Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi
5.09K subscribers
799 photos
369 videos
21 files
937 links
Download Telegram
#uchrashuv

Professional hamjamiyat, biznes va DSQ Jamoatchilik kengashi aʼzolari ishtirokida uchrashuv

2022-yil 27-yanvar kuni Davlat soliq qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mutaxassislari, Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik kengashi aʼzolari, soliq maslahatchilari, buxgalterlar va auditorlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Yig‘ilish avvalida davlat soliq xizmati organlari va biznes hamjamiyat o‘rtasida aloqalarning yetarli emasligi hamda zarur maʼlumotlar to‘liq almashilmayotgani soliq to‘lovchilarning soliq maʼmuriyatchiligining raqamli transformatsiyasi va soliqqa tortish sohasidagi o‘zgarishlarni noto‘g‘ri tushunishlariga sabab bo‘layotgani taʼkidlandi.

Jamoatchilik fikrini o‘rganish natijalariga ko‘ra, fikr-mulohazalarni operativ tarzda olish maqsadida ixtisoslashgan mutaxassislar, auditor va soliq maslahatchilari, tadbirkorlik subʼektlari va OAV vakillari ishtirokida muntazam ravishda mavzuga oid suhbatlar o‘tkazishga qaror qilindi.

👉Batafsil
____________
#встреча

Круглый стол при участии членов Общественного совета ГНК

27 января 2022 года в Государственном налоговом комитете организован круглый стол при участии специалистов Министерства финансов Республики Узбекистан, членов Общественного совета Государственного налогового комитета, налоговых консультантов, бухгалтеров и аудиторов.

В начале встречи было отмечено, что недостаточность коммуникации органов государственной налоговой службы с бизнес-сообществом и неполный взаимообмен необходимой информацией способствует возникновению неправильного понимания налогоплательщиками цифровой трансформации налогового администрирования и изменений в сфере налогообложения.

По результатам проведенного анализа общественного мнения с целью оперативного получения обратной связи было озвучено решение о регулярном проведении тематических обсуждений с профильными специалистами, аудиторами и налоговыми консультантами, представителями предпринимательства и СМИ.

👉Подробнее

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#uchrashuv

DSQ rahbariyati farg'onalik tadbirkorlar bilan yuzma-yuz uchrashdi

Erkin va ochiq muloqotda tadbirkorlar oldidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

O‘rtaga tashlangan masalalar yuzasidan aniq ko‘rsatma va amaliy yechimlar berildi.

Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#uchrashuv

DSQ raisi: Ayollar ham soliq inspeksiyalarini boshqara oladi

Bugun, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev tizimda faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlar bilan uchrashdi.

Samimiy muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuvda markaziy apparat va Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo DSI ayollari bevosita qatnashgan bo‘lsa, hududiy DSB va inspeksiyalari xodimalari videokonfrensaloqa orqali ishtirok etdi.

Dastlab, Sherzod Kudbiyev tizimda xizmat qilayotgan ayollarni yaqinlashib kelayotgan 8 mart – Xalqaro xotin qizlar kuni bilan samimiy tabriklab, ularga yuksak ehtiromini bildirdi.

– Ayol timsoli, uning pokiza ziynati har qanday taʼrifdan baland turadi. Uni hech qanday qiyos yoxud tashbeh bilan ifodalab bo‘lmaydi, – dedi Sherzod Kudbiyev. – Har doim, har qanday rivojlangan jamiyatda ayollar roli muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Shu boisdan Yangi O‘zbekistonni har tomonlama rivojlangan davlat sifatida barpo etishga qaratilgan islohotlarda ham opa-singillarimizning davlat va jamiyatdagi nufuzini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Taʼkidlash joizki, hozirda soliq organlarida 2 400 ga yaqin xotin-qiz xizmat ko‘rsatmoqda. Ular xodim, boshqarma boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i, inspeksiya boshlig‘i sifatida o‘z vazifalarini aʼlo darajada bajarib kelmoqda.

Ayol rahbarlar boshqaruvidagi Xonobod va Kogon shahar DSI faoliyati yuqori baholanib, yetakchi davlat idorasi sifatida eʼtirof etilmoqda.

Soliq xizmati organlarida ayol rahbarlar sonini oshirish uchun
ham men sizlar bilan shaxsan o‘zim uchrashishga qaror qildim. Aniq bilamanki, orangizda rahbarlik vazifasini bemalol bajarishga qodir ayollar yetarlicha topiladi.

Bugungi suhbatimizdan keyin tez orada ana shunday hamkasabalarimizni inspeksiya yoki boshqarma boshlig‘i sifatida ko‘rsak ajabmas.

Shundan so‘ng, tizimda faoliyat yuritayotgan ayollar ham so‘z olib, keyingi yillarda soliq xizmati organlarida bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar, xususan, gender tenglik, xotin-qizlarning roli oshib borayotgani haqida iliq fikrlarini bildirdi.

Uchrashuv tizimdagi har bir ayol xodima uchun qo‘mita raisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, o‘z fikr mulohazalarini bildirish imkonini berdi.

Tadbir yakunida bu kabi uchrashuvlarni anʼanaga aylantirish taʼkidlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev tizimda faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv tizimdagi har bir ayol xodima uchun qo‘mita raisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, o‘z fikr-mulohazalarini bildirish imkonini berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#uchrashuv

Joriy yil 16-mart kuni Prezidentimiz Davlat soliq qo‘mitasiga tashrif buyurib, muloqot davomida soliq organlari tadbirkorlar bilan uchrashib ularni muammolarini tinglashi, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirishi yuzasidan topshiriq bergan edi.
Mazkur topshiriqdan kelib chiqib, Davlat soliq qo‘mitasi va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbariyati tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Ayni paytda:

📍
Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Fermerlar kengashi majlislar zalida;

📍Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi musiqa va san'at maktabida;

📍Jizzax viloyati Fuqarolik sudida;

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi Savdo-sanoat palatasi binosida;

📍Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazida;

📍Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi musiqa va san'at maktabida ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Bugun shuningdek:

📍Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi Tadbirkorlar uyida (soat 16:00);

📍Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi Madaniyat saroyida (soat 16:00);

📍Toshkent viloyati Bo‘ka tumani hokimiyatida (soat 15:00);

📍Toshkent shahri Innovatsion rivojlanish vazirligida (soat 15:00);

📍Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri hokimiyatida (soat 15:00) uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Respublikamizning qolgan hududlarida tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan uchrashuvlar haqida rasmiy sahifalarimizda ma'lumot joylashtiriladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#uchrashuv

Avval xabar berganimizdek, Davlat soliq qo‘mitasi va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbariyati tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Ertaga:

📍Qashqadaryo viloyati
Koson tumanidagi Musiqa va san'at maktabida (soat 11:00)
Qarshi shahridagi “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida (soat 16:00)

📍Toshkent viloyati
Chirchiq shahridagi “Akva” istirohat bog‘ida (soat 10:30)
Olmaliq shahridagi “Yoshlar bog‘i"da (soat 15:00)

📍Sirdaryo viloyati
Oqoltin tumani hokimiyatida (soat 10:00)
Sirdaryo tumani hokimiyatida (soat 15:00) navbatdagi ochiq muloqotlar o‘tkaziladi.

Respublikamizning qolgan hududlarida tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan uchrashuvlar haqida rasmiy sahifalarimizda ma'lumot joylashtiriladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#uchrashuv

Hurmatli tadbirkorlar

Ma'lumki, Davlat soliq qo‘mitasi va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbariyati hududlarda tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Ertaga:

📍Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasida (soat 10:00)

📍Buxoro viloyati
Buxoro shahar hokimiyatida (soat 11:00)
Kogon shahar hokimiyatida (soat 15:00)

📍Xorazm viloyati
Shovot tumani hokimiyatida (soat 10:00)
Qo‘shko‘pir tumani hokimiyatida (soat 15:00)

📍Toshkent shahri
Yunusobod tumani hokimiyatida (soat 15:00)
Mirzo Ulug‘bek tumani G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filialida (soat 17:00)

📍Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasida (soat 10:00)
Zomin tumanidagi Musiqa va san'at maktabida (soat 15:00)

📍Samarqand viloyati
Samarqand shahridagi Yoshlar markazida (soat 10:00)
Kattaqo‘rg‘on shahridagi Abdulhamid Majidiy nomli teatrda (soat 15:00) navbatdagi ochiq muloqotlar o‘tkaziladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#uchrashuv

Xorazm, Jizzax, Toshkent, Buxoro viloyati va Toshkent shahri tadbirkorlari bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvdan fotolavhalar
______________________________________
Davlat soliq qo‘mitasi va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbariyatining biznes vakillari bilan muloqotlari davom etadi

Ertaga, 25-mart kuni:

📍Namangan viloyati
To‘raqo‘rg‘on tumani madaniyat saroyida (soat 10:00)
Uychi tumani madaniyat saroyida (soat 15:00)

📍Jizzax viloyati
G‘allaorol tumani madaniyat saroyida (soat 10:00)
Do‘stlik tumani madaniyat saroyida (soat 15:00)

📍Xorazm viloyati
Urganch shahar hokimiyatida (soat 10:00)
Hazorasp tumani hokimiyatida (soat 15:00)

📍
Buxoro viloyati
G‘ijduvon tumani hokimiyatida (soat 11:00)
Qorako‘l tumani hokimiyatida (soat 15:00) navbatdagi uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#uchrashuv

Namangan, Buxoro, Jizzax, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan uchrashuvlardan fotolavhalar
______________________________________
DSQ va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbariyatining tadbirkorlar bilan o‘tkazadigan navbatdagi uchrashuvlari

26-mart:

📍
Andijon viloyati
Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutida (soat 10:00)
Shahrixon tumani madaniyat saroyida (soat 15:00)

📍Toshkent shahri
Shayxontohur tumani Milliy matbuot markazida (soat 11:00)
Olmazor tumani hokimiyatida (soat 15:00)
Yashnobod tumani davlat soliq inspeksiyasida (soat 17:00) ochiq muloqotlar o‘tkaziladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#uchrashuv

DSQ va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbariyati andijonlik va poytaxtlik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Navbatdagi ochiq muloqotlar ertaga, 28-mart kuni:

📍Navoiy viloyati
Navbahor tumanidagi musiqa va san’at maktabida (soat 10:30)
Zarafshon shahridagi Madaniyat markazida (soat 15:00)

📍Toshkent shahri
Mirobod tumani hokimiyatida (soat 11:00)
Mirzo Ulug‘bek tumani Inha universitetida (soat 14:00)

📍Surxondaryo viloyati
Sherobod tumani hokimiyatida (soat 11:00)
Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida (soat 15:00) bo‘lib o‘tadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#uchrashuv

DSQ va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbariyatining Navoiy va Surxondaryo viloyati tadbirkorlari bilan uchrashuvlari.
__________________________

Ertaga, 29-mart kuni quyidagi hududlarda navbatdagi ochiq muloqotlar o‘tkaziladi:

📍
Navoiy viloyati
Qiziltepa tumanidagi musiqa va san’at maktabi (soat 10:00)
Navoiy shahridagi Yoshlar markazida (soat 14:00)

📍Toshkent shahri
Olmazor tumani Turin politexnika universiteti qoshidagi akademik litseyida (soat 11:00)
Sergeli tumani Madaniyat saroyida (soat 14:00)

📍Surxondaryo viloyati
Qumqo‘rg‘on tumani hokimiyatida (soat 10:00)
Denov tumanidagi tadbirkorlik va pedagogika institutida (soat 15:00)

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#uchrashuv

DSQ va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbariyatining Navoiy, Surxondaryo viloyati va Toshkent shahri tadbirkorlari bilan o‘tkazgan bugungi uchrashuvidan fotolavhalar
_________________________________

Ertaga, 30-mart kuni o‘tkaziladigan uchrashuvlar:

📍
Samarqand viloyati
Kattaqo‘rg‘on shahar Abdulhamid Majidiy nomli teatrda (soat 09:00)
Samarqand shahar Yoshlar markazida (soat 14:00)

📍Toshkent shahri
Bektemir tumani hokimiyatida (soat 11:00)
Chilonzor tumani hokimiyatida (soat 14:00)

Shuningdek Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan “O‘zavtosanoat” AJda (soat 11:00) tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#uchrashuv

Ayni daqiqalarda Davlat soliq qo‘mitasida DSQ, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Soliq maslahatchilari palatasi rahbariyati, ishbilarmon doiralar vakillari hamda jamoatchilik kengashi a'zolari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.

Kun tartibida tadbirkorlik subyektlarining soliqqa tortish va soliq ma’muriyatchiligi sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.
________________________
#встреча

В эти минуты в Государственном налоговом комитете при участии руководства ГНК, Министерства финансов, Торгово-промышленной палаты, Палаты налоговых консультантов, членов Общественного совета ГНК, представителей бизнес-сообщества и общественности проходит открытый диалог.

На повестке дня - обсуждение актуальных вопросов в сфере налогообложения и налогового администрирования субъектов предпринимательства.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#uchrashuv

Poytaxtda tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi hamkorligida tadbirkorlar bilan norasmiy uchrashuv tashkil etildi. Unda muhokama mavzusi “QQSni qaytarishning muammolari va istiqbollari”.

Tadbirda soha mutaxassislari, soliq maslahatchilari, ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etmoqda. Respublikamizning barcha hududlaridagi tadbirkorlik subyektlari onlayn-translyatsiya orqali o‘z savollarini yo‘llashi mumkin.

Muloqotdan ko‘zlangan maqsad – qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish bo‘yicha mavjud muammoli masalalarni aniqlash, ularni hal etishning yangi yo‘llari va tadbirkorlarning konstruktiv takliflarni muhokama qilish, vakolatli davlat organlariga tavsiyalar tayyorlashdan iborat.
___________________
#встреча

В столице проходит встреча с предпринимателями

Торгово-промышленной палатой Узбекистана совместно с Министерством финансов и Государственным налоговым комитетом организована неформальная встреча с предпринимателями. В центре обсуждения - «Вызовы и перспективы возмещения суммы НДС».

В мероприятии принимают участие эксперты отраслей, налоговые консультанты и представители бизнес-сообщества. В ходе онлайн-трансляции свои вопросы могут задать и предприниматели из регионов республики.

Цель диалога
- выявить имеющиеся проблемные вопросы в сфере возврата НДС, обсудить новые пути их решения и конструктивные предложения предпринимателей, подготовить рекомендации уполномоченным государственным органам.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#uchrashuv #MXIK

Avvalroq yuqori likvidli tovarlarga qatʻiy oʻlchov birliklari biriktirilgan edi.

Soliq toʻlovchilarning fikr-mulohazalarini bilish maqsadida oʻtkazilgan tezkor soʻrovnoma natijalari shuni koʻrsatadiki, benzin, dizel yoqilgʻisi va propanni realizatsiya qilish jarayoni oʻziga xos xususiyatlarga ega.

Shu munosabat bilan yuzaga kelayotgan muammolarni muhokama qilish maqsadida Soliq qoʻmitasida yoqilgʻi sotish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv yakunlari bo'yicha AYQShlarga benzin, dizel yoqilg'isi va propanni EHFda realizatsiya qilishda o'lchov birligi sifatida "litr"dan foydalanish imkoniyati berildi.
______
#встреча #ИКПУ

Ранее за высоколиквидными товарами были закреплены фиксированные единицы измерения.

Как показывает опрос, запущенный для получения оперативной обратной связи от налогоплательщиков, процесс реализации бензина, дизельного топлива и пропана имеет свои специфические особенности.

В связи с этим для обсуждения возникающих вопросов в Налоговом комитете организована встреча с предпринимателями, реализующими данные виды топлива.

По итогам встречи автозаправочным станциям при реализации через ЭСФ бензина, дизельного топлива и пропана предоставлена возможность использовать в качестве единицы измерения "литр".

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tadbirkorlar bilan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Soliq qo‘mitasi va "Yangi texnologiyalar" IAM mutaxassislari ishtirokida uchrashuv boshlandi.

Ochiq muloqotda Qurilish materiallarining identifikatsiya kodlari (MXIK) "Qurilish materiallari milliy klassifikatori" bilan unifikatsiya qilinganligi bilan bog’liq masalalar muhokama qilinmoqda.
______
#встреча

Началась встреча специалистов Министерства строительства и жилищно-коммунального хозяйства, Налогового комитета и НИЦ «Янги технологиялар» с предпринимателями, которые производят и реализуют строительные материалы.

Обсуждаются вопросы, связанные с ИКПУ строительных материалов, унифицированными с Национальным классификатором строительных ресурсов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads