Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi
5.11K subscribers
803 photos
372 videos
26 files
948 links
Download Telegram
#AOS

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisob-kitobiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Xususan:

🔸AOS stavkasi unifikatsiya qilinganligidan kelib chiqib, mazkur soliq hisobotining hisob-kitob shaklidagi faoliyat turlari qisqartirildi;

🔸4 va 5-toifa hududlari ham faoliyat turi qatoriga qoʻshilib ushbu toifalar tanlanganda stavka avtomat oʻzgaradi;

🔸AOS hisob-kitobi 2-ilova 0204-satridan tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olingan daromadlarning jami daromad ulushidagi 15%lik chegara olib tashlandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#AOS

AOS to‘lovchilar uchun

Endilikda aylanmadan olinadigan soliqni pasaytirilgan stavkalarda to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari hisobotida mazkur stavkalar EHF, onlayn-NKT hamda "E-imtiyoz" dasturi orqali avtomatik shakllanadi.

📤Buning uchun soliq toʻlovchi “E-imtiyoz” orqali murojaat qoldirishi lozim.

Murojaat qoldirish uchun my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan quyidagilar ketma-ketlikda tanlanadi:

👉Xizmatlar roʻyxati
👉Soliq imtiyozlaridan foydalanish boʻyicha murojaat
👉Murojaatlar

Soʻngra hujjat turi, soliq turi, hujjat raqami tanlanadi. Bunda imtiyoz boshlanish va tugash sanasi, imtiyoz matni qatorlari shuningdek, tadbirkorlik subyektining onlayn nazorat-kassa texnikalari roʻyxati avtomatik shakllanadi.

Barcha qatorlarga soʻralgan maʼlumotlar toʻliq kiritilgach, “Yuborish” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#AOS

Soliq toʻlovchilar 2024-yil 1-yanvardan AOSning qatʼiy belgilangan summadagi stavkasini rad etish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha soliq organiga xabarnoma yuborishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

📢 Tadbirkorlar, shoshiling, vaqt oz qoldi ❗️

AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchi tadbirkorlar 2024-yil 1-yanvardan
AOSni 4% (yoki boshqa soliq stavkalari) to‘lashga o‘tish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha soliq organini xabardor qilishlari kerak.

👉Buning uchun soliq toʻlovchi my3.soliq.uzdagi shaxsiy kabinetidan “Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasiga oʻtish (rad etish)” boʻlimi orqali rad qilish xabarnomasini yuboradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#AOS

📢 Tadbirkorlar, shoshiling, vaqt oz qoldi ❗️

Soliq rejimini o‘zgartirish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha
(shu kun ham):

♻️ AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchi tadbirkorlar 2024-yil 1-yanvardan soliqni 4% (yoki boshqa soliq stavkalari) stavkada to‘lashga o‘tish uchun;

♻️QQS yoki AOS to‘lovchilari AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lashga o‘tish uchun;

♻️Jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmagan QQS to‘lovchilari AOS to‘lashga o‘tish uchun soliq organini xabardor qilishlari kerak.

👉Xabarnoma my3.soliq.uz sayti orqali yuboriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

Aylanmadan olinadigan soliqni 2% stavkada to‘laymiz, lekin yanvar oyi hisobotida avtomatik ravishda 4% stavka shakllandi. Buni qanday bartaraf etish mumkin?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads