir.
Lekin tan olaylik, ulardagi millat fojiasi, yurtning ertasiga qayg‘urish ruhida soxtalik yo‘q. Bu ruh asarlarga shunchalik singdirilganki, ularda muallif yurak bo‘lmalarining qisqarib-kengayib, ko‘krak qafasiga urilib turishini his qilasiz.
Javlon akaning nasri - o‘ziga xos, zamon voqealariga hozirjavob bir nasr. Uning uyg‘urlar fojiasi haqida, Myanmadagi musulmonlar qirg‘ini va ukrainlar jasorati haqidagi hikoyalari bunga misol.
Ma'lumot uchun, Javlon Jovliyevning shu kabi asarlari jamlangan yangi kitob "Anorbooks" nashriyotida chop etilmoqda.
2. Mehrinoz Abbosovani avval Zulfiya mukofotini olgan qizlar qatorida bilardim. Uni tanib, so‘nggi yillardagi ishlaridan xabardor bo‘lganim sari bu mukofot uning faoliyatini baholaydigan mezonlar ichida oxirgi o‘ringa tushdi.
Hali bu mukofotni olgan yoshlar orasida Mehrinozchalik adabiy jarayonni rivojlantirishga qanday ma‘noda bo‘lsa ham xizmat qila olgan birovni bilmayman.
Kichik jamoa bilan respublika darajasidagi adabiy tanlovlarni tashkillashtira olgani, yoshlar orasidagi eng ommaviy ijodiy tadbirlarda uning hissasi borligini ko‘pchilik sezib turadi. Ijtimoiy faoliyat va oilaviy hayot bilan birga badiiy ijodni ham uddalab kelayotgani ham tahsinga loyiq.
Hozir Mehrinozning yosh ijodkorlar orasida tutgan o‘rni, menimcha, juda muhim. Biz hammamiz har joyda nimadir qoralab yuraveramiz. Lekin yosh ijodkorlarning kayfiyatini, xohishlarini, talab va takliflarini hukumat vakillariga yetkazish, yosh adabiy avlodni davlatga tanishtirish, davlat idoralari va ular orasida ko‘prik bo‘lish vazifasini samarali va natijali uddalayotgan inson Mehrinoz Abbosova bo‘lib turibdi.
___
Shu kunlarda bu ikki tengdoshimiz tavallud ayyomlarini nishonlashmoqda.
Fikr aytayotgan, xizmat qilayotgan odamlarni bu narsa ularning vazifasi ekani vaji bilan ba'zan qadrlamaymiz. Lekin ular bu ishni qilmasliklari ham mumkin edi. Bemalol o‘z tirikchiligi bilan andarmon bo‘lishi mumkin edi.
Ammo ular bugun harakat qilyapti. O‘zidan iz qoldirishga intilyapti. Bu yo‘lda ularga xayrixohman.

🔥4❤2
Suhrob Ziyo
Xayrixohlik Bu ikki ijodkorning bugun o‘zbek yoshlari orasidagi hurmati yuqori. Bunga ular harakati, mehnati, zarur bo‘lganda, kurashi bilan erishmoqdalar. 1. Javlon aka "Qo‘rqma" chop etilgandan keyin kitobxon uchun kashf bo‘lgandek taassurot qoldiradi.…
@javlonjovliyev va @mehrnoz_abbos haqida shunday yozgan ekanman.
Hali ham shu fikrlar o‘zi kuchida!
@suhrob_ziyo1
Hali ham shu fikrlar o‘zi kuchida!
@suhrob_ziyo1
❤4
***
O’v dunyo, o’z holimga qo’y,
odamdek yashay.
Nega hamma senga oshiqadi,
nega hamma qulday mo’ltirar senga?
Sensiz odam barbod bo’ladimi?
Yo’q, odamni sen barbod qilasan.
Murosa bilan,
o’zgalar xohishi bilan yashashga o’rgangan odam
oxir oqibat barbod bo’ladi.
Bo’g’zini haqiqat tirnayotgan,
ko’ziga tarix botib ketgan,
qadamini tuproq g’ajib,
xayoliga osmon ko’milib ketgan,
ko’nglini ishq majaqlab
anor sharbatiday taxir so’z olayotgan
odam kerakmi senga?
Boshqacha odam kerak bo’lsa,
o’zing bino qil,
yoki o’ziga bino qo’ygan kas yo nokasni izningga ol.
Meni esa
o’z haqiqatim,
o’z ishqim,
o’z Ollohim bilan yolg’iz qoldir.

🔥3❤1