Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.53K subscribers
12K photos
1.64K videos
107 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#integratsiya #onlayn_NKT #markirovka #soliq_tekshiruvi

Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasida qanday huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarimalar nazarda tutilgan?


Ushbu moddada nazarda tutilgan moliyaviy jarimalar quyidagilarni buzganlik uchun qo‘llaniladi:
1) fiskal belgilarni aks ettirish talablari yoki tartibi;
2) avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash talablari yoki tartibi;
3) soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilish talablari yoki tartibi;
4) tovar (mahsulot)larni ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalari.

1️⃣ Fiskal belgilarni aks ettirish bo‘yicha qanday talablar bor?

Taqdim etilgan xarid chekida QR-kod va fiskal belgi bo‘lishi lozim. To‘lov terminali orqali qabul qilingan to‘lovlar uchun xaridorlarga to‘lov terminali cheki bilan birga onlayn-NKT cheki berilishi shart.
PF-5813-son 5-band 2-, 4-xatboshi 06.09.2019
VMQ-943-son 1-ilova 7-band 23.11.2019

2️⃣ Avtomatlashtirilgan o'lchov vositalari bilan jihozlash deganda nima tushuniladi

- ishlab chiqarish hajmini, omborlardagi qoldiqlarni va mahsulot real vaqt rejimida - jo‘natilishini nazorat qilish maqsadida iste’mol va texnik etil spirti, shuningdek, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalarini hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash;
VMQ-737-son 2-ilova 1-band 20.11.2020
- AGTKS va AGQSlarida elektron o‘lchash uskunalari va onlayn video kameralar o‘rnatish.
PF-21-son 7-band 10.02.2023

3️⃣Qanday tizimlar soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi kerak

Quyidagilar Soliq qo‘mitasi ma'lumotlar bazasi bilan integratsiya qilinishi lozim:

-
chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari sohasidagi avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari (axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar);
VMQ-943-son 1-ilova 4-band 23.11.2019
Marketpleyslar;
VMQ-943-son 1a-ilova 10-band 23.11.2019
- paxta xomashyosi, g‘alla yoki sholini qabul qilish va hisobini yuritish axborot tizimlari;
PF-21-son 7-band 10.02.2023
AGTKS va AGQSlaridagi elektron o‘lchash uskunalari va onlayn video kameralar;
PF-21-son 7-band 10.02.2023

4️⃣ Ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar majburiy raqamli markirovkalashning qanday qoidalariga rioya qilishi kerak

Majburiy raqamli markirovkalash qoidalari quyidagilardan iborat:

- ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni markirovkalashi shart. Raqamli markirovka qilinishi lozim bo‘lgan mahsulotlarning chakana yoki ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimiga (Asl belgisi) ulangan bo‘lishi kerak.
VMQ-737-son 20.11.2020

- chakana savdoni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash imkoniga ega bo‘lmagan onlayn-NKTlardan foydalanish taqiqlanadi:
PQ-5252-son 2 "b"-band 4-xatboshi.10.04.2021

- mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalari
VMQ-833-son 1-ilova 31.12.2020

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads