Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi
5.1K subscribers
803 photos
372 videos
26 files
948 links
Download Telegram
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilganlar 1 mln 300 ming nafardan oshdi

Mamlakatimizda, 2022-yil 16-fevral holatiga o‘zini o‘zi band qilganlar 1 324 031 nafarga yetdi.

Joriy yil 1-yanvardan 16-fevralga qadar 132 047 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, bu borada Farg‘ona (20295), Samarqand (18988), Andijon (13901), Jizzax (10647) va Toshkent viloyati (10362) yetakchilik qilmoqda.

👉Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha 50691;
👉Sanoat yo‘nalishi bo‘yicha 32707;
👉Maishiy xizmatlar bo‘yicha 23641;
👉Ijtimoiy yo‘nalish bo‘yicha 15183;
👉Xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha 7551;
👉Axborot-kommunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha 2274 nafar shaxs o‘zini o‘zi band qildi

O‘zini o‘zi
band qilgan shaxslar:
🔹bepul ro‘yxatdan o‘tadi;
🔹ish beruvchiga ega bo‘lmaydi;
🔹ishchi yollamaydi;
🔹ularga mehnat staji va pensiya hisoblanadi;
🔹yilda bir marta BHMning bir baravari miqdorida ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘laydi;
🔹daromadidan soliq to‘lamaydi;
🔹yuridik shaxslardan pul o‘tkazmalarini qabul
qilish uchun bankda hisobraqam ochishi mumkin;
🔹faqat ruxsat etilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.

Ular shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 👉ro‘yxati

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati 👉bu yerda

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar:
📌bepul ro‘yxatdan o‘tadi;
📌ish beruvchiga ega bo‘lmaydi;
📌ishchi yollamaydi;
📌ularga mehnat staji va pensiya hisoblanadi;
📌yilda bir marta BHMning 1 baravari miqdorida ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘laydi;
📌daromadidan soliq to‘lamaydi;
📌yuridik shaxslardan pul o‘tkazmalarini qabul
qilish uchun bankda hisobraqam ochishi mumkin;
📌faqat ruxsat etilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilish: samara berayotgan amaliyot

📹Youtube orqali ko‘rish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilganlar haqida 5 ta fakt

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 70 ga yaqin faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

Malumot uchun. 1-iyun holatiga O‘zbekistonda jami 1 720 423 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan. Ularning 565 843 nafari joriy yilda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomiga ega bo‘lgan. Joriy yil boshidan buyon 159,4 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs tomonidan jami 40,7 mlrd so‘m ijtimoiy soliq to‘langan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#savol_javob
#ozini_ozi_band_qilish

🔴 O‘zini o‘zi band qilgan "taksist"lar soliq to‘laydimi

🔵 O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olgan daromadlari soliqqa tortilmaydi.
👉 PQ-4742-son

▫️Shuningdek, mehnat staji hisoblanishi uchun o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravarini (300 ming so‘m) ixtiyoriy tartibda to‘lashi belgilangan.

👉 Soliq kodeksi 408-moddasi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

"Taksist"lar o‘zini o‘zi band qilishi mumkin

🚕2022-yil 1-sentabrda 2024-yil oxiriga qadar haydovchidan tashqari 4 tadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega yengil avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni tashuvchilar o‘zini o‘zi band qilishi mumkin.

📝O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan yo‘lovchilarni tashish faoliyati litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi

Litsenziya varaqasi berishda avtomobilning ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi.

Litsenziya varaqasi uchun davlat boji yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari (300 ming so‘m) miqdorida undiriladi.

📍Litsenziya varaqalarida faoliyat hududi aks ettiriladi.

👮‍♀️O‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilar bir yilda bir marotaba transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazishi shart.

🩺Ular bir yilda bir marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart.

🚕O‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilar avtomobilining tom qismiga “TAXI” belgisi o‘rnatiladi.

Boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan shaxslar bir vaqtning o‘zida o‘zini o‘zi band qilgan holda yo‘lovchilarni tashish faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin.

👉PQ-311-son, 07.07.2022-yil.

👉O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat turlari

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

2022-yil 1-noyabrdan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari yana 10 taga oshadi. 👉PQ-366-son

🏚Shu jumladan, Rieltorlik xizmatini ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar ham o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega bo‘ladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 10 taga oshdi

Mamlakatimiz Prezidentining 30.08.2022-yildagi PQ-366-son qaroriga muvofiq, 01.11.2022-yildan quyidagi faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari bilan shug‘llanadigan fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:

🔸Uy hayvonlari (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar) bozorlarida vositachilik xizmati;
🔸Avtomobil bozorlarida vositachilik xizmati;
🔸Rieltorlik xizmatini ko‘rsatish (ijaraga uy topib berish, uy sotib olish va sotishga ko‘maklashish);
🔸Uyda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotish xizmati;
🔸Maishiy buyumlarni ijaraga berish xizmati (stol-stul, idish-tovoq, asbob-uskuna va boshqalar);
🔸Gips va ganchdan buyumlar yasash (uy jihozlari, ertak qahramonlari haykallarini yasash);
🔸Tosh va tosh mahsulotlaridan yodgorlik, suvenir va dekorativ buyumlar tayyorlash;
🔸Yog‘och mahsulotlaridan savat, non mahsulotlari uchun maxsus idish va boshqa buyumlarni to‘qish;
🔸Uy sharoitida pilla yetishtirish, shaxsiy tomorqa yer uchastkasida tut mevasi, niholi va ko‘chatini yetishtirish, uyda ipak mato, ipak gilam to‘qish va sotish;
🔸Kulolchilik.
__________
#самозанятость

Видов деятельности, которыми могут заниматься самозанятые лица, стало на 10 больше

В соответствии с № ПП-366 от 30.08.2022 г. с 1 ноября 2022 года граждане, осуществляющие следующие виды деятельности (работ, услуг), могут зарегистрироваться в качестве самозанятых:

🔸Посреднические услуги на рынках домашних животных (крупного рогатого скота, овец, коз, лошадей и других);
🔸Посреднические услуги на рынках автомобилей;
🔸Оказание риэлторских услуг (оказание содействия в поиске жилья для аренды, а также приобретении и отчуждении жилья);
🔸Услуги переработки и реализации молока и молочных изделий на дому;
🔸Услуги аренды (проката) бытовых изделий (столов и стульев, посуды, оборудования и других);
🔸Изготовление изделий из гипса и ганча (домашней утвари, скульптур сказочных героев);
🔸Изготовление памятников, сувениров и декоративных изделий из камня и каменной продукции;
🔸Плетение корзин, специальных емкостей для хлебной продукции и других изделий из дерева;
🔸Выращивание коконов в домашних условиях, плодов, ростков и саженцев тутовника на личных приусадебных земельных участках, а также ткачество и реализация шелковой ткани и шелковых ковров на дому;
🔸Гончарное ремесло.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

2024-yildan boshlab oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi soliq toʻlashga oʻtadi.

👉O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadi qanday aniqlanadi?
👉Ular aylanmadan olinadigan soliqni necha foiz stavkada to‘laydi?
👉YTTlar kabi xodimlarni ishga yollashi mumkinmi?
👉YTTlarga berilgan soliq imtiyozlari ularga ham tatbiq qilinadimi?
👉2023-yilda daromadi 100 mln so‘mdan oshganlar 2024-yildan boshlab YTT kabi soliq to‘lashga o‘tadimi?
👉Daromadi 100 mln so‘mda oshganda oshgan qismi uchun soliq hisoblanadimi yoki to‘liq summa uchunmi?
👉Ijtimoiy soliq ixtiyoriy to‘lanadimi?


Shu va mavzuga oid boshqa savollarga Soliq qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i A.Abdurahmov batafsil javob berdi.

🎞 Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#ozini_ozi_band_qilish

Daromadi 100 mln soʻmdan oshgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar AOS hisobotini qanday topshiradi?

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning 100 million so‘mgacha bo‘lgan daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Soliq davrida tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 million so‘mdan oshgan, lekin 1 mlrd so‘mgacha bo‘lganda AOS to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tan olinadi. Bunda ular soliq organlariga soliq hisobotini taqdim etishi hamda soliqlarni to‘lashi shart.

Agar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar EHF, onlayn-NKT hamda marketpleys orqali daromad olgan bo‘lsa, ushbu daromadlarning 100 mln so‘mdan oshgan qismi AOS hisobotida avtomatik shakllanishi uchun quyidagilarni amalga oshirishi lozim

my.soliq.uz saytidagi “Yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun” shaxsiy kabinetiga elektron raqamli imzo orqali kiriladi.

U yerdan “Avtomatlashtirilgan aylanmadan olinadigan soliq hisobotiga oʻzgartirish kiritish” soʻngra “Murojaat yuborish” tugmasi bosiladi.

Ochilgan oynadan soliq davri hamda hisobot davri tanlanadi. Satr nomi qatoridan “Qatʼiy belgilangan miqdordagi daromad soligʻi toʻlovchisi boʻlgan davrda olgan daromadi” belgilanadi, shundan soʻng satr kodi hamda summa qatorlari avtomatik shakllanadi.

Soliq turi qatoridan "Aylanmadan olinadigan soliq" tanlanadi. Asoslantiruvchi hujjat sifatida oʻzini oʻzi band qilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yuklanadi hamda yuborish tugmasi bosiladi.

Shundan soʻng hisobot topshirish jarayoniga oʻtiladi. Buning uchun shaxsiy kabinetdan “Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning hisobotlari” oynasi undan so‘ng quyidagilar ketma-ketlikda tanlanadi:
👉Elektron shakllar;
👉Aylanmadan olinadigan soliq;
👉Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi.


Ochilgan oynadan soliq turi, hisobot turi, yil, davr tanlangach, hisobot shaklida soliq summasi avtomatik shakllanadi so‘ngra joʻnatish tugmasi bosiladi.

Bank hisobraqami mavjud soliq to‘lovchilar shaxsiy kabinetning "O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarining soliqlarini to‘lash" bo‘limi orqali soliq to‘lovlarini amalga oshirishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads