Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi
5.09K subscribers
803 photos
372 videos
25 files
947 links
Download Telegram
Aylanmadan olinadigan soliqning 4 %dan 25 %gacha boʻlgan stavkalari yagona ______ foiz etib belgilandi
Anonymous Quiz
10%
3%
71%
4%
5%
7%
14%
12%
#AOS

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisob-kitobiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Xususan:

🔸AOS stavkasi unifikatsiya qilinganligidan kelib chiqib, mazkur soliq hisobotining hisob-kitob shaklidagi faoliyat turlari qisqartirildi;

🔸4 va 5-toifa hududlari ham faoliyat turi qatoriga qoʻshilib ushbu toifalar tanlanganda stavka avtomat oʻzgaradi;

🔸AOS hisob-kitobi 2-ilova 0204-satridan tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olingan daromadlarning jami daromad ulushidagi 15%lik chegara olib tashlandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#JShODS #ijtimoiy_soliq

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (JSHODS) va ijtimoiy soliq hisobotiga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

🔸Norezident jismoniy shaxslar daromadi hamda ularga hisoblangan daromad soligʻi summalari hisobotning 5 va 6-ilovalarida koʻrsatilayotgani sababli hisob-kitobning 014-satri va 4-ilovasi chiqarib tashlandi;

🔸Norezidentlarning xalqaro tashishlarda transport xizmatlari koʻrsatishdan oladigan (fraxtdan) daromadlariga 6% soliq stavkasini qoʻllash uchun mazkur daromadning imtiyozli qismi hisobotning 2-ilovasi (0611 – 0619-satrlari) da koʻrsatiladi;

🔸Ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkasi boʻyicha hisoblanadigan soliq bazasi (040-satri 6-ustun) va soliq summasi (060-satri 6-ustun) hisobot 1-ilovasining 040-satridagi summa asosida avtomat shakllanadi.
▫️Hisobotning 1-ilovasi 0401-0410-satrlarida ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkalari boʻyicha imtiyoz summasi (mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar) va soliq summasi koʻrsatiladi;

🔸Hisobotning 070-satrida mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar boʻyicha hisoblangan JSHODS aks ettiriladi. Joriy yildan mazkur daromadlar boʻyicha hisoblangan soliq summasi (070 va 071-satr yigʻindisi) soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkasida alohida shakllanadi. Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar hisobotning 5-ilovasi 7-ustunida koʻrsatiladi.

👉JSHODS va ijtimoiy soliq hisobotining yangi paket kodi: 11101_16

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#marketpleys #onlayn_NKT

Onlayn savdo uchun xaridorlarga elektron chek berilmoqda

Mahsulot uchun to‘lov QR-kod yoki “Joylarda toʻlov” orqali amalga oshirilganda sotuvchilar onlayn-NKTlarining "Elektron to‘lov" funksiyasidan foydalanishi lozim.

👉Batafsil videoqo‘llanmada

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Prezident qarori bilan tadbirkorlarga soliq qarzini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berildi, shuningdek ularning soliq qarziga penya hisoblash vaqtincha to‘xtatildi.

👆Batafsil mutaxassis sharhida.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yer_soligi

Yer solig‘i stavkalarini Soliq qo‘mitasining interaktiv xizmatidan bilib oling

🌐Soliq qoʻmitasining www.soliq.uz rasmiy veb-saytiga “qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha soliq stavkalari” joylashtirildi 👉 https://soliq.uz/regulations/land-property-tax

Ushbu havolada yuridik va jismoniy shaxslar uchun respublika miqyosida tuman (shahar)larning mahalla va koʻchalari kesimida qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha bazaviy soliq stavkalari va koeffitsiyentlarini bilib olish mumkin.

👉Yuridik shaxslar yer solig‘i bazaviy stavkalari
👉Jismoniy shaxslar yer solig‘i bazaviy stavkalari

Oynada kerakli hudud tanlanganda tasdiqlangan soliq stavkalarining aniq miqdorlari haqida maʼlumot shakllanadi.

Misol:
Toshkent shahri Mirobod tumani “Bayot MFY”ning 4-zonasida joylashgan korxonaning umumiy yer maydoni 1 100 kv.m. qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha tasdiqlangan soliq stavkalariga koʻra, ushbu hududda
1 kv.m uchun yer soligʻi stavkasi 9 900 soʻm.
Shundan kelib chiqib, ushbu korxonaga 2023-yil uchun hisoblanadigan yer soligʻi summasi 1 100 x 9 900 = 10 890 000 soʻmni tashkil qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#onlayn_NKM

my.soliq.uz saytidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” boʻlimi tanlanadi.

Tahrirlashda tuzatilgan (yangilangan) ma'lumotlar kiritilishi kerak:
mahsulot miqdori;
– summasi;
– QQS;
– mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK);
– o‘lchov birligi;
– komitent STIRi;
– to'lov usuli (naqd pul yoki bank karta).

Shundan so‘ng tegishli hujjatlar ilova qilinadi.

Yakuniy bosqich – “Yuborish” tugmasini bosish.

❗️Onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki summasida tafovut aniqlanganda chek berilgan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay ushbu chek ma'lumotlari tahrirlanishi mumkin.
VMQ-255-son 12.05.2022-yil

👉Mahsulot qaytarilganda onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari qanday rasmiylashtiriladi?

👉Qaytarish cheklarini hisobot davri uchun ro‘yxatdan o‘tkazish

👉Vositachi (komissioner) tomonidan chop etilgan chek ma’lumotlarini tahrirlash imkoniyati test rejimida ishga tushirildi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Yer_qa'ridan_foydalanganlik_uchun_soliq_hisob_kitobini_to‘ldirish.pdf
655.7 KB
#soliq_hisoboti

Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

🔸Endilikda hisobotning 040-ustunida noruda qurilish materiallari boʻyicha hisoblangan soliq summasi alohida aks ettiriladi.

🔸Ushbu soliq summasi hisobotning 3-ilovasida hisoblab chiqariladi va soliq toʻlovchilarning shaxsiy kartochkasi (185-kod)da alohida shakllanadi.

📚Noruda qurilish materiallari boʻyicha soliq hisobotlari qazib olish amalga oshirilgan joydagi soliq organlariga har oyning 20-sanasidan kechiktirmay taqdim etilishi belgilangan. (Soliq kodeksi 454-modda)

👉Noruda qurilish materiallari roʻyxati

👉Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq hisobotining yangi paket kodi: 10701_26

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_taqvimi

Eslatma❗️2023-yil 10-fevral

yanvar oyi uchun:

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism);

fevral oyi uchun:

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan mol- mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Tadbirkorlik subyektlari quyidagi mezonlar asosida toifalarga ajratiladi

📌 kichik tadbirkorlik subyektlari:
🔹 yakka tartibdagi tadbirkorlar;
🔹 mikrofirmalar – taʼsischilari (ishtirokchilari) jismoniy shaxslar boʻlgan hamda jami daromadi kalendar yil davomida 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;
🔹 kichik korxonalar – jami daromadi kalendar yil davomida 1 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmgacha boʻlgan hamda ushbu kichik bandning uchinchi xatboshisidagi taʼsischilari (ishtirokchilari) yuridik shaxslar boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;

📌oʻrta tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi kalendar yil davomida 10 mlrd soʻmdan 100 mlrd soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;

📌 yirik tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi kalendar yil davomida 100 mlrd soʻm va undan yuqori boʻlgan tadbirkorlik subyektlari.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Shuningdek, farmon bilan 2023-yil 1-apreldan boshlab:

🔸jami daromadi 10 mlrd soʻmdan kam boʻlmagan tadbirkorlik subyektlari uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi va ushbu xaridlar doirasida budjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda 50 foiz miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Bunda, soliq organlari tomonidan jami daromadi 10 mlrd soʻmdan oshgan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakllantiriladi va maxsus axborot portali bilan maʼlumot almashinuvi taʼminlanadi;

🔸davlat xaridlarida eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar takliflarini baholashda QQS summasi inobatga olinmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2023-yil 1-maydan quyidagilar majburiy hisoblanadi:

🔸avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron oʻlchash uskunalari va onlayn video kameralarini oʻrnatish hamda ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;

🔸paxta, gʻalla yoki sholini qabul qilish va hisobini yuritish boʻyicha axborot tizimlarining operatorlari oʻz tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilishi.

🔸shuningdek, toʻlov xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar oʻrtasida pul oʻtkazmalari amalga oshirilganda, ularga koʻrsatilgan xizmatlar uchun (olingan haq, komissiya uchun “0” soʻm boʻlgan taqdirda ham) elektron hisobvaraq-fakturalar taqdim etadi va rasmiylashtiradi.

Shu bilan bir qatorda, ushbu EHFlarni qayta ishlash, uzatish va markazlashgan holda saqlash bo‘yicha olinadigan xizmat haqini kamaytirish (bekor qilish) bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi va bu bo‘yicha aniq yechimlar qabul qilinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter