Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.51K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#Nazorat

🔰Nurafshon shahar DSI boshlig‘i 4-sektor rahbari Sanjar Narxadjaev va hokim yordamchisi Maxmudjon Kushmatov bilan "Evalak" MFY dagi fuqarolarga berilgan kredit mablag‘lari xisobidan qurilgan issiqxonalar o‘rganildi va qo‘shimcha topshiriklar berildi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#Nazorat

⚡️Shtab faoliyati o‘z samarasini bermoqda

Toshkent tumani DSI boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sanjar Abduvaliyev, IJQK Departamenti Toshkent tuman bo‘limi boshlig‘i, adliya maslahatchisi Otabek Mamatmurodovlar ishtirokida Toshkent tumani "Keles dehqon bozori" hududida tashkil qilingan "Elga xizmat" arzonlashtirilgan bayram yarmarkasida savdoga qo‘yilgan mahsulotlarning narx-navosi o‘rganildi.

Joriy yil 5 yanvar holatiga rastalarga joylashtirilgan qishloq xo‘jaligi va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi yuqoridagi suratlarda aks etgan.

⭐️Eslatib o‘tamiz, kuni kecha tumanda narx-navoning oshib ketmasligini nazorat qiluvchi, sektor rahbarlari boshchiligidagi  SHTAB tuzilgan edi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati
#jarayon
#nazorat

Zangiota tumanida arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari savdosi  davom etmoqda va oʻz navbatida kunlik nazorat ishlari ham olib borilmoqda.

Zangiota tumani hokim o'rinbosari J. Safaraliyev hamda Zangiota tumani 4-sektor mas'ullari, DSI mas’ul xodimlari tomonidan tuman hududidagi savdo yarmarkalarida kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berilishi boʻyicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Savdo rastalari har kuni yangi va sifatli mahsulotlar, dasturxon uchun eng kerakli va sifatli noz-ne’matlar bilan boyitilgan holda toʻldirilmoqda.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati
#nazorat
#4_sektor

📌Angren shahrida olis va og‘ir hudud "Jigariston" mahallasida joylashgan 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining isitish tizimida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilmoqda.

Bugun 4-sektor rahbari Jamshid Usmanov mazkur muassasada bo‘ldi. Unda issiqlik tarmog‘ida ta’mirlash jarayonini ko‘zdan kechirdi.

📎O‘rganish davomida sektor rahbari tomonidan ish hajmi va sifati bilan bog‘liq masalalalar muhokama qilinib, zarur tavsiyalar berildi va nazoratga olindi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#nazorat_tadbiri #alkogol_tamaki

Toshkent viloyatida 93 mln soʻmlik alkogol va tamaki mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi


Soliq organlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlar davomida Toshkent viloyatining Zangiota, Parkent tumani hamda Angren shaharlarida noqonuniy savdoga qoʻyilgan alkogol va tamaki mahsulotlari aniqlandi.

📍Zangiota tumanida joylashgan doʻkondan 5 turdagi 226 dona qiymati 12,1 mln soʻmlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari;

📍Parkent tumanida fuqaroga tegishli omborxonadan 14 turdagi 5053 dona qiymati 69,1 mln soʻmlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari;

📍Angren shahrida 5 turdagi 1010 quti qiymati 12 mln soʻmlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlari aniqlandi hamda ular vaqtincha olib qoʻyildi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
—————
#контрольные_мероприятия #алкоголь_табак

В Ташкентской области пресечена продажа алкогольной и табачной продукции на сумму 93 млн сумов

В ходе мероприятий, проводимых налоговыми органами и Департаментом по борьбе с экономическими преступлениями при Генеральной прокуратуре, в
Зангиотинском, Паркентском районе, а также г.Ангрене Ташкентской области выявлена незаконная реализация алкогольной и табачной продукции.

Обнаружено и временно изъято:

📍из магазина в Зангиотинском районе - 5 видов алкогольной продукции в количестве 226 единиц с поддельными акцизными марками стоимостью 12,1 млн сумов;

📍со склада, принадлежащего гражданину, в Паркентском районе - 14 видов алкогольной продукции в количестве 5053 единиц с поддельными акцизными марками стоимостью 69,1 млн сумов;

📍в городе Ангрене - 5 видов табачной продукции в количестве 1010 пачек стоимостью 12 млн сумов без акцизных марок.

Оформленные по вышеуказанным случаям документы переданы в правоохранительные органы для принятия законных мер.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat_tadbirlari #markirovka

Alkogol va tamaki mahsulotlari realizatsiyasi bilan shugʻullanuvchilarda o‘tkazilayotgan soliq nazorati tadbirlari toʻgʻrisida Soliq qoʻmitasi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Oʻzbekiston Respublikasida 2021-yil 1-yanvardan alkogol va tamaki mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash joriy etilgan.

2022-yil 13-iyungacha (1 yilu 6 oy ) alkogol va tamaki mahsulotlari sotuvchilariga markirovkalanmagan mahsulotlarni savdodan olib tashlash imkoniyati berildi.

Shunga qaramay, soliq organlari tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida oʻtkazilgan tekshirishlar davomida alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi qoidalarini koʻp miqdorda buzish holatlari aniqlandi.

Xususan, faqat joriy yilning oktabr-dekabr oylari davomida raqamli markirovkalanmagan 1,9 mlrd soʻmlik 168,7 ming dona alkogol va 0,9 mlrd soʻmlik 81,4 ming dona tamaki mahsulotlari olib qoʻyildi.

Raqamli markirovkalarning yoʻqligi bir qator salbiy oqibatlarga olib keladi:

Birinchidan, tovarning kelib chiqish manbasini aniqlab boʻlmaydi, bu esa sogʻliqqa jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan kontrafakt va qalbaki mahsulotlarni aholiga sotish xavfini sezilarli darajada oshiradi.

Ikkinchidan, markirovkalanmagan mahsulotlar savdosi natijasida majburiy boʻlgan soliqlar va yigʻimlarning toʻlanmay qolishi Davlat budjetiga zarar keltiradi.

Uchinchidan, “uddaburon” tadbirkorlar tomonidan alkogol va tamaki mahsulotlarining soliq va yigʻimlar toʻlanmagan holda realizatsiya qilinishi intizomli tadbirkorlar uchun raqobat maydonida tengsizlikni keltirib chiqaradi.

Soliq organlari tomonidan kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish, davlat budjeti tushumlarini oʻz vaqtida va toʻliq taʼminlash, shuningdek, isteʼmolchilar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida murojaatlar asosida alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish bilan shugʻullanuvchi 572 ta subyektda tekshiruvlar oʻtkazildi.

Natijada qonun buzilishlarga yoʻl qoʻygan 491 ta xoʻjalik subyektlariga nisbatan Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga muvofiq 49,9 mlrd soʻmlik moliyaviy jarimalar qoʻllanildi. 4 ta holatda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar alkogolli mahsulotlarni sotishdan byudjetga undiriladigan soliq tushumlariga ijobiy taʼsir koʻrsatib, noyabr oyida oʻtgan 10 oydagi soliq tushumlariga nisbatan 189 foizga oshgan (134 mlrd soʻmga nisbatan 252 mlrd soʻm).
Joriy yilda alkogol va tamaki mahsulotlari aksiz soligʻi bo‘yicha Davlat budjetiga tushumlarning umumiy prognozi 4,4 trln soʻm.

Soliq qoʻmitasi sotuvchilarni Soliq kodeksining 227 prim 1- moddasida nazarda tutilgan jazo choralarini (oxirgi hisobot choragidagi sof tushum miqdorida) hisobga olishga, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishning qonuniy tartibini buzmaslikka chaqiradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#nazorat_tadbiri

⚡️Olmaliq shahar Soliq inspeksiyasi, shahar Ichki ishlar boshqarmasi hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida ruxsat etilmagan joyda savdo qilayotgan fuqarolarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yish bo‘yicha
nazorat tadbiri o‘tkazildi.

📌Tadbir davomida 4 nafar fuqaro tomonidan hech qanday hujjatlarsiz, piyodalar yurishi uchun mo‘ljallangan yo‘lakda noqonuniy ravishda savdo-sotiq bilan shug‘ullanayotganligi aniqlanib, 4 nafar fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma va tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirildi hamda 27 xil turdagi umumiy qiymati 9,5 mln so‘mlik tovar moddiy boyliklari vaqtincha saqlash uchun olib qo‘yildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#nazorat_tadbirlari

🔰Bozor - yurt ko‘zgusi sifatida azaldan qadrlanadi. Biroq, bozorda tartib bo‘lmasa, ko‘rki buzilsa fayzu- barakasiga ham ziyon yetadi.

📍Angren shahrida bozor atrofida savdo nuqtalarini tartibga keltirish ishlarini olib borilishiga qaramasdan, hamon ko‘chada, yo‘laklarda savdo qilish davom etyapti. Bugun ushbu savdo nuqtalarining qonuniyligi o‘rganildi.

☑️Angren shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i rahbarligida ishchi guruh a’zolari "Navoiy", "O‘zbekiston Mustaqilligi" ko‘chalarida savdo-sotiq faoliyatini tartibga solish, soliq tushumi bilan bog‘liq jarayonlarini o‘rgandilar.

🔺Unda noqonuniy savdo faoliyatiga qonuniy tus berish tartiblari va yashirin iqtisodiyotning salbiy oqibatlari tushuntirildi.
#nazorat

♻️Angren shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda Ramazon Hayiti munosabati bilan markazdagi dehqon bozorida arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqatlar savdo yarmarkalari tashkil etildi.

‼️Aytish kerakki, el dasturxoniga sifatli, arzon mahsulotlar yetkazish, yarmarkada va savdo majmualarida narx-navoning barqarorligini ta’minlash soliq organi xodimlari tomonidan doimiy nazoratda.

📌Shuningdek, bozor hududida sifatli xizmat ko‘rsatish tartibini o‘rnatish, ayrim tadbirkorlarning savdo faoliyatiga qonuniy tus berish va legallashtirish bo‘yicha tushuntirishlar ham olib bordi.
#nazorat_tadbirlari

Ohangaron shahridagi Dehqon bozori faoliyati o`rganildi


⚡️ Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini o`rganish, aholiga xizmat ko`rsatish darajasini oshirish va savdo qilish sharoitlarini yaxshilash maqsadida viloyat hokimi topshirig`i bilan Ohangaron shahar soliq inspeksiyasi rahbari boshchiligidagi ishchi guruh shahar dehqon bozorlarida o`rganishlar o`tkazdi.

🔺Unda tadbirkorlik sub`ektlari bilan qonuniy faoliyat olib borish va savdo jarayonlarida ONK texnikalaridan foydalanish, savdo qoidalariga rioya etish lozimligi borasida tushuntirishlar olib bordilar.

❗️Shu kuni noqonuniy ishlayotgan tadbirkorlarga amaliy ko`mak berilib, davlat ro`yxatidan o`tkazilgan bo`lsa, ayrimlariga ogohlantirishlar ham berildi.
#nazorat_tadbiri #yashirin_iqtisodiyot

Yashirin iqtisodiyotga qarshi o‘tkazilgan 1 315 ta
nazorat tadbirlarida huquqbuzarlik holatlari aniqlangan

 Soliq organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida, umumiy ovqatlanish sohasida onlayn – NKTdan foydalanish hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ayrim tovarlarni majburiy raqamli markirovkalash qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning sentabr-oktabr oylarida o‘tkazilgan 1 315 ta nazorat tadbirlarida qator huquqbuzarlik holatlari aniqlangan. Natijada huquqbuzarlarga nisbatan jami 10,8 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Umumiy ovqatlanish sohasida :

▫️ 960 ta holatda xaridorga onlayn-NKTdan 117,4 mln so‘mga chek berilmaganligi hamda 529,8 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi;
▫️113 ta holatda 141 nafar norasmiy ishchilar faoliyat yuritayotganligi;
▫️63 ta holatda markirovkalanmagan 4,6 mln so‘mlik alkogol mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi;
▫️15 ta holat (nazorat xaridi)da to‘lovlarni jismoniy shaxslarning bank plastik kartochkalariga o‘tkazish orqali amalga oshirilganligi;
▫️ 41 ta holatda foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalarini soliq organlari axborot tizimlariga integratsiya qilinmaganligi aniqlangan.

Markirovkalash qoidalariga rioya qilinishi (121 ta dori vositalari va tibbiy buyumlar 114 ta alkogol, 84 ta tamaki, 34 ta maishiy texnika sotuvchilar):

▫️343 ta holatda onlayn-NKTdan 32,4 mln so‘mga chek berilmaganligi hamda 283,2 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi;

▫️ 47 ta holatda markirovkalanmagan 63,4 mln so‘mlik mahsulotlar savdoga qo‘yilganligi;
▫️21 ta holatda 6,3 mln so‘mlik aksiz markasiz va hujjatsiz alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, Soliq qo‘mitasi xodimlari tomonidan alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi «U.Sh» MCHJda o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvida:
▫️ 31,1 mln so‘mlik tovar moddiy zaxiralari qoldig‘i omborlarda mavjud emasligi;
▫️38,9 mln so‘mlik tovar moddiy zaxiralari qoldig‘i omborlarda ortiqchaligi;
▫️960,9 mln so‘mlik 139,4 ming dona ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlar buxgalteriyada aks ettirilmaganligi;
▫️1 507,4 mln so‘mlik 199 ming dona ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlari bo‘yicha maʼlumotlar “Asl belgisi” axborot tizimiga yuborilmaganligi;
▫️7 nafar ishchilarning ish haqi summasi hisobotda aks ettirilmaganligi aniqlandi.

Natijada SK 223- va 227 prim 1- moddalariga asosan korxonaga nisbatan 426,7 mln so‘m moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads