Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi
5.1K subscribers
803 photos
372 videos
26 files
948 links
Download Telegram
#tayinlov

Andijonda 5 ta davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi

🖊Davlat soliq qo‘mitasi Raisi buyrug‘i bilan:

🔹Qosimov Ibratjon
Andijon shahar davlat soliq inspeksiyasi;

🔹Musayev Alisher Xo‘jaobod tumani davlat soliq inspeksiyasi;

🔹Muminov Elmurod Shahrixon tumani davlat soliq inspeksiyasi;

🔹Zulunov Baxtiyor Jalaquduq tumani davlat soliq inspeksiyasi;

🔹Kodirov Abduvoxid Ulug‘nor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tayinlov

DSQ Raisi Kadastr agentligining yangi direktorini tanishtirdi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev
Prezident qarori bilan Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlangan Pulatov Farrux Jaxongirovichni jamoaga tanishtirdi.

Sh. Kudbiyev keyingi yillarda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jahatdan rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning asosiy yo‘nalishi hech bir sohada, jumladan soliq va kadastr sohasida korrupsiyaga o‘rin qoldirmaslikka qaratilganini taʼkidladi.

Shu jihatdan kadastr tizimini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, birinchi rahbardan tortib oddiy xizmatchigacha korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat bildirish ularning birinchi galdagi vazifasi bo‘lishi lozimligini qayd etdi.

F.Pulatovga Agentlikning ahil jamoasi bilan ulkan marralarni zabt etishini tiladi.

Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlashiga, tizimni takomillashtirishda munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

F.Pulatov Adliya katta maslahatchisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tayinlov

✍️Davlat soliq qo‘mitasi Raisining buyrug‘i bilan Ramazonova Muhayyo Shavkatovna Navoiy viloyati G‘ozg‘on shahar DSI boshlig‘i etib tayinlandi.

Shuningdek, yana 17 ta DSIga yangi boshliqlar tayinlandi.

👉Batafsil
#tayinlov

Davlat soliq qo‘mitasi Raisining buyrug‘i bilan Bannopov Oybek Mirzaraxmanovich Farg‘ona viloyati Quva tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

👉
Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tayinlov

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

✍️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Adxamjon Tillavoldiyev Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

A.Tillavoldiyev 1965-yilda tug‘ilgan. 1986-yilda Marg‘ilon reja-iqtisod texnikumini, 1992-yilda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv institutini tamomlagan.

U 2018-yildan buyon Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adxamjon Tillavoldiyev Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Shukurulloxon Nisbatxonov Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan edi.

Тelegram | Facebook |Youtube| Instagram
#tayinlov

Alisher Boyxanov Namangan viloyati DSB boshlig‘i etib tayinlandi

✍️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Alisher Nosirovich Boyxanov Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan Namangan viloyati hokimligida bo‘lib o‘tgan tanishtiruv marosimida Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev hamda Namangan viloyati hokimi Sh.Abdurazzoqov ishtirok etdi.

A.Boyxanov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

A.Boyxanov 1972-yilda tug‘ilgan. 1994-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

U mazkur lavozimda faoliyat yuritgan Adxamjon Tillavoldiyev o‘rnida ish boshladi.

Alisher Boyxanov Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi

Тelegram | Facebook |Youtube| Instagram
#tayinlov

8 ta tuman davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi

🖊Davlat soliq qo‘mitasi Raisi buyrug‘i bilan:

🔸Ravshanov Maqsudjon Muxtarovich Buxoro viloyati Peshku tumani davlat soliq inspeksiyasi;

🔸Ochilov Sarvar Sayfullayevich Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani davlat soliq inspeksiyasi;

🔸Yuldashev Anvar Saparovich Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani davlat soliq inspeksiyasi;

🔸Cho‘liyev Jasurbek Gʻafurovich Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani davlat soliq inspeksiyasi;

🔸Sattarov Raxmatilla Muxamadiyevich
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasi;

🔸Abdullayev Ismoil Xolmuminovich Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani davlat soliq inspeksiyasi;

🔸Inomov Xabibulla Tadjiyevich Toshkent shahar Mirobod tumani davlat soliq inspeksiyasi;

🔸Matyaqubov Dilshod Aliyevich Xorazm viloyati Hazorasp tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Sherzod Davlyatovich Kudbiyev Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#tayinlov

Buxoro viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

✍️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Yuldashev Dilshod Rustamovich Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

D.Yuldashev tayinlovga qadar Soliq qoʻmitasining Soliq qarzini undirishni tashkil qilish departamenti direktori lavozimida ishlagan.

Dilshod Yuldashev soliq xizmatining I darajali maslahatchisi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#tayinlov

Toshkent viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

✍️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Inagamov Alovitdin Xusnitdinovich Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

A.Inagamov tayinlovga qadar Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Alovitdin Inagamov Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#tayinlov

Andijon viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

✍️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Qurbonov Lochinbek Inomidinovich Andijon viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

L.Qurbonov tayinlovga qadar Andijon shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Qurbonov Lochinbek soliq xizmatining I darajali maslahatchisi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads