Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi
5.48K subscribers
888 photos
422 videos
29 files
1.06K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#quyoshli_xonadon

Xonadoniga quyosh panelini o‘rnatganlarga har bir kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratiladi

🖊 Prezident qarori bilan umumiy quvvati 50 kVt gacha boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatgan jismoniy shaxslarga oʻz isteʼmolidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga Davlat budjetidan 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilandi.

📲 Subsidiya har oyda “Soliq” mobil ilovasi orqali hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar fuqarolarga to‘lab beriladi.

👉Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatganlarga soliq imtiyozlari beriladi.

👉Soliq mobil ilovasiga “Quyoshli xonadon” xizmati qo‘shildi.

🎞Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#YTT

YTT tomonidan yollangan xodimlari uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasi kamaytirilgan

2023-yilgacha yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga BHMning 50 foizini tashkil etar edi.

2023-yildan mazkur soliq summasi yiliga BHMning bir baravarigacha kamaytirildi (bundan savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar mustasno).

👉PQ‑366 30.08.2022

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

“Meta”, “Google” va “Apple” - Oʻzbekiston hududida eng koʻp soliq toʻlagan elektron xizmat koʻrsatuvchi kompaniyalar

🌐Raqamlashtirish va integratsiya. Soliq xizmati organlarida amalga oshirilayotgan mazkur jarayonlar natijasida elektron xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi xorijiy kompaniyalar Oʻzbekistonda soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtib oʻz xizmatlarini taqdim etib kelmoqda.

🗓2023-yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 42 ta xorijiy kompaniya tomonidan 32,4 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobar ko‘p.

🎞Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#marketpleys #onlayn_NKT

Chekni skaner qilmasdan ham keshbek olish mumkin

♻️ Xarid kontaktsiz to‘lov usulidan foydalangan holda amalga oshirilganda xaridorlarga avtomatik ravishda elektron chek va keshbek beriladi.

📱Keshbek hisoblanishi uchun Soliq mobil ilovasi hamda to‘lov amalga oshirilayotgan platforma (ilova, intenet do‘kon)da ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqami bir xil bo‘lishi lozim.

🌐 Marketpleyslarning maʼlumotlar bazasi soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilinib, xaridorlarga joriy yilda umumiy qiymati 15,8 trln so‘mlik 418,4 mln dona elektron chek taqdim etildi.

Shuningdek, elektron cheklar taqdim etilishi natijasida xaridorlarga avtomatik tarzda 73,9 mln dona elektron chek uchun 27,8 mlrd so‘m keshbek hisoblandi.

🎞 Batafsil videolavhada

👉 Onlayn savdo uchun xaridorlarga elektron chek berilmoqda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#imtiyoz

👩‍🎓 "Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda yosh chegarasi olib tashlanadi

✔️Soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi, ya'ni to‘langan summadan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishi mumkin.
👉Soliq kodeksi 378-modda

🛍2023-yil 1-avgustdan esa farzand uchun yosh chegarasi olib tashlanadi. Ota-onalar farzandining yoshidan qat’i nazar ta'lim olishi uchun to‘lagan summadan 12% daromad solig‘ini qaytarib oladi.
👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_soliq

25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini qaytarib olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Prezident Farmoni bilan joriy yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan qaytarib berish davom ettirilishi belgilandi.

❗️Budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
👉PF-61-son 26.04.2023-yil

👉Ijtimoiy soliqni qaytarishga ariza berish tartibi qanday?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

1-avgustdan 12 foizlik daromad soligʻini qaytarib olishda yosh chegarasi bekor qilinadi

👩‍🎓 Soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.
👉Soliq kodeksi 378-modda

2023-yil 1-avgustdan esa farzand uchun yosh chegarasi olib tashlanadi. Ota-onalar farzandining yoshidan qat’i nazar ularning ta'lim olishi uchun yo‘naltirgan summadan to‘langan daromad solig‘ini qaytarib oladi.
👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023

🎞 Batafsil videolavhada

Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma

Fuqarolarga daromad solig‘idan 263 mlrd so‘mga yaqin imtiyoz qo‘llanilgan

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

1 million dollarlik President Tech Award tanlovida qatnashing!

Arizalar joriy yil 1 iyulgacha qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 👉https://awards.gov.uz

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#keshbek

Aprel oyi uchun keshbek summalari tasdiqlanyapti

Aprel oyi uchun
tasdiqlanishi lozim bo‘lgan keshbek summalari to‘liq tasdiqlangach 25-maydan keyin bank kartasiga o'tkazib olishingiz mumkin.
__________
#кешбэк

Суммы кешбэка за апрель в процессе подтверждения

После полного подтверждения сумм кешбэка, подлежащих подтверждению за апрель, вы сможете перевести их на банковские карты после 25 мая.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Iste'molchilarga aprel oyi uchun 115,1 mlrd keshbek hisoblandi

📆 O‘tgan oyda 2,3 mln nafarga yaqin iste'molchilar tomonidan 115 mlrd so‘mdan ortiq keshbek yig‘ildi.

Ayni paytda 1,3 mlnga yaqin iste'molchiga 57,9 mlrd so‘m to‘lab berildi.

🧮 Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida o‘tgan oylar uchun yana 2,2 mlrd so‘m keshbek tasdiqlandi.

📱 Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 1 trln 160 mlrd so‘mdan oshdi.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan:
▪️ soliq hisobotlari topshirilishi;
▪️ hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
▪️ soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to‘lab boriladi.

👉Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etiladi yoki tasdiqlanmaydi

👉Keshbek olishda FACE IDdan o‘tiladi

👉Keshbek tasdiqlanishi
——————-
#кешбэк

За апрель потребителям начислено 115,1 млрд сумов кешбэка

📆 В прошлом месяце около 2,3 млн потребителей накопили свыше 115 млрд сумов кешбэка.

В настоящее время около 1,3 млн потребителей выплачено 57,9 млрд сумов кешбэка.

🧮Также в результате устранения недостатков подтверждено ещё 2,2 млрд сумов кешбэка за прошлые месяцы.

📱Общая сумма кешбэка, выплаченного через мобильное приложение Soliq, превысила 1 трлн 160 млрд сумов.

Остальные суммы кешбэка будут выплачиваться автоматически, по мере того, как субъекты предпринимательства:
🔸представят налоговую отчётность;
🔸устранят недостатки в отчётности;
🔸погасят налоговую задолженность.

👉Как узнать, за какие чеки и почему не подтвержден кешбэк?

👉
Для получения кешбэка необходимо пройти Face ID

👉Подтверждение кешбэка

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Aprel oyi uchun hisoblangan 115,1 mlrd keshbek summasining 57,9 mlrd so‘mi 25-may kuni tasdiqlandi hamda iste'molchilar bank kartasiga o‘tkazib oldi.

🔄Kamchiligi bo‘lmagan cheklar bo‘yicha keshbek summasi tasdiqlanishi davom etmoqda. To‘liq tasdiqlangach, iste'molchilar bank kartasiga o'tkazib olishi mumkin.
——————-
#кешбэк

25 мая были подтверждены и переведены на банковские карты потребителей 57,9 млрд сумов из 115,1 млрд сумов начисленного за апрель кешбэка.

🔄Продолжается процесс подтверждения сумм кешбэка по чекам, не имеющим недостатков. После полного подтверждения потребители смогут перевести их на банковскую карту.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etilganini yoki tasdiqlanmayotganini “Soliq” mobil ilovasida oson bilib olishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar quvonchi – baxtdan nishona

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
munosabati bilan Toshkent shahridagi Milliy paralimpiya bogʻida Soliq xizmati organlari xodimlarining farzandlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soligʻini teng ikkiga boʻlgan holda, yarmini 15-aprelgacha qolgan yarmini 15-oktabrga qadar toʻlashi belgilangan

📩 Soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ularning uyali telefonlariga 15-oktabrgacha toʻlashi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soliqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar SMS koʻrinishida yuborilmoqda.

❗️Agar 15-aprelgacha toʻlanishi lozim boʻlgan summa toʻlanmagan boʻlsa u qarzdorlik sifatida alohida koʻrsatilgan.

SMS ostida "Batafsil" hamda "Toʻlash" yozuvi bor."Batafsil" yozuvi orqali toʻlov xabarnomasi yuklab olinadi. Xabarnomadan obyekt manzili, maydoni, kadastr qiymati, soliq stavkasi, summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar oʻrin olgan.

📲"Toʻlash" yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylangan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga oʻrnatilgan boʻlsa ilovaning “Soliqlarni toʻlash” oynasidan toʻlovni tez va oson amalga oshirish mumkin. Oʻrnatilmagan boʻlsa plaftorma orqali yuklab olinadi.

🔖Toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan koʻchmas mulk maydoni, kadastr qiymati, yer uchastkasi egallagan maydon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqiqatda mavjud obyekt va yer maydonidan farq qilsa yoki sizga tegishli boʻlmasa kadastr idoralariga murojaat qilish lozim.

📚Shuningdek, yer va mol-mulk soliqlaridan imtiyoz olish uchun hujjat mavjud boʻlib, soliq imtiyozi qoʻllanilmagan boʻlsa my.soliq.uz sayti orqali, shuningdek koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga soliq imtiyoziga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanish mumkin.

❗️E'tibor bering: SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter