Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi
5.25K subscribers
828 photos
381 videos
26 files
963 links
Download Telegram
#soliq_hisobotlari #mol_mulk_soligi #yer_soligi

Mol-mulk va yer solig‘i hisobotlaridagi o‘zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining Axborot xati hamda soliq to‘lovchilar tomonidan kelib tushgan so‘rov va takliflar asosida yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari hisobot shakllariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

🏕Jumladan, yuridik shaxslarning yer solig‘i bo‘yicha bir obyekt doirasida joylashib, yer maydon toifasi turlicha bo‘lgan, shuningdek, pasaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llanilishi lozim bo‘lgan yer maydonlarini alohida kiritish imkoniyati yaratildi.

Maʼlumot uchun, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i hisobotini 10510_12 sonli (oylik) va 10510_13 sonli (chorak) paket raqamli shakllarda taqdim etishlari mumkin (yer solig‘i hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma)

🏠Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha maʼlumotnoma shaklida eng kam qiymat tatbiq qilinmaydigan ko‘chmas mulk obyektlarining maydoni, eng kam qiymatning kamaytiruvchi koeffitsiyenti alohida aks etirilishi imkoniyati yaratildi.

Endilikda tadbirkorlik subyektlari:

🔹suv haydash minoralari,

🔹rezervuarlar,

🔹soyabonlar,

🔹beton maydonchalar va devorlar (bordyurlar)

🔹boshqa shunga o‘xshash obyektlarni maʼlumotnoma shaklining 2-ilovasida mustaqil kiritishlari mumkin (mol-mulk solig‘i maʼlumotnoma shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma).

Eslatib o‘tamiz, yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘iga aniqlashtirilgan maʼlumotnomani 1-aprelga qadar taqdim etgan korxonalarga nisbatan penya hisoblash ko‘rinishidagi javobgarlik chorasi qo‘llanilmaydi.

Maʼlumot uchun, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i hisobotini 10401_21 sonli (oylik) va 10401_23 sonli (chorak) paket raqamli shakllarda taqdim etishlari mumkin.

Yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha imtiyozga ega korxonalar egaligidagi imtiyozga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini hisobotda aks ettirish uchun shaxsiy kabinetidan Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati orqali murojaat qilishi lozim.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi #soliq_hisobotlari

📹Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha videoqo‘llanma

👉
Youtube orqali ko‘rish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_hisobotlari

Soliq hisobotlarini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanmalar:

👉QQS
👉Foyda solig'i
👉Mol-mulk solig'i
👉Yer solig'i
👉Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
👉JShODS va ijtimoiy soliq

Soliq hisobotlarini to‘ldirish bo‘yicha videoqo‘llanmalar:

👉QQS
👉AOS
👉JShODS va ijtimoiy soliq
__________
#налоговая_отчетность

Инструкции по заполнению налоговой отчетности:

👉НДС
👉Налог на прибыль
👉Налог на имущество
👉Земельный налог
👉Налог за пользование водными ресурсами
👉НДФЛ и социальный налог

Видеоинструкции по заполнению налоговой отчетности:

👉НДС
👉Налог с оборота
👉НДФЛ и социальный налог

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_taqvimi #soliq_hisobotlari

Soliq to‘lovchilar foyda solig‘i bo‘nak to‘lovlari to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim qilish huquqiga ega

📘Soliq kodeksining 340-moddasi

Jami daromad summasi 5 mlrd so‘mdan oshadigan soliq to‘lovchilar foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini har oyning 23-kunidan kechiktirmay to‘lashlari lozim.

Bunda soliq to‘lovchilar hisobot choragi birinchi oyining 10-sanasiga qadar kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, bo‘nak to‘lovlari summasi to‘g‘risida soliq organlariga ma’lumotnoma taqdim etish huquqiga ega.

🗓Joriy yilning II choragi uchun ma'lumotnoma taqdim etishning oxirgi muddati dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani sababli, Soliq kodeksining 5-moddasiga muvofiq, soliq to‘lovchilar ma’lumotnomalarni 11-aprelga qadar soliq organlariga yuborishlari mumkin.

Taqdim etilgan ma’lumotnomada kutilayotgan foyda summasi asossiz kamaytirib ko‘rsatilgan taqdirda soliq organlari ma’lumotnomaga o‘zgartirishlar kiritishga haqli.

📌Foyda solig‘i bo‘yicha har oylik bo‘nak to‘lovlarni hisoblash uchun ma’lumotnoma shakli "YuShlarning hisobotlarini yuborish"➡️ "elektron shakllar"➡️102-kod ➡️10201_12 paket kodida joylashgan.

📫Bu haqda soliq to‘lovchilar shaxsiy kabinetiga xabarnomalar yuboriladi.

Ushbu muddatga qadar tegishli ma’lumotnoma taqdim etilmaganda bo‘nak to‘lovini hisoblab chiqarish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#onlayn_seminar #soliq_hisobotlari

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi onlayn seminari bugun, 🗓 14-aprel kuni «Aylanmadan olinadigan soliq hisoboti shakliga kiritilgan o’zgarishlar» mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasi orqali o‘tkaziladi

🕙 Boshlanish vaqti – 17:00
______________________
#онлайн_семинар #налоговая_отчетность

❗️Уважаемые налогоплательщики

Очередной онлайн семинар-тренинг Государственного налогового комитета состоится сегодня, 🗓 14 апреля на тему «Изменения в формах налоговой отчетности по налогу с оборота».

Прямой эфир состоится на платформе 👉 YOUTUBE

🕙 Начало – 17:00

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_hisobotlari

Soliq hisoboti shakllari Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 20-aprelda 3221-4 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi

👉 Soliq hisobotlarini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanmalar
_________

#налоговая_отчетность

Формы налоговой отчетности зарегистрированы Министерством юстиции 20 апреля 2022 года №3221-4

👉Инструкции по заполнению налоговой отчетности

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram