Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
121 files
4.65K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#uzumchilik
#mahallabay
#ohangaron
Ohangaronda “anjanchasiga” uzum yetishtiriladi.

Ohangaron tumani 4-sektor hududidagi “Qoraxtoy” hamda O‘zbekiston mahallasi Andijon viloyati Buloqboshi tumani namunasi bo‘yicha "Voyish" usulida uzum yetishtirish ishlarini amalga oshirish uchun tanlab olindi.

❇️4-sektor rahbari hamda mahalla follari hamda bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida olib boriladigan mazkur ishlar to‘g‘risida ko‘chaboshilariga to‘liq ma’lumot berildi.

📌Ushbu tashabbus, dastlab, “Qoraxtoy” mahallasining “Mustaqillik” hamda “O‘zbekiston” mahallasining “Oqtosh” ko‘chalarida olib boriladi. Bu borada so‘rtoklar qurish va ommaviylashtirish bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari amalga oshiriladigan bo‘ldi.

📌Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, “Qoraxtoy” hamda O‘zbekiston mahallalari uzum yetishtirish bo‘yicha tumandagi eng ilg‘or, o‘z an’analariga ega bo‘lgan mahallalaridan biridir.

💥Ayni paytda 500 dona "Voyish" usulida birinchi uzum ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

✔️Aytish joiz, mazkur mahallalarda uzum yetishtirish anchadan buyon yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, endilikda mahalla ko‘chalarida ham “Voyish” usulida uzumlar yetishtiriladi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ohangaron_tumani
#Jarayon

Aholi bandligi yo‘lida.

📌Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari tomonidan «Yoshlar daftari» ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarni tadbirkorlikka o‘qitish, ularni o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yib olishlarida moliyaviy ko‘mak ko‘rsatilyapti.

☑️Xususan, sektor rahbari tomonidan har bir mahalladagi holatni o‘rganish, yoshlar va ayollar bilan birma-bir muloqot qilib, ehtiyojlarini, qiziqishlarini aniqlash borasida ham aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berish tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

☑️Shuningdek, ularga tijorat banklaridan imtiyozli kreditlar olishlariga va ushbu mablag‘larni to‘g‘ri maqsadga yo‘naltirishlari borasida zarur tushuntirishlar berilmoqda.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#Milliylik #Ohangaron
#Bayram

Navro‘z bayramiga milliylik bilan!


👍Toshkent viloyati Ohangaron shahar soliq inspeksiyasi xodimlari Navro‘z bayramini milliy an’analarga mos ravishda nishonladilar!

Tadbir davomida inspeksiyaning ayol xodimlari, milliy atlas va adras liboslarida ishtirok etib, bayramona muhit yaratdilar. Milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash va ajdodlarimiz merosini asrab-avaylash maqsadida o‘tkazilgan ushbu bayramona tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi!

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM