Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
13.6K photos
1.89K videos
121 files
4.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#Savol_bering
#javob_beramiz

Savol: Ta’sischi o‘zi ta’sischi bo‘lgan korxonaga bino inshootni bepul ijaraga berishi mumkinmi?

Javob: Amaldagi qonunchilikka ko‘ra bino, inshoot va boshqa mol-mulklarni ijaraga bepul berish ta’qiqlanmagan. Ammo, mol-mulkni ijaraga to‘lov sharti bilan yoki ijara to‘lovi shartisiz berilishdan qat’iy nazar ijaraga berilgan mulkdan soliq to‘lanishi shart.

❗️Ya’ni, mulkni ijaraga bergan jismoniy shaxs tomonidan mulk ijaraga bepul berilgan taqdirda ham (turar va noturar ob’ekt) mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxs ijara to‘lovini yuqorida qayd etilgan qonun me’yorlaridan kelib chiqqan holda, ijara haqini belgilangan eng kam miqdor asosida aniqlashi hamda ushbu miqdordan soliq to‘lashi lozim bo‘ladi.

Modomiki, Soliq kodeksining 387-moddasiga ko‘ra soliq agenti mulkni ijaraga bergan jismoniy shaxsga ijaraga olingan mol-mulk uchun ijara haqi to‘lashi shartnomaga ko‘ra nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq agenti ushbu jismoniy shaxsdan to‘lov manbaida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini ushlab qololmaydi.

‼️Shuning uchun mol-mulkini yuridik shaxsga bepul bergan jismoniy shaxs Soliq kodeksining 393-moddasi 1-qism, 1-bandida belgilangan tartibga ko‘ra mulkiy daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromadlar bo‘yicha deklaratsiya asosida soliq to‘lashi lozim bo‘ladi.

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati