Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi
5.46K subscribers
889 photos
422 videos
29 files
1.06K links
Download Telegram
#QQS

QQS guvohnomasining holati

📑QQS guvohnomasi holatidagi o‘zgarishlar tarixi my.soliq.uz dagi soliq to‘lovchi shaxsiy kabinetining QQS to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish” sahifasidagi jadvalning pastki qismida ko‘rsatiladi.

🚫QQS guvohnomasining amal qilishi to‘xtatilganda, soliq to‘lovchi shaxsiy kabinetiga QQS guvohnomasi amal qilishi vaqtincha to‘xtatilganligi to‘g‘risida xabarnoma va qaror avtomatik tarzda yuboriladi.

🔎Shaxsiy kabinetda kontragentning QQS guvohnomasi holatini ham tekshirish mumkin.

👨🏻‍💻Buning uchun "QQS to‘lovchilarni aniqlash" sahifasiga kontragent STIRini kiritish lozim.

So‘rov natijalariga ko‘ra, ushbu QQS to‘lovchi haqida umumiy maʼlumot, guvohnoma berilgan sana, raqami va holati aks ettiriladi.

❗️QQS to‘lovchi va uning kontragenti faolligi/nofaolligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar real vaqt rejimida EHFda ham aks etadi.
__________
#НДС

Статус Свидетельства плательщика НДС

📑История изменений статуса Свидетельства плательщика НДС отображается в персональном кабинете на сайте my.soliq.uz в разделе "Постановка на специальный учет в качестве плательщика НДС" в таблице в нижней части страницы.

🚫В случае приостановления действия Свидетельства плательщика НДС в персональный кабинет налогоплательщика автоматически направляются уведомление и решение о временном приостановлении действия Свидетельства НДС.

🔎В персональном кабинете также можно проверить статус Свидетельства своего контрагента.

👨🏻‍💻Для этого во вкладке "Определение плательщиков НДС" необходимо ввести ИНН контрагента.

По результатам запроса будет представлена общая информация о контрагенте-плательщике НДС, а также дата выдачи, номер и статус его Свидетельства.

❗️Информация об активности/неактивности Свидетельства самого плательщика НДС и его контрагента в режиме реального времени также отображается в ЭСФ.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#onlayn_seminar #QQS

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

“Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotini to‘ldirish bo‘yicha tavsiyalar va ko‘p uchraydigan savollarga javoblar”
mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://www.youtube.com/watch?v=GTdKGEKNjuM
______________
#онлайн_семинар #НДС

❗️Уважаемые налогоплательщики

Начался онлайн семинар-тренинг на тему "Отчетность по налогу на добавленную стоимость: рекомендации и ответы на частые вопросы".

🌐 Ссылка на семинар 👉https://www.youtube.com/watch?v=GTdKGEKNjuM

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#QQS

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi huzurida yetakchi iqtisodchi olimlar, ekspertlar va tadbirkorlik subyektlari vakillaridan iborat ilmiy kengash tuzildi

Ilmiy kengash QQS zanjiridagi uzilishlar koeffitsiyenti – Tax gap hisoblash mexanizmini iqtisodiyot sohalariga taʼsiri va xufiyona iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi.

Tabdirkorlik subyektlari QQS zanjiri uzilishlari koeffitsiyentidagi nomutanosibliklar yuzasidan Ilmiy kengashga murojaat etishlari mumkin.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#QQS

Davlat soliq qo‘mitasi keyingi vaqtlarda qo‘shilgan qiymat solig‘idan (QQS) salbiy farq summalarini qoplab berish bilan bog‘liq ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan ayrim postlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Joriy yilning I yarim yilligida 6 028 ta korxonaga 8,3 trln so‘m miqdorida QQS salbiy farq summasi budjetdan qoplab berildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 764,4 mlrd so‘mga oshgan.

Jumladan, belgilangan tartib asosida tezlashtirilgan tartibda
(7 kun) 2 604 ta eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshirgan korxonalarga 4,5 trln so‘m (umumiy qaytarilgan summaning 54 %) qoplab berildi.

Shu bilan birga, QQS salbiy farq summasi o‘rnini qoplash yuzasidan murojaat qilgan 1 723 ta korxonaning 718,7 mlrd so‘mlik arizalari inson omiliga bog‘liq bo‘lmagan, avtomatlashtirilgan tahlika-tahlil dasturi orqali o‘rganilib, QQS zanjirida 1,4 trln so‘m soliq uzilishlari mavjud (yaʼni, tovar, xizmatlar yetkazib berish ketma-ketligidagi kontragentlar tomonidan soliqlar hisoblanmaganligi) holatlar aniqlangan soliq to‘lovchilarga kamchiliklari ko‘rsatib berilgan holda, mustaqil ravishda ularni bartaraf qilib qayta murojaat qilishlari uchun imkoniyat berildi.

Bu to‘g‘risida shaxsiy kabinetlariga xabarnomalar yuborildi.

❗️Davlat soliq xizmati organlari QQS salbiy farq summasini qoplab berish budjet mablag‘lari taqchilligi sababli rad qilinmoqda degan vajlarning asossiz ekanligini qayd etgan holda, ko‘rsatib berilgan xatoliklar to‘g‘irlanib, murojaat qilingan taqdirda belgilangan muddatlarda QQS salbiy farq summalari qoplab berilishi to‘xtatilmasligini maʼlum qiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#savol_javob #QQS

🔴 Realizatsiya 2022-yilda amalga oshirilgan. 2023-yilda baʼzi sabablarga ko‘ra tovarlar qaytarilmoqda, QQS stavkasini 15% tanlash imkoni bormi

🔵2022-yilda amalga oshirilgan realizatsiya uchun qo‘shimcha EHF rasmiylashtiriladi (Soliq kodeksi 257-modda). Bunda QQS stavkasini 15% tanlash uchun ko‘rsatilgan qiymat manfiy bo‘lishi shart.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#QQS

1-maydan ijtimoiy reyestrga kirgan aholiga mol, qo‘y va parranda go‘shti, tuxum va o‘simlik yog‘i xarid qilsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytariladi. Bu orqali 2 milliondan ortiq oilaga yengillik yaratiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

Qanday qilib QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish va guvohnoma olish mumkin?

👉Batafsil videoqo‘llanmada

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#MXIK #QQS

Ayrim mahsulot va xizmatlar uchun imtiyozlarning bekor qilinishi tufayli MXIK o'zgaradimi?

1-apreldan QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi. Soliq to‘lovchilarda imtiyozlar bekor qilingan tovarlar va xizmatlar uchun MXIK o‘zgaradimi degan savollar tug‘ilmoqda.

MXIK o'zgarishsiz qoladi. Tizimdagi QQS imtiyozlari 1-aprelgacha amal qiladi. Shu kundan boshlab, ushbu tovarlar yoki xizmatlarning MXIKni tanlashda QQS stavkasi avtomatik ravishda qo'llaniladi.
——————
#ИКПУ #НДС

Поменяются ли ИКПУ товаров и услуг из-за отмены льгот?

С 1 апреля отменяются некоторые льготы по НДС. В связи с этим у налогоплательщиков возникают вопросы, поменяются ли ИКПУ на товары и услуги, по которым прекращается действие льгот.

ИКПУ останутся без изменений. Льготы по НДС в системе действуют до 1 апреля. Начиная с этой даты при выборе ИКПУ этих товаров или услуг будет автоматически применяться ставка НДС.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma.pdf
887 KB
#QQS

20-dekabr - noyabr oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

Qo‘llanmadan foydalaning❗️

Ma'lumot uchun
, O‘zbekistonda 203 mingdan ortiq QQS to‘lovchilar maxsus ro‘yxatdan o‘tgan.
_______________
#НДС

20 декабря - последний день представления отчетности по НДС за ноябрь

Воспользуйтесь инструкцией❗️

К сведению.
В Узбекистане поставлены на специальный регистрационный учет более 203 тысяч плательщиков НДС.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#QQS #mutaxassis_sharhi

2024-yilda ro'yxatdan o'tgan AOS to'lovchilar diqqatiga ❗️

Agar yangi tashkil etilgan yuridik shaxsda yoki yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad summasi roʻyxatdan oʻtilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar, 365 ga boʻlingan va roʻyxatdan oʻtilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar boʻlgan kunlar soniga koʻpaytirilganda 1 mlrd soʻmga teng summadan oshsa, u holda bunday shaxslar roʻyxatdan oʻtilgan yildan keyingi yildan eʼtiboran QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
👉 Soliq kodeksining 462-moddasi 10-qismi

Bu qanday hisoblanadi:

1-misol.

Ro‘yxatdan o‘tish sanasi:
2024-yil 1-oktabr
Daromad summasi: 300 mln so‘m
Yil oxirigacha kunlar: oktabr - 31 kun, noyabr - 30 kun, dekabr - 31 kun
Jami = 92 kun
Nazorat summasi: 1 mlrd so'm ÷ 365 kun × 92 kun = 252,05 mln so'm

Faoliyat davri uchun 300 mln so‘m daromad summasi 252,05 mln so‘m nazorat summasidan oshgan (300,0 > 252,05). Soliq to'lovchi 2025-yil 1-yanvardan QQS va foyda solig'ini to'lashga oʻtadi.
________________________________________
2-misol.

Ro‘yxatdan o‘tish sanasi:
2024-yil 1-oktabr
Daromad summasi: 200 mln so‘m
Yil oxirigacha kunlar: oktabr - 31 kun, noyabr - 30 kun, dekabr - 31 kun
Jami = 92 kun
Nazorat summasi: 1 mlrd so'm ÷ 365 kun × 92 kun = 252,05 mln so'm

Faoliyat davri uchun 200 mln so‘m daromad summasi 252,05 mln so‘m nazorat summasidan oshmagan (200,0 < 252,05). Soliq to'lovchida 2025-yil 1-yanvardan QQS va foyda solig'ini to'lash majburiyati mavjud emas.
__________
#НДС #комментарий_специалиста

Вниманию плательщиков налога с оборота, зарегистрировавшихся в 2024 году❗️

Если у вновь созданного юридического лица или вновь зарегистрированного индивидуального предпринимателя сумма дохода от реализации товаров (услуг) с даты регистрации до окончания календарного года превысила сумму равную 1 млрд сумов, разделенную на 365 и умноженную на количество дней с даты регистрации до окончания календарного года, то такие лица переходят на уплату НДС и налога на прибыль с начала года, следующего за годом регистрации.
👉ч.10 ст.462 НК

Как это рассчитывается?

Пример 1.

Дата регистрации: 1 октября 2024 г.
Сумма полученного дохода: 300 млн сумов
Дни до конца года:
Октябрь — 31 день, ноябрь — 30 дней, декабрь — 31 день = 92 дня
Контрольная сумма:

1 млрд сумов ÷ 365 дней × 92 дня = 252,05 млн сумов

Доход за указанный период деятельности превысил контрольную сумму (300 > 252,05), значит с 1 января 2025 налогоплательщик переходит на уплату НДС и налога на прибыль.
_______________________________________
Пример 2.

Дата регистрации: 1 октября 2024 г.
Сумма дохода: 200 млн сумов
Дни до конца года: октябрь — 31 день, ноябрь — 30 дней, декабрь — 31 день = 92 дня
Контрольная сумма: 1 млрд сумов ÷ 365 дней × 92 дня = 252,05 млн сумов

Доход за указанный период деятельности составил 200 млн сумов, т.е. меньше контрольной суммы (200 < 252,05), значит у налогоплательщика нет обязательства по переходу на уплату НДС и налога на прибыль с 1 января 2025 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart

EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

EHF quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta taqdim etiladi:

⚡️elektr va (yoki) ☀️issiqlik energiyasi;
💦suv;
🔥 gaz;
🏠kommunal va 📞 aloqa xizmatlari;
🚉temir yoʻlda tashish;
🚗transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🏗quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
✔️tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan)da.

🗓Bunda, EHF tovar (xizmat)lar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10-kuniga qadar, realizatsiya amalga oshirilgan oyning oxirgi sanasi bilan rasmiylashtiriladi.

📈 Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...

Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.

Shuningdek, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim.

Soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlil qilinganda ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHFlar boʻyicha qayta soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi natijasida soliq hisoblanmaslik holatlari aniqlanmoqda.

❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.

💯EHFlarni belgilangan muddatlarda rasmiylashtirganlik uchun tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingida 10 ball beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot #EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart

EHF
tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart. Belgilangan hollarda oyning soʻnggi kuni bilan keyingi oy 10-kuniga qadar o‘tgan oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta EHF taqdim etiladi.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

Soliq to‘lovchilarning elektron tizimga o‘tishlarini yengillashtirish va qulay sharoit yaratish hamda soliqchi-ko‘makchi tamoyili asosida elektron hisobvaraq-fakturalarni (EHF) keyingi oyning 10-sanasigacha rasmiylashtirish imkoniyati berilgan.
Hozirda 1 000ga yaqin korxona oy boshida QQS hisoboti taqdim etilgandan keyin EHF rasmiylashtirmoqda. Bu orqali kontragent uchun QQSni asossiz hisobga olish manfaatida ayrim tadbirkorlar tomonidan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, soliq summalarini kamaytirishga oid turli sxemalardan foydalanib ushbu berilgan imkoniyatlarni suiiste’mol qilish holatlari aniqlanmoqda.

Jumladan, "Sh. J" MCHJ 2024-yil dekabr oyi uchun QQS hisobotini 2025-yil 1-yanvarda soliq organiga taqdim etgan. Hisobot berilganidan so‘ng 2-yanvarda o‘tgan yil dekabr uchun EHF yozib, "M.K.T" XKdan 20 so‘mga taxta mahsulotlarini xarid qilgan.
O‘z navbatida ushbu taxta mahsulotlarini 2-3-yanvar kunlari yana dekabr bilan EHF yozib "XS" MCHJga 491 mlrd so‘m (shundan QQS 52,6 mlrd so‘m)ga sotgan. "XS" MCHJ esa EHFlar orqali ushbu mahsulotlarni 70 dan ziyod kontragentlarga sotish orqali QQSni asossiz hisobga olinganligi ma’lum bo’lgan.

Shuningdek, "Sh.J" MCHJ 2024-yil dekabr oyi uchun hisobot taqdim etgandan keyin rasmiylashtirilgan EHFlar uchun qayta hisobot topshirmasdan 3-yanvarda Andijon viloyatidagi "D" MCHJ tarkibiga qo‘shilib ketgan.
E'tiborlisi, "D" MCHJning bugungi kunda davlat budjetidan 7,7 mlrd so‘m qarzdorligi mavjud.

❗️Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli bajarilishini ta’minlash maqsadida yanvar oyi uchun EHF rasmiylashtirish muddati fevral oyining 9-sanasigacha hamda kelgusida ushbu muddatlar bosqichma-bosqich qisqartirilib borilishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

Soliq to‘lovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib o‘tamiz.

💯EHFlarni belgilangan muddatlarda rasmiylashtirganlik uchun tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingida 10 ball beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM