Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi
5.09K subscribers
799 photos
369 videos
21 files
937 links
Download Telegram
#bilasizmi

Sog‘liqni saqlash sohasi uchun qanday imtiyozlar berilgan?

Ijtimoiy sohada faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar foyda solig‘i bo‘yicha 0% stavkasini qo‘llash huquqiga ega 👉Soliq kodeksi 337-modda. Bunda tegishli faoliyat turlaridan olingan daromadlar tekin olingan mol-mulk tarzidagi daromadlar hisobga olingan holda jami yillik daromadining kamida 90 %ini tashkil etishi lozim.

Bunga tibbiyot tashkilotlari tomonidan tegishli litsenziya asosida ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar kiradi. Jumladan:
🔹 tashxis qo‘yish, profilaktika va davolash xizmatlari;
🔹 stomatologik xizmatlar, shu jumladan tish protezlarini o‘rnatish xizmatlari.
👉Soliq kodeksi 59-modda

Tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan quyidagi tibbiy xizmatlarni (kosmetika xizmatlaridan tashqari) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma QQSdan ozod qilinadi:
🔹tibbiy yordam xizmatlari va sanitariya xizmatlari;
🔹tashxis qo‘yish, profilaktika va davolash xizmatlari;
🔹stomatologik xizmatlar, shu jumladan tish protezlarini o‘rnatish xizmatlari.
👉 Soliq kodeksi 243-modda 1-qism 11-band

Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda soliq solinadigan baza sog‘liqni saqlash muassasalarining (turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari bundan mustasno) o‘rtacha yillik qoldiq qiymatiga kamaytiriladi.
👉 Soliq kodeksi 414-modda 1-qism

Sog‘liqni saqlash muassasalari joylashgan yerlarga (turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari band qilgan yerlar bundan mustasno) yer solig‘i solinmaydi.
👉 Soliq kodeksi 428-modda 2-qism

📹 “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati
__________
#знаете_ли_вы

Какие льготы предусмотрены для сферы медицинского обслуживания?

Налогоплательщики, осуществляющие деятельность в социальной сфере, вправе применять налоговую ставку в размере 0% по налогу на прибыль👉ст.337 НК При этом доходы от соответствующих видов деятельности с учетом доходов в виде безвозмездно полученного имущества составляют не менее 90% их совокупного годового дохода.

Сюда относятся медицинские организации, оказывающие медицинские услуги на основании соответствующей лицензии. В частности:
🔹услуги по диагностике, профилактике и лечению;
🔹стоматологические услуги, включая услуги по зубному протезированию.
👉ст.59 НК

Освобождается от НДС оборот по реализации следующих медицинских услуг:
🔹услуг медицинской помощи и санитарного обслуживания;
🔹услуг по диагностике, профилактике и лечению;
🔹стоматологических услуг, включая зубное протезирование.
👉п.11 ч.1 ст.243 НК

При исчислении налога на имущество юридических лиц налоговая база уменьшается на среднегодовую остаточную стоимость объектов здравоохранения (за исключением санаторно-курортных объектов, расположенных в туристских зонах).
👉ч.1 ст.414 НК

Земельные участки, занятые объектами здравоохранения (за исключением земель, занятых санаторно-курортными объектами, расположенными в туристских зонах), не подлежат налогообложению земельным налогом.
👉ч.2 ст.428 НК

📹Интерактивный сервис "Обращение по использованию налоговых льгот"

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#bilasizmi #onlayn_NKM

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM, virtual kassa va 2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki shu turdagi boshqa maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq *BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar summalarini kamaytirish huquqiga ega (4 x 270 000 = 1 080 000 so‘m).
Imtiyoz muddati – 1.01.2023

👉PQ-5252, 3-band 4.10.2021

👉*BHM x 1 = 270 000

👉Imtiyoz soliq hisobotlarida qanday aks ettiriladi?
________________
#вы_хотели_знать #онлайн_ККМ

Субъекты предпринимательства могут уменьшить суммы начисленного и подлежащего уплате налога на сумму расходов, связанных с приобретением онлайн-ККМ, виртуальных касс и 2D-сканеров, терминалов сбора данных либо специальных устройств иного типа, в размере не больше 4-х *БРВ за одно устройство (4 x 270 000 = 1 080 000 сумов).
Срок льготы до1.01.2023

👉пункт 3 ПП №5252 от 4.10.2021

👉*БРВ х 1 = 270 000

👉Как применить льготу в налоговой отчетности?
#bilasizmi

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 2- va 5-qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxs rahbari yoki YATT maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.

Ushbu maʼmuriy javobgarlik 2 ta holatda avtomatik tarzda aniqlanadi:

🔸 soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaslikBHMning 10 baravarigacha jarima belgilangan;

🔸soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslikBHMning 5 baravari miqdorida jarima belgilangan.

🖊Bunda qaror huquqbuzarning ishtirokisiz avtomat tarzda chiqariladi va 3 kun ichida shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

❗️Maʼlumot uchun: O‘RQ-758-son Qonuni kuchga kirguniga qadar, ushbu turdagi maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun hujjatlar soliq organida qog‘oz shaklida rasmiylashtiriladi.

📌Eslatma: O‘RQ-758-son Qonun qabul qilingan paytdan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#bilasizmi #keshbek

Qanday cheklarga keshbek qaytarilmaydi?

❗️Keshbek hisoblanmaydi:

🔴 shubhali xaridorlar reestriga kiritilgan jismoniy shaxslar cheklari uchun;

🔴 avval ro‘yxatdan o’tkazilgan yoki sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismi qaytarilgan cheklar uchun;

🔴 chek berilganiga 10 kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;

🔴 sotib olingan tovar (xizmat)lar cheki uchun avval keshbek hisoblangan bo'lsa;

🔴 avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olish natijasida olingan, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov cheklari uchun.

Telegram | Facebook | You tube |Web-site
#bilasizmi

Soliq to‘lovchining my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetida yo‘qotilgan cheklarni tiklash imkoni mavjud

Chek ma'lumotlarini tiklash uchun soliq to‘lovchi shaxsiy kabinetida:

🔹"Chekni tiklash" bo'limiga kiriladi;
🔹Filtrda fiskal modulning IDsi va sanasi tanlanib, “Qidirish” tugmasi bosiladi;
Chek qayta tiklanadi.

✔️Shundan so'ng, chekni tahririash shu nomdagi bo'limda davom ettiriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, Ilgari amalga oshirilgan hisob-kitoblarga o‘zgartirishlar kiritish zarur bo‘lgan hollarda foydalanuvchi tomonidan tuzatuvchi kassa cheki shakllantirish mumkin.

Bunda tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantiriladi.
👉VM-255-son qaror 12.05.2022-yil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Bilasizmi

🟢Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.
📗Soliq kodeksining 378-moddasi 19-1 bandi

👉Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.
_________
#знаете_ли_вы

🟢Доходы налогоплательщика, полученные от сдачи жилых домов студентам в аренду, не облагаются налогом на доходы физических лиц.
📗
п.19-1 ст.378 НК

👉
У студентов не требуется наличие электронной цифровой подписи при постановке на учет договоров аренды

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#bilasizmi

📚Soliq kodeksining 48-moddasiga asosan grantlar maqsadli mablagʻlar hisoblanadi.

🧮Maqsadli mablag‘lar oluvchi soliq to‘lovchilar ushbu maqsadli mablag‘lardan foydalanish doirasida olingan daromadlarning (qilingan xarajatlarning) alohida-alohida hisobini yuritishi shart.
Soliq to‘lovchilar, bundan budjet tashkilotlari mustasno, soliq davri tugaganidan keyin o‘zi hisobga olingan joydagi soliq organlariga olingan maqsadli mablag‘lardan foydalanganlik to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.

📌Alohida hisobi mavjud bo‘lmagan va (yoki) ulardan maqsadli foydalanilmagan maqsadli mablag‘lar tarzidagi daromad (bundan budjet to‘g‘risidagi qonunchilik normalari qo‘llaniladigan budjet mablag‘lari mustasno) soliq toʻlovchining jami daromadi tarkibiga kiritiladi va belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #deklaratsiya

Ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘lardan daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin

🏘 Ipoteka kreditlari, "kontrakt" hamda nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

✔️“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️ipoteka kreditlari;
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari
.

➡️Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

➡️Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #deklaratsiya

Ta'lim uchun yo‘naltirilgan mablag‘lardan daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin

👩‍🎓 "Kontrakt", nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
▫️ipoteka kreditlari.

Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#bilasizmi

Yakka tartibdagi tadbirkor I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblanganida faoliyat turidan va uni amalga oshirish joyidan qat’i nazar, oyiga qat’iy belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini, biroq BHMning 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘laydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads