Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi
5.12K subscribers
824 photos
376 videos
26 files
952 links
Download Telegram
Mart oyida yig‘ilgan keshbek summasi iste’molchilarga qachon to‘lab beriladi?
Anonymous Quiz
30%
5-10-aprel
11%
18-20-aprel
52%
21-25- aprel
6%
1-5-may
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

☝️Deklaratsiyani o‘z vaqtida topshirib konstitutsiyaviy burchingizni ado eting

📚Soliq kodeksining 393-moddasiga asosan 2021-yil davomida:

🔹foiz va dividend ko‘rinishida, mol-mulkini ijaraga berib (agar bu daromadlarga to‘lov manbaida soliq solinmagan bo‘lsa);
🔹ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida;
🔹moddiy naf tarzida;
🔹O‘zbekiston hududidan tashqaridagi manbalardan;
🔹soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan;
🔹soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa manbalardan daromad olgan O‘zbekiston rezidentlari 2022-yilning 1-apreliga qadar jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya topshirishlari lozim.

👉Deklaratsiya topshirish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#uchrashuv

DSQ va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbariyatining Navoiy, Surxondaryo viloyati va Toshkent shahri tadbirkorlari bilan o‘tkazgan bugungi uchrashuvidan fotolavhalar
_________________________________

Ertaga, 30-mart kuni o‘tkaziladigan uchrashuvlar:

📍
Samarqand viloyati
Kattaqo‘rg‘on shahar Abdulhamid Majidiy nomli teatrda (soat 09:00)
Samarqand shahar Yoshlar markazida (soat 14:00)

📍Toshkent shahri
Bektemir tumani hokimiyatida (soat 11:00)
Chilonzor tumani hokimiyatida (soat 14:00)

Shuningdek Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan “O‘zavtosanoat” AJda (soat 11:00) tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tayinlov

DSQ Raisi Kadastr agentligining yangi direktorini tanishtirdi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev
Prezident qarori bilan Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlangan Pulatov Farrux Jaxongirovichni jamoaga tanishtirdi.

Sh. Kudbiyev keyingi yillarda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jahatdan rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning asosiy yo‘nalishi hech bir sohada, jumladan soliq va kadastr sohasida korrupsiyaga o‘rin qoldirmaslikka qaratilganini taʼkidladi.

Shu jihatdan kadastr tizimini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, birinchi rahbardan tortib oddiy xizmatchigacha korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat bildirish ularning birinchi galdagi vazifasi bo‘lishi lozimligini qayd etdi.

F.Pulatovga Agentlikning ahil jamoasi bilan ulkan marralarni zabt etishini tiladi.

Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlashiga, tizimni takomillashtirishda munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

F.Pulatov Adliya katta maslahatchisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi yangilandi

Soliq mobil ilovasining yangi versiyasida (Android/ iOS yaqin vaqtlarda) bir qator yangilanishlar bo‘ldi

✔️ Quyidagi variantlardan birini tanlagan holda
Jismoniy shaxs kabinetiga kirish mumkin:
– ID karta
– ERI kaliti
– face ID tizimida JShShIR kiritish
– One ID tizimi orqali

✔️Jismoniy shaxslar kabinetida quyidagilar aks etadi:
– mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzdorlik va ortiqcha to‘lov holati haqida ma’lumot;
– egaligidagi ko‘chmas mulk kadastr raqami;
– jismoniy shaxslarga hisoblangan oylik ish haqi va hisoblangan daromad solig‘i.

✔️“Keshbek” va “Soliq hamkor” bo‘limlarining funksiyalari ham takomillashdi:
– asosiy kartani tanlagan holda bir yoki bir nechta bank kartasini biriktirish yoki olib tashlash imkoniyati;
– fiskal belgini kiritish orqali chekni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati yaratildi;
– skanerlangan cheklar oylar bo‘yicha guruhlarga ajratiladi bunda hisoblangan mablag‘ miqdori va bank kartasiga o‘tkazish uchun tasdiqlangan summa ko‘rsatiladi;
– “Soliq hamkor” tizimida qo‘shimcha faylni yuklash imkoniyati – amalga oshirilgan xarid haqidagi murojaatni tasdiqlash uchun fotosurat;
– “Soliq hamkor”da murojaatni rad etish sababini tekshirish.

❗️Muhim: iste’molchi keshbekka ega bo‘lishi uchun xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazganda uni avval boshqa foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lsa, haqiqatda xaridni amalga oshirgan shaxs tomonidan ushbu foydalanuvchi ustidan shikoyat yo‘llash imkoyati yaratildi.

Bunda bitta foydalanuvchiga nisbatan shikoyatlar soni 15 ta va undan ko‘p bo‘lsa, ushbu foydalanuvchi shubhali xaridor deb hisoblanadi hamda joriy oy uchun to‘plangan keshbeklari bekor qilinadi
, chekni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati cheklanadi.

“Soliq” mobil ilovasida ERIsiz ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish mumkin

Huquqbuzarliklar haqida "Soliq hamkor" orqali xabar bering

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar mobil ilovadan ro‘yxatdan o'tishlari mumkin

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Qachondan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etiladi?
Anonymous Quiz
72%
1-apreldan
8%
1-maydan
8%
1-iyundan
12%
1-sentabrdan
Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlari teng yarmini qachongacha to‘lashi kerak?
Anonymous Quiz
17%
1-aprelgacha
76%
15-aprelgacha
4%
1-avgustgacha
3%
15-avgustgacha
Jismoniy shaxslar deklaratsiyaga asosan to‘lanishi lozim bo‘lgan daromad solig‘ini qachongacha to‘lashi kerak?
Anonymous Quiz
37%
1-may
22%
15-may
33%
1-iyun
9%
15-iyun
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2022-yil 1-apreldan soliq qonunchiligida qanday o'zgarishlar kuchga kiradi?
__________
#новое_в_законодательстве

Какие изменения в налоговом законодательстве вступят в силу с 1 апреля 2022 года?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram