#QR_kod
195 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlarining shaxsiy kabinetlari orqali QR-kodlar shakllantirildi
Vazirlar Mahkamasining 148-son qarori bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari tomonidan mijozning tanishishi uchun qulay joylarda (asosan o‘zaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan, shuningdek, kirish va xaridorga ochiq bo‘lgan boshqa joylarda) 👇quyidagi ma’lumotlar joylashtirilishi kerak.
🔸yuridik shaxslar – korxona nomi, STIR, joylashgan joyi (pochta manzili va ish rejimi) va ushbu ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod;
🔸yakka tartibdagi tadbirkorlar – davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik va ro‘yxatdan o‘tkazgan organning nomi, JShShIR hamda ushbu ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod.
Bu soliq to‘lovchilar faoliyati shaffofligini taʼminlash bilan birga, soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berishda isteʼmolchilarga qulayliklar yaratadi.
Maxsus QR-kodni joylashtirmaslik savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish deb hisoblanadi va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 5 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
☝️Maʼlumot uchun, bugungi kunda Respublika bo‘yicha 195 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlarining shaxsiy kabinetlari orqali QR-kodlar shakllantirildi.
#️⃣Ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlari tomonidan shakllantirib beriladi.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram