Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi
5.17K subscribers
825 photos
378 videos
26 files
956 links
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Zamonaviy suv hisoblagich xaridi uchun soliq imtiyozi beriladi

2023-yil 1-yanvardan
– yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilar tomonidan hududiy suv ta’minoti korxonalariga masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlar o‘rnatilishi talab etiladi.

Bunda –
masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, lekin bitta zamonaviy suv hisoblagich uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan AOS yoxud YaTTlar tomonidan to‘lanadigan JShODS summalarini kamaytirish huquqi beriladi.

2024-yil 1-yanvardan
bunday suv hisoblagichlarni o‘rnatmagan yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilarga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun suvni hisobga olish uskunasi bilan ta’minlanmagan iste’molchilar sifatida hisob-kitob amalga oshiriladi.

👉PQ-257-son 24.05.2022-yil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

Shuningdek, mamlakatimiz Rahbari tomonidan, “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror ham imzolandi.

Qarorga muvofiq, 01.07.2022-yildan 01.07.2025-yilga qadar ommaviy axborot vositalari foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50% kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
❗️Reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari bundan mustasno.
_____________
#новое_в_законодательстве

Сегодня Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев издал Указ "О награждении в связи с Днем работников печати и средств массовой информации группы работников сферы".

Также руководителем страны подписано Постановление "О мерах по поддержке средств массовой информации и развитию сферы журналистики".

Согласно постановлению в период с 1.07.2022 по 1.07.2025 года СМИ уплачивают налог на прибыль по налоговой ставке, сниженной на 50% по отношению к установленной налоговой ставке.
❗️Исключение составляют СМИ рекламного характера.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Fuqaro tomonidan o‘zining avtomobilini yo‘lovchi tashish litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga ijaraga berilganda notarial idoralar tomonidan tasdiqlash talabi bekor qilinmoqda. Ijara shartnomasi soliq organlarida elektron hisobga qo‘yiladi.

2022-yil 1-sentyabrdan 2024-yil oxiriga qadar yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va bojxona qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida"gi Qonuniga sharh

👉YouTube orqali ko'rish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 10 taga oshdi

Mamlakatimiz Prezidentining 30.08.2022-yildagi PQ-366-son qaroriga muvofiq, 01.11.2022-yildan quyidagi faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari bilan shug‘llanadigan fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:

🔸Uy hayvonlari (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar) bozorlarida vositachilik xizmati;
🔸Avtomobil bozorlarida vositachilik xizmati;
🔸Rieltorlik xizmatini ko‘rsatish (ijaraga uy topib berish, uy sotib olish va sotishga ko‘maklashish);
🔸Uyda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotish xizmati;
🔸Maishiy buyumlarni ijaraga berish xizmati (stol-stul, idish-tovoq, asbob-uskuna va boshqalar);
🔸Gips va ganchdan buyumlar yasash (uy jihozlari, ertak qahramonlari haykallarini yasash);
🔸Tosh va tosh mahsulotlaridan yodgorlik, suvenir va dekorativ buyumlar tayyorlash;
🔸Yog‘och mahsulotlaridan savat, non mahsulotlari uchun maxsus idish va boshqa buyumlarni to‘qish;
🔸Uy sharoitida pilla yetishtirish, shaxsiy tomorqa yer uchastkasida tut mevasi, niholi va ko‘chatini yetishtirish, uyda ipak mato, ipak gilam to‘qish va sotish;
🔸Kulolchilik.

Shuningdek, 01.01.2023-yildan:

🔹o‘zining shaxsiy tomorqa yer uchastkasida quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar tomonidan yiliga BHMning kamida 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda, ular rasmiy band bo‘lgan aholi toifasiga kiritiladi va ushbu davr ularning mehnat stajiga qo‘shiladi:
- Chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar);
- Issiqxona;
- Parrandachilik (bedana, kurka, g‘oz, o‘rdak);
- Quyonchilik;
- Asalarichilik;
- Baliqchilik;
- Bog‘dorchilik;
- Limonchilik;
- Gulchilik.

🔹 *YaTTlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga BHMning 50 foizidan yiliga BHMning bir baravarigacha kamaytiriladi (savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar bundan mustasno).
▫️ YaTTga murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish va qurilish-taʼmirlash ishlari (beton quyish, bo‘yoqchilik, suvoqchilik ishlari, g‘isht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari)ni, shu jumladan yuridik shaxslar uchun ham bajarishga;
▫️ qurilish-pudrat tashkilotlariga umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun shartnoma asosida YaTTni jalb qilishga ruxsat etiladi. Bunda, YaTT umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun 5 nafargacha xodim yollashi mumkin.

*YaTT – Yakka tartibdagi tadbirkor
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim tumanlarda tadbirkorlar uchun qator soliq stavkalari 1% etib belgilanadi

🖊O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son farmoniga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan Respublikaning 208 ta tuman va shaharlari 5 ta toifaga ajratiladi hamda toifadan kelib chiqib, tadbirkorlarga soliq imtiyozlari, subsidiyalar beriladi.

2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar:

🔸*5-toifadagi tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar foyda soligʻi, AOS va ijtimoiy soliqni 1% miqdorida to‘laydi (YaTTlar JShODSning qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod qilinadi);

🔸yuridik shaxslar mol-mulk va yer soligʻini mazkur soliqlar boʻyicha hisoblangan summani 1%i miqdorida toʻlaydi;

🔸*4-toifadagi tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari uchun AOSning bazaviy soliq stavkasi 3% etib belgilanadi.

🔸Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga:

▫️4-toifadagi tumanlar bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻiga Soliq kodeksi bilan belgilangan eng kam qiymatlarga 0,3 gacha;
▫️YаTTlar uchun
qat'iy belgilangan miqdordagi JShODS bo‘yicha 0,5 gacha kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritish huquqi beriladi.

* yirik soliq toʻlovchilar, doimiy muassasa, budjet tashkiloti va davlat korxonasi, ustav jamgʻarmasida davlat ulushi 50% va undan koʻproq miqdorda boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2023-yilgi soliq o‘zgarishlari

🔸QQS stavkasi 15% dan 12% ga tushirildi.
🔸4% dan 25% gacha bo‘lgan AOSning yagona 4% lik stavkasi o‘rnatildi.
Ayrim soliq to‘lovchilar uchun 1-3% lik stavkalar saqlab qolindi.

👉Mavzu yuzasidan ekspert va tadbirkorlarning fikrlari "Axborot 24" dasturida.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Prezident qarori bilan tadbirkorlarga soliq qarzini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berildi, shuningdek ularning soliq qarziga penya hisoblash vaqtincha to‘xtatildi.

👆Batafsil mutaxassis sharhida.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2023-yil 1-maydan quyidagilar majburiy hisoblanadi:

🔸avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron oʻlchash uskunalari va onlayn video kameralarini oʻrnatish hamda ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;

🔸paxta, gʻalla yoki sholini qabul qilish va hisobini yuritish boʻyicha axborot tizimlarining operatorlari oʻz tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilishi.

🔸shuningdek, toʻlov xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar oʻrtasida pul oʻtkazmalari amalga oshirilganda, ularga koʻrsatilgan xizmatlar uchun (olingan haq, komissiya uchun “0” soʻm boʻlgan taqdirda ham) elektron hisobvaraq-fakturalar taqdim etadi va rasmiylashtiradi.

Shu bilan bir qatorda, ushbu EHFlarni qayta ishlash, uzatish va markazlashgan holda saqlash bo‘yicha olinadigan xizmat haqini kamaytirish (bekor qilish) bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi va bu bo‘yicha aniq yechimlar qabul qilinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar #e_aktiv

"E-aktiv"dan foydalanish 2024-yil 1-aprelga qadar uzaytiriladi

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda oʻz ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bogʻliq barcha operatsiyalarni soliq organlarining “E-aktiv" axborot tizimida ixtiyoriy aks ettirish tartibining amal qilish muddati 2024-yil 1-aprelga qadar uzaytiriladi.

👉PF-192-son 14.06.2023
—————
#новое_в_законодательстве #e_aktiv

Использование системы "E-aktiv" продлевается до 1 апреля 2024 года

До 1 апреля 2024 года
продлен срок действия порядка добровольного отражения всех операций, связанных с учетом хозяйствующими субъектами основных средств, нематериальных активов и товарно-материальных ресурсов, а также формированием и уменьшением их уставного фонда (уставного капитала), в информационной системе налоговых органов "E-aktiv".

👉№ПП-192 от 14.06.2023 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter