Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
13.6K photos
1.89K videos
121 files
4.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Черногория Президенти Мило Жукановични миллий байрам – Давлатчилик куни муносабати билан табриклади.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев поздравил Президента Черногории Мило Джукановича по случаю национального праздника - Дня государственности.

#Mirziyoyev #qutlov #Chernogoriya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Qutlov

27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

JURNALISTLAR

Bir kun piyodasiz, bir kuni rolda,
Tongda shahardasiz, kechqurun cho‘lda,
Umrning yarmisi yomg‘irda, do‘lda,
Yarmisi to‘shalib yotadi yo‘lda.
Elim deb, yurtim deb yongan jonlarim,
Jurnalist do‘stlarim, qadrdonlarim!

Qaygadir oy nuri tushmasdir balki,
Qaygadir yetolmas chaqmoqlar zalpi,
Jurnalist xalqi-chi, jurnalist xalqi
Har yerda turadi yarqirab, balqib.
Elim deb, yurtim deb yongan jonlarim,
Jurnalist do‘stlarim, qadrdonlarim!

Bitta xabar uchun, bir satr uchun,
Goh olam nurafshon, gohida tutun,
Shundan baxtiyorsiz, shundan baxtlisiz,
Dunyoda baxt yo‘qdir shu baxtdan ustun.
Elim deb, yurtim deb yongan jonlarim,
Jurnalist do‘stlarim, qadrdonlarim!

Rayhon-jambillarni uzgan nokaslar,
Yaxshilar ustidan kulgan nokaslar,
Haqiqat menman deb turgan nokaslar,
Sizga duch kelganda titraydi xasday.
Elim deb, yurtim deb yongan jonlarim,
Jurnalist do‘stlarim, qadrdonlarim!

Noningiz goh butun, goho yarimta,
Qalbingiz tuhmatdan goh nimta-nimta,
Ammo dardingizni aytmay hech kimga,
Madad bo‘lay deysiz ona xalqimga.
Elim deb, yurtim deb yongan jonlarim,
Jurnalist do‘stlarim, qadrdonlarim!

Abdusaid KO‘CHIMOV she’ri.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qutlov
#Shukuh

14-yanvar - "Vatan himoyachilari kuni"ga bag'ishlab Ohangaron shahar Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari onalarini tabriklashdi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#qutlov

22 mart — Mahalla tizimi xodimlari kuni


📌Bugun o‘z hayoti va faoliyatini jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, oilalarda ma’naviy-ma’rifiy muhitni barqarorlashtirish,  farzandlarimizni har tamonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishlariga bag‘ishlagan fidoyi kasb egalari — Mahalla tizimi xodimlari kuni.

🎈Bayramingiz muborak bo'lsin, aziz soha xodimlari.
#QUTLOV

Mukofotlar muborak!

“Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni eʼlon qilindi.

Ular orasida bir guruh Toshkent viloyati faollar ham davlatimizning yuksak mukofotlariga loyiq koʻrildi:

“Doʻstlik” ordeni bilan

Sultonov Anvar - Boʻka tumanidagi “Xoʻjaqoʻrgʻon” mahalla fuqarolar yigʻini raisining keksalar masalalari boʻyicha maslahatchisi

“Kelajak bunyodkori” medali:

Mirzayev Sarvarbek Anvar oʻgʻli - Chinoz tumanidagi “Birlik” mahalla fuqarolar yigʻini yoshlar yetakchisi

“Shuhrat” medali bilan:

Erbutayev Erali Xolboyevich - Angren shahridagi “Koʻk terak” mahalla fuqarolar yigʻini raisi

Taqdirlangan yurtdoshlarimizni chin dildan muborakbod etamiz!
#qutlov

🇺🇿Hurmatli faxriylar, aziz Vatandoshlar! Barchangizni 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

🔰Toshkent viloyati soliq organlarida faoliyat yuritib kelayotgan barcha hamkasblar nomidan jang maydonlarida mardlik, jasorat ko‘rsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan va bugun oramizda sog‘-omon yurgan faxriylarimizga ta’zim qilamiz. Hozirgi tinch-osoyishta hayotimiz, musaffo osmonimiz uchun ularga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz.

📍Sizlarning matonatingiz, mehnatingiz, bugungi va kelgusi avlod uchun hamisha ibrat namunasi bo‘lib qoladi.

❇️Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka tilaymiz.

✔️Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

✍️Hurmat bilan A. Inagamov Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i
#Qutlov

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi farmoyishi .
🔰 Quyida  Toshkent viloyatidan  “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi farmoyishi asosida mukofotlanganlar ro‘yxati keltirilmoqda.

Abdullayev Furkatilla Shukurovich - Toshkent tumanidagi «Muhammad ishonch agro» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Akramov Timurbek Tulkinovich - Quyi Chirchiq tumanidagi «Sanfa Engineering» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori o‘rinbosari, Toshkent viloyati
Zaxidov Xojiakbar Mirsadikovich - Nurafshon shahridagi «Textile Mill Tashkent» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati
Ilxamov Shavkat Sharifovich - Qibray tumanidagi «Navruz International Corp» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati
Mivanchinov Rustam Maneyevich - O‘rta Chirchiq tumanidagi «Manayev agro klaster» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Mutalov Otabek Xakimjonovich - Toshkent tumanidagi «Promeat Group Corp» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent viloyati
Xasanova Xolida Muratovna - Nurafshon shahridagi «Guzelsoy» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati
Yunusov Suxrobdjon Abdukaxorovich - Parkent tumanidagi «Hilal Tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent viloyati
Telakova Surayyo Ramazanovna - Parkent tumanidagi «Shabnam Elegant» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati-«Shuhrat» medali bilan mukofotlandi.
Arabbayev Xusan Jamalitdinovich - Chinoz tumanidagi «Yulduz» chorvachilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati-«Do‘stlik» ordeni

Toshkent  viloyati  soliq boshqarmasi rahbariyati va jamoasi tomonidan mukofotlangan bir guruh tadbirkorlarimizni  chin dildan ushbu yuksak mukofot bilan  tabriklaydi. Ushbu yuksak ishonch,  sizlarni kelgusida jamiyatimiz taraqqiyotiga hamda iqtisodiyotiga  yanada ulkan hissa qo‘shishingizga zamin bo‘lsin.

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
#qutlov
Hurmatli faxriylar, aziz yurtdoshlar!


🇺🇿Barchangizni 9-may – Xotira va Qadrlash kuni, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!

Toshkent viloyati soliq boshqarmasida faoliyat olib borayotgan barcha hamkasblar nomidan, yurt tinchligi yo‘lida hayotini xavf ostiga qo‘ygan, mardlik va jasorat namunasi ko‘rsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizga chuqur hurmat va ehtirom bajo keltiramiz.

🇺🇿 Tinch va osoyishta hayotimiz, bugungi erkinlik va farovonligimiz zamirida ana shunday fidoyi insonlarning jasorati mujassam. Sizlarning matonatingiz va sabr-toqatingiz biz uchun doimo ibrat maktabi bo‘lib qoladi.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, xonadonlaringizga tinchlik, baxt-saodat va farovonlik tilab qolaman.

Yurtimiz doimo tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin!

✍️Hurmat bilan
Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i

A. Inagamov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qutlov

Qadrli hamkasblar, aziz Vatandoshlar!


Sizlarni barchamiz uchun qadrli va ulug‘ ayyom — Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bu muborak kun xalqimizning azaliy an’analari, insoniylik, mehr-shafqat, bag‘rikenglik va ahillik tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi. Qurbon hayiti oilaviy mehr-muhabbat, yaqinlar qadrini bilish, ehtiyojmandlarga yordam berish kabi oliy insoniy fazilatlarni ulug‘laydi.

Ushbu muqaddas ayyomda sizlarga, butun el-yurtimizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat tilaymiz.

Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

✍️Hurmat bilan 
Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i

Alovitdin Inagamov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM