Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi
5.09K subscribers
799 photos
369 videos
21 files
937 links
Download Telegram
#JShODS #ijtimoiy_soliq

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (JSHODS) va ijtimoiy soliq hisobotiga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

🔸Norezident jismoniy shaxslar daromadi hamda ularga hisoblangan daromad soligʻi summalari hisobotning 5 va 6-ilovalarida koʻrsatilayotgani sababli hisob-kitobning 014-satri va 4-ilovasi chiqarib tashlandi;

🔸Norezidentlarning xalqaro tashishlarda transport xizmatlari koʻrsatishdan oladigan (fraxtdan) daromadlariga 6% soliq stavkasini qoʻllash uchun mazkur daromadning imtiyozli qismi hisobotning 2-ilovasi (0611 – 0619-satrlari) da koʻrsatiladi;

🔸Ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkasi boʻyicha hisoblanadigan soliq bazasi (040-satri 6-ustun) va soliq summasi (060-satri 6-ustun) hisobot 1-ilovasining 040-satridagi summa asosida avtomat shakllanadi.
▫️Hisobotning 1-ilovasi 0401-0410-satrlarida ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkalari boʻyicha imtiyoz summasi (mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar) va soliq summasi koʻrsatiladi;

🔸Hisobotning 070-satrida mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar boʻyicha hisoblangan JSHODS aks ettiriladi. Joriy yildan mazkur daromadlar boʻyicha hisoblangan soliq summasi (070 va 071-satr yigʻindisi) soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkasida alohida shakllanadi. Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar hisobotning 5-ilovasi 7-ustunida koʻrsatiladi.

👉JSHODS va ijtimoiy soliq hisobotining yangi paket kodi: 11101_16

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_soliq

To‘langan ijtimoiy soliqni ish beruvchilarga qaytarish amaliyoti yana 2 yilga uzaytirildi

🗓 Joriy yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvarga qadar
ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan qaytarib berish davom ettiriladi.

❗️Budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
👉PF-61-son 26.04.2023-yil

👉Ijtimoiy soliq summasini qaytarib olish bo‘yicha videoqo‘llanma

👉
Ijtimoiy soliqni qaytarishga ariza berish tartibi qanday?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_soliq

25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini qaytarib olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Prezident Farmoni bilan joriy yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan qaytarib berish davom ettirilishi belgilandi.

❗️Budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
👉PF-61-son 26.04.2023-yil

👉Ijtimoiy soliqni qaytarishga ariza berish tartibi qanday?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM