Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi
5.09K subscribers
800 photos
370 videos
21 files
939 links
Download Telegram
#yer_soligi

Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar yer solig'ini qachon to'laydi?

Soliq to‘lovchilarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i bo‘yicha joriy soliq davri uchun soliq hisobotlarini 2022-yil 1-fevralga qadar taqdim etish huquqi berildi.

O‘z navbatida, ushbu soliqni 2022-yilning I choragi uchun to‘lovlari ham yillik summaning 1/4 qismi miqdorida 2022-yilning 1-fevraliga qadar amalga oshiriladi.

Soliq kodeksining 429-moddasiga asosan, tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlangan soliq stavkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etiladi.

2022-yilda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlangan soliq stavkalari haqidagi to‘liq ma'lumotlar Davlat soliq qo‘mitasining soliq.uz saytiga joylashtirildi.

👉2022-yilda yer solig‘i haqidagi to‘liq ma'lumotlar bu yerda
__
#земельный_налог

Когда уплачивают земельный налог плательщики налога с оборота?

Налогоплательщикам предоставлено право представления налоговой отчетности по земельному налогу по землям несельскохозяйственного назначения за текущий налоговый период до 1 февраля 2022 года.

В свою очередь уплата этого налога налогоплательщиками налога с оборота за I квартал 2022 года осуществляется в размере 1/4 части годовой суммы налога до 1 февраля 2022 года.

Согласно ст. 429 НК, налоговые ставки представляются Кенгашами народных депутатов районов и городов в налоговые органы по месту нахождения земельного участка несельскохозяйственного назначения.

Информация об утвержденных Кенгашами народных депутатов районов и городов налоговых ставках за земли несельскохозяйственного назначения на 2022 год размещена на сайте Государственного налогового комитета soliq.uz.

👉
Все о земельном налоге на 2022 год

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_hisobotlari #mol_mulk_soligi #yer_soligi

Mol-mulk va yer solig‘i hisobotlaridagi o‘zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining Axborot xati hamda soliq to‘lovchilar tomonidan kelib tushgan so‘rov va takliflar asosida yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari hisobot shakllariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

🏕Jumladan, yuridik shaxslarning yer solig‘i bo‘yicha bir obyekt doirasida joylashib, yer maydon toifasi turlicha bo‘lgan, shuningdek, pasaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llanilishi lozim bo‘lgan yer maydonlarini alohida kiritish imkoniyati yaratildi.

Maʼlumot uchun, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i hisobotini 10510_12 sonli (oylik) va 10510_13 sonli (chorak) paket raqamli shakllarda taqdim etishlari mumkin (yer solig‘i hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma)

🏠Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha maʼlumotnoma shaklida eng kam qiymat tatbiq qilinmaydigan ko‘chmas mulk obyektlarining maydoni, eng kam qiymatning kamaytiruvchi koeffitsiyenti alohida aks etirilishi imkoniyati yaratildi.

Endilikda tadbirkorlik subyektlari:

🔹suv haydash minoralari,

🔹rezervuarlar,

🔹soyabonlar,

🔹beton maydonchalar va devorlar (bordyurlar)

🔹boshqa shunga o‘xshash obyektlarni maʼlumotnoma shaklining 2-ilovasida mustaqil kiritishlari mumkin (mol-mulk solig‘i maʼlumotnoma shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma).

Eslatib o‘tamiz, yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘iga aniqlashtirilgan maʼlumotnomani 1-aprelga qadar taqdim etgan korxonalarga nisbatan penya hisoblash ko‘rinishidagi javobgarlik chorasi qo‘llanilmaydi.

Maʼlumot uchun, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i hisobotini 10401_21 sonli (oylik) va 10401_23 sonli (chorak) paket raqamli shakllarda taqdim etishlari mumkin.

Yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha imtiyozga ega korxonalar egaligidagi imtiyozga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini hisobotda aks ettirish uchun shaxsiy kabinetidan “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati orqali murojaat qilishi lozim.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#mol_mulk #yer_soligi

Jismoniy shaxslar to‘lashi lozim bo‘lgan mol-mulk va yer solig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qanday olishi mumkin?

1️⃣ my.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetga ERI orqali kirib "JShlarning solishtirma dalolatnomalari" bo‘limidan hisoblangan, to‘langan va mavjud soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish mumkin.

2️⃣ Elektron to‘lov tizimlari (“Click”, “Payme”, “Paynet”, “UPay”) orqali ma’lumot olishda soliq to‘lovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) kiritiladi. Ilovadan qarzdorlik, joriy yil uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish hamda to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

❗️To‘lov tizimlari orqali mol-mulk solig‘i 66 kod bo‘yicha, yer solig‘i 67 kod bo‘yicha to‘lanadi.

3️⃣ To‘lanishi lozim bo‘lgan mol-mulk va yer soliqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat soliq inspeksiyasiga tashrif buyurgan holda aniqlash mumkin.

📩 Soliq to‘lovchilarga mol-mulk va yer solig‘ini to‘lash to‘g‘risidagi xabarnoma har yili 1-martdan kechiktirmay topshiriladi.

❗️Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.
__________
#налог_на_имущество #земельный_налог

Как физические лица могут получить сведения об уплате налогов на имущество и землю?

1️⃣ Получить сведения о начисленных и уплаченных суммах налога, а также имеющейся задолженности можно, если войти с помощью ЭЦП в персональный кабинет налогоплательщика в раздел "Акты сверок физического лица".

2️⃣ Получить информацию можно и в электронных платежных системах (“Click”, “Payme”, “Paynet”, “UPay”) путем ввода персонального идентификационного номера физического лица (ПИНФЛ). В приложениях доступна информация о наличии задолженности за текущий год и можно произвести оплату.

❗️В платежных системах оплата налога на имущество производится по коду 66, по земельному налогу - по коду 67.

3️⃣ За получением информации о подлежащих уплате налогах на имущество и землю также можно обратиться в Государственную налоговую инспекцию.

📩 Каждый год не позднее 1 марта налогоплательщиков уведомляют о необходимости уплаты налога на имущество и земельного налога.

❗️Согласно ст.423 и ст.440 Налогового кодекса физические лица уплачивают налоги на имущество и землю равными долями до 15 апреля и 15 октября.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni

📱Jismoniy shaxslar soliqlarni “Soliq” (Android/iOS) ilovasi orqali toʻlashlari mumkin.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yer_soligi

Yer solig‘i stavkalarini Soliq qo‘mitasining interaktiv xizmatidan bilib oling

🌐Soliq qoʻmitasining www.soliq.uz rasmiy veb-saytiga “qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha soliq stavkalari” joylashtirildi 👉 https://soliq.uz/regulations/land-property-tax

Ushbu havolada yuridik va jismoniy shaxslar uchun respublika miqyosida tuman (shahar)larning mahalla va koʻchalari kesimida qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha bazaviy soliq stavkalari va koeffitsiyentlarini bilib olish mumkin.

👉Yuridik shaxslar yer solig‘i bazaviy stavkalari
👉Jismoniy shaxslar yer solig‘i bazaviy stavkalari

Oynada kerakli hudud tanlanganda tasdiqlangan soliq stavkalarining aniq miqdorlari haqida maʼlumot shakllanadi.

Misol:
Toshkent shahri Mirobod tumani “Bayot MFY”ning 4-zonasida joylashgan korxonaning umumiy
yer maydoni 1 100 kv.m. qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha tasdiqlangan soliq stavkalariga koʻra, ushbu hududda 1 kv.m uchun yer soligʻi stavkasi 9 900 soʻm.
Shundan kelib chiqib, ushbu korxonaga 2023-yil uchun hisoblanadigan
yer soligʻi summasi 1 100 x 9 900 = 10 890 000 soʻmni tashkil qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslar SMS orqali toʻlaydigan yer va mol-mulk soliqlari haqida to‘liq ma'lumot olishi mumkin

15-aprelga qadar jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soligʻini teng yarmini toʻlashi belgilangan.

📩Soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida endilikda ularning uyali telefonlariga toʻlashi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soliqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni SMS koʻrinishida yuborish yoʻlga qoʻyildi.

📃SMS ostidagi "Batafsil" yozuvi orqali toʻlov xabarnomasi yuklab olinadi. Xabarnomadan obyekt manzili, maydoni, kadastr qiymati, soliq stavkasi, summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar oʻrin olgan.

📲"Toʻlash" yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylangan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga oʻrnatilgan boʻlsa ilovaning “Soliqlarni toʻlash” oynasidan toʻlovni tez va oson amalga oshirish mumkin. Oʻrnatilmagan boʻlsa plaftorma orqali yuklab olinadi.

🔖Toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan koʻchmas mulk maydoni, kadastr qiymati, yer uchastkasi egallagan maydon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqiqatda mavjud obyekt va yer maydonidan farq qilsa yoki sizga tegishli boʻlmasa kadastr idoralariga murojaat qilish lozim.

📚Shuningdek, yer va mol-mulk soliqlaridan imtiyoz olish uchun hujjat mavjud boʻlib, soliq imtiyozi qoʻllanilmagan boʻlsa my.soliq.uz saytining "Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha imtiyozlardan foydalanish toʻgʻrisida soliq organlarini xabardor qilish" xizmati, shuningdek koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga soliq imtiyoziga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soligʻini teng ikkiga boʻlgan holda, yarmini 15-aprelgacha qolgan yarmini 15-oktabrga qadar toʻlashi belgilangan

📩 Soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ularning uyali telefonlariga 15-oktabrgacha toʻlashi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soliqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar SMS koʻrinishida yuborilmoqda.

❗️Agar 15-aprelgacha toʻlanishi lozim boʻlgan summa toʻlanmagan boʻlsa u qarzdorlik sifatida alohida koʻrsatilgan.

SMS ostida "Batafsil" hamda "Toʻlash" yozuvi bor."Batafsil" yozuvi orqali toʻlov xabarnomasi yuklab olinadi. Xabarnomadan obyekt manzili, maydoni, kadastr qiymati, soliq stavkasi, summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar oʻrin olgan.

📲"Toʻlash" yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylangan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga oʻrnatilgan boʻlsa ilovaning “Soliqlarni toʻlash” oynasidan toʻlovni tez va oson amalga oshirish mumkin. Oʻrnatilmagan boʻlsa plaftorma orqali yuklab olinadi.

🔖Toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan koʻchmas mulk maydoni, kadastr qiymati, yer uchastkasi egallagan maydon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqiqatda mavjud obyekt va yer maydonidan farq qilsa yoki sizga tegishli boʻlmasa kadastr idoralariga murojaat qilish lozim.

📚Shuningdek, yer va mol-mulk soliqlaridan imtiyoz olish uchun hujjat mavjud boʻlib, soliq imtiyozi qoʻllanilmagan boʻlsa my.soliq.uz sayti orqali, shuningdek koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga soliq imtiyoziga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanish mumkin.

❗️E'tibor bering: SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar #yer_soligi

Hujjatsiz yerga 3 baravar stavkada soliq hisoblash to‘xtatiladi

2024-yil 1-iyungacha
yer uchastkalaridan hujjatlarsiz foydalanayotgan jismoniy shaxslarga yer soligʻining 3 karra oshirilgan stavkasida soliq hisoblash tartibi toʻxtatiladi.

👉
PF-192-son 14.06.2023
————————
#новое_в_законодательстве #земельный_налог

За земли без документов не будет исчисляться налог по тройной ставке

До 1 июня 2024 года
физлицам, пользующимся земельными участками без документов, приостанавливается действие порядка исчисления земельного налога по ставке, увеличенной в 3 раза.

👉№ПП-192 от 14.06.2023 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

15-aprelga qadar mol-mulk va
yer soliqlarini to'lashni unutmang!

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

👉 Jismoniy shaxslarga soliq to'lash haqida xabarnomalar yetkazilgan
___________
#налог_на_имущество #земельный_налог

Не забудьте уплатить налоги на имущество и землю до 15 апреля!

❗️
Согласно ст.423 и ст.440 Налогового кодекса, уплата налога на имущество и земельного налога физлицами производится равными долями до 15 апреля и 15 октября.

📲 Получить информацию о начисленных налогах на имущество и землю и произвести оплату можно через мобильное приложение Soliq.

👉Физические лица получили уведомления об уплате налогов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Mol-mulk va
yer soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lash uchun 5 ta sabab

Hurmatli fuqarolar, ushbu soliqlarni 15-aprelga qadar to‘lashni unutmang!!!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

15-aprelga qadar mol-mulk va
yer soliqlarini to'lashni unutmang!

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

👉 Jismoniy shaxslarga soliq to'lash haqida xabarnomalar yetkazilgan
___________
#налог_на_имущество #земельный_налог

Не забудьте уплатить налоги на имущество и землю до 15 апреля!

❗️
Согласно ст.423 и ст.440 Налогового кодекса, уплата налога на имущество и земельного налога физлицами производится равными долями до 15 апреля и 15 октября.

📲 Получить информацию о начисленных налогах на имущество и землю и произвести оплату можно через мобильное приложение Soliq.

👉Физические лица получили уведомления об уплате налогов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads