Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.51K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sorovnoma
#ijara

Talabalar turar-joy ijara shartnomalarini elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazishdan xabardormi

Quyidagi havolalarda respublika miqyosida o‘tkazilgan so‘rovnomalar bilan tanishing👇

📍Andijon
📍Buxoro
📍Farg‘ona
📍 Jizzax
📍Namangan
📍 Samarqand
📍Surxondaryo
📍 Toshkent v.
📍 Xorazm

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#ijara

Uy-joy ijara shartnomasi qanday bekor qilinadi?

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Fuqarolar oʻrtasida tuzilgan uy-joy ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim.
👉 Fuqarolik kodeksi 603-modda

Uy-joy ijara shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi.

Uy-joy ijara shartnomasi ijaraga beruvchining talabiga binoan sud tartibida bekor qilinishi mumkin. Agar:
▫️belgilangan muddatdan 2-martadan koʻproq haq toʻlanmasa;
▫️uy-joy vayron qilingan boʻlsa;
▫️uy-joydan gʻayriqonuniy maqsadlarda foydalanilsa.

👉 Fuqarolik kodeksi 615-modda

2022-yil 1-yanvardan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tuzilgan koʻchmas mulk ijara shartnomalari “E-ijara xizmati yoki Soliq mobil ilovasi orqali masofadan turgan holda elektron shaklda soliq organlarida hisobga qoʻyiladi.
👉 VMQ-595-son 3-band 22.09.2021

Koʻchmas mulk ijara shartnomasi belgilangan namunaviy shaklga muvofiq yoki qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan shaklda tuziladi.
👉 VMQ-150-son. 02.04.2022

Taraflarning kelishuviga binoan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda ijara shartnomasi ijaraga beruvchi tomonidan “E-ijara” tizimi orqali real vaqt rejimida hisobdan chiqariladi.
👉 VMQ-150-son. 02.04.2022

Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliq organlarida hisobga qoʻyishda ijara shartnomasi ham, uni bekor qilish uchun ikki tomonlama kelishuv ham yozma (qogʻoz) shaklda tuzilgan bo‘lishi lozim. Ushbu hujjatlar asosida ijara shartnomasi hisobga qoʻyiladi va hisobdan chiqariladi.

Soliq organlarida:
- yozma shaklda tuzilgan ijara shartnomasi hisobga qoʻyiladi.
- ijara shartnomasi yozma shaklda tuzilgan 2 tomonlama kelishuv asosida hisobdan chiqariladi.

Ijaraga beruvchi 2 tomonlama kelishuv tuzmagan holda ijara shartnomasini (soliq organida) hisobdan chiqargan boʻlsa, sud organlariga murojaat qilish tavsiya etiladi.

A.Mahmudov,
Soliq qo‘itasi boʻlim boshligʻi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads