#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kavrak yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlariga bir qator imtiyozlar berildi
Joriy yilning 27-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada kavrak yetishtirishni rivojlantirish va sanoatlashtirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-116-son farmoni qabul qilindi.
Farmonda kavrak yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga bir qator imtiyozlar nazarda tutilgan. Xususan:
1.05.2022-yildan boshlab 3 yil davomida:
kavrak yetishtirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etadigan tadbirkorlik subyektlaridan olinadigan
🔸foyda solig‘i,
🔸mol-mulk solig‘i,
🔸yer solig‘i
🔸suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 50% miqdorida qo‘llaniladi;
1.07.2022-yildan 01.01.2025-yilgacha “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasi tizimidagi subyektlarda faoliyat olib borayotgan mavsumiy ishchilar uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1% miqdorda undirish belgilandi.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

#imtiyoz #qonunchilikdagi_yangiliklar
Ipakchilik va qorako‘lchilik bo‘yicha ayrim soliq imtiyozlari muddati uzaytiriladi
Prezidentimizning 27.04.2022-yildagi PQ-224-son qarori bilan ipakchilik va qorako‘lchilik sohasiga taqdim etilgan ayrim soliq imtiyozlari muddatlarini uzaytirish belgilandi.
Xususan:
🐛🌴ipak qurti urug‘i, tut ko‘chatlari va pilla yetishtirish, pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni mol-mulk va yer solig‘idan ozod etish imtiyozi 01.01.2023-yildan 01.01.2026-yilga qadar uzaytiriladi.
Mazkur imtiyoz 04.12.2018-yildagi PQ-4047-son Prezident qarori bilan 01.01.2023 yilgacha taqdim etilgan edi;
🐑qorako‘lchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun yer solig‘i stavkasini 2018-yilda belgilangan miqdorda saqlab qolish muddati 01.01.2026-yilgacha uzaytiriladi.
Ushbu preferensiya 14.03.2018-yildagi PQ-3603-son Prezident qarori bilan 01.01.02023-yilgacha belgilangan edi.
Qarorda mazkur o‘zgarishlardan kelib chiqib Soliq kodeksiga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha Qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan 2022-yil 1-sentabrdan boshlab:
⚖️xalq taʼlimi tizimidagi muassasa va tashkilotlar rahbarlariga budjetdan tashqari mablag‘larini mustaqil tasarruf etish huquqi berildi;
📉2025-yil 1-yanvarga qadar xalq taʼlimi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga ijtimoiy soliq stavkasi 1 % miqdorida belgilandi.
🖥Mazkur imtiyoz davlat soliq xizmati organlarining “E-imtiyoz” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga 104023-ID-raqam bilan kiritildi.
👉PQ-241 11.05.2022-yil
__________
#новое_в_законодательстве
Постановлением Президента Республики Узбекистан "О дополнительных мерах по развитию народного образования" установлен порядок, в соответствии с которым начиная с 1 сентября 2022 года:
⚖️руководителям учреждений и организаций системы народного образования предоставляется право самостоятельно распоряжаться внебюджетными средствами;
📉до 1 января 2025 года ставка социального налога на заработную плату и приравненные к ней платежи, осуществляемые за счет внебюджетных средств учреждений и организаций в системе народного образования, устанавливается в размере 1%.
🖥В автоматизированной информационной системе органов государственной налоговой службы “E-imtiyoz” данной льготе присвоен ID-код 104023.
👉№ ПП-241 от 11.05.2022 г.

Zamonaviy suv hisoblagich xaridi uchun soliq imtiyozi beriladi
2023-yil 1-yanvardan – yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilar tomonidan hududiy suv ta’minoti korxonalariga masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlar o‘rnatilishi talab etiladi.
Bunda – masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, lekin bitta zamonaviy suv hisoblagich uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan AOS yoxud YaTTlar tomonidan to‘lanadigan JShODS summalarini kamaytirish huquqi beriladi.
2024-yil 1-yanvardan bunday suv hisoblagichlarni o‘rnatmagan yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilarga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun suvni hisobga olish uskunasi bilan ta’minlanmagan iste’molchilar sifatida hisob-kitob amalga oshiriladi.
👉PQ-257-son 24.05.2022-yil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.
Shuningdek, mamlakatimiz Rahbari tomonidan, “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror ham imzolandi.
Qarorga muvofiq, 01.07.2022-yildan 01.07.2025-yilga qadar ommaviy axborot vositalari foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50% kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
❗️Reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari bundan mustasno.
_____________
#новое_в_законодательстве
Сегодня Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев издал Указ "О награждении в связи с Днем работников печати и средств массовой информации группы работников сферы".
Также руководителем страны подписано Постановление "О мерах по поддержке средств массовой информации и развитию сферы журналистики".
Согласно постановлению в период с 1.07.2022 по 1.07.2025 года СМИ уплачивают налог на прибыль по налоговой ставке, сниженной на 50% по отношению к установленной налоговой ставке.
❗️Исключение составляют СМИ рекламного характера.

Fuqaro tomonidan o‘zining avtomobilini yo‘lovchi tashish litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga ijaraga berilganda notarial idoralar tomonidan tasdiqlash talabi bekor qilinmoqda. Ijara shartnomasi soliq organlarida elektron hisobga qo‘yiladi.
2022-yil 1-sentyabrdan 2024-yil oxiriga qadar yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilmoqda.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va bojxona qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida"gi Qonuniga sharh
👉YouTube orqali ko'rish

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 10 taga oshdi
Mamlakatimiz Prezidentining 30.08.2022-yildagi PQ-366-son qaroriga muvofiq, 01.11.2022-yildan quyidagi faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari bilan shug‘llanadigan fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:
🔸Uy hayvonlari (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar) bozorlarida vositachilik xizmati;
🔸Avtomobil bozorlarida vositachilik xizmati;
🔸Rieltorlik xizmatini ko‘rsatish (ijaraga uy topib berish, uy sotib olish va sotishga ko‘maklashish);
🔸Uyda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotish xizmati;
🔸Maishiy buyumlarni ijaraga berish xizmati (stol-stul, idish-tovoq, asbob-uskuna va boshqalar);
🔸Gips va ganchdan buyumlar yasash (uy jihozlari, ertak qahramonlari haykallarini yasash);
🔸Tosh va tosh mahsulotlaridan yodgorlik, suvenir va dekorativ buyumlar tayyorlash;
🔸Yog‘och mahsulotlaridan savat, non mahsulotlari uchun maxsus idish va boshqa buyumlarni to‘qish;
🔸Uy sharoitida pilla yetishtirish, shaxsiy tomorqa yer uchastkasida tut mevasi, niholi va ko‘chatini yetishtirish, uyda ipak mato, ipak gilam to‘qish va sotish;
🔸Kulolchilik.
Shuningdek, 01.01.2023-yildan:
🔹o‘zining shaxsiy tomorqa yer uchastkasida quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar tomonidan yiliga BHMning kamida 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda, ular rasmiy band bo‘lgan aholi toifasiga kiritiladi va ushbu davr ularning mehnat stajiga qo‘shiladi:
- Chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar);
- Issiqxona;
- Parrandachilik (bedana, kurka, g‘oz, o‘rdak);
- Quyonchilik;
- Asalarichilik;
- Baliqchilik;
- Bog‘dorchilik;
- Limonchilik;
- Gulchilik.
🔹 *YaTTlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga BHMning 50 foizidan yiliga BHMning bir baravarigacha kamaytiriladi (savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar bundan mustasno).
▫️ YaTTga murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish va qurilish-taʼmirlash ishlari (beton quyish, bo‘yoqchilik, suvoqchilik ishlari, g‘isht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari)ni, shu jumladan yuridik shaxslar uchun ham bajarishga;
▫️ qurilish-pudrat tashkilotlariga umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun shartnoma asosida YaTTni jalb qilishga ruxsat etiladi. Bunda, YaTT umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun 5 nafargacha xodim yollashi mumkin.
*YaTT – Yakka tartibdagi tadbirkor

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Ayrim tumanlarda tadbirkorlar uchun qator soliq stavkalari 1% etib belgilanadi
🖊O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son farmoniga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan Respublikaning 208 ta tuman va shaharlari 5 ta toifaga ajratiladi hamda toifadan kelib chiqib, tadbirkorlarga soliq imtiyozlari, subsidiyalar beriladi.
✅ 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar:
🔸*5-toifadagi tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar foyda soligʻi, AOS va ijtimoiy soliqni 1% miqdorida to‘laydi (YaTTlar JShODSning qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod qilinadi);
🔸yuridik shaxslar mol-mulk va yer soligʻini mazkur soliqlar boʻyicha hisoblangan summani 1%i miqdorida toʻlaydi;
🔸*4-toifadagi tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari uchun AOSning bazaviy soliq stavkasi 3% etib belgilanadi.
🔸Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga:
▫️4-toifadagi tumanlar bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻiga Soliq kodeksi bilan belgilangan eng kam qiymatlarga 0,3 gacha;
▫️YаTTlar uchun qat'iy belgilangan miqdordagi JShODS bo‘yicha 0,5 gacha kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritish huquqi beriladi.
* yirik soliq toʻlovchilar, doimiy muassasa, budjet tashkiloti va davlat korxonasi, ustav jamgʻarmasida davlat ulushi 50% va undan koʻproq miqdorda boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter

✅2023-yilgi soliq o‘zgarishlari
🔸QQS stavkasi 15% dan 12% ga tushirildi.
🔸4% dan 25% gacha bo‘lgan AOSning yagona 4% lik stavkasi o‘rnatildi.
Ayrim soliq to‘lovchilar uchun 1-3% lik stavkalar saqlab qolindi.
👉Mavzu yuzasidan ekspert va tadbirkorlarning fikrlari "Axborot 24" dasturida.