Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.53K subscribers
12K photos
1.64K videos
107 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#Jarayon
#Zangiota_tumani

Hokim yordamchisi faoliyati samarali tashkil etilmoqda.

🔰 Zangiota tumani 4-sektorga qarashli "Quyoshli" MFY hokim yordamchisi Sadriddin Raxmatov, boshqa hokim yordamchilari qatori o‘z faoliyatini boshlaganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsada, "Quyoshli" MFY rahbariyati, ko‘cha vakillari, faollari hamkorligida muayyan ishlarni amalga oshirmoqda.

‼️Keling, birgina mahallada faoliyat yuritayotgan, tekstil sohasiga ixtisoslashtirilgan "Buxoro-Quyoshi" MChJ misolida aytadigan bo‘lsak, hokim yordamchisini tashabbusi, mahallada olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari bois, 5 ta xonadondagi 9 nafar ishsiz xotin-qizlar ushbu jamiyatga kooperatsiya asosida o‘z xonadonlarida buyurtmalar tayyorlab, mahsulotlarni peshma-pesh yetkazib bermoqdalar.

❇️Endilikda ularni har biriga mehnat daftarchalari ochilgan holda, soliq organlarida ham tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan holda ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Ushbu xotin-qizlar uylaridagi yumushlarini ham parallel ravishda bajarish bilan birga, kuniga qarab, o‘rtacha oila byudjetiga 120-200 ming so‘mlar atrofida daromad manbalariga ega bo‘lmoqdalar.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#Zangiota_tumani
#markirovka

🔰Toshkent viloyati
Zangiota tumani soliq inspeksiyasi xodimlari hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Zangiota tumani bo‘limi xodimlari hamkorligida Zangiota tumanida nazorat tadbirli o‘tkazildi.

📌O‘tkazilgan tadbir davomida
Zangiota tumani fuqarosi S.A. tomonidan tegishli xujjatlarsiz, 51 turdagi 3 210 quti, umumiy qiymati 76,2 mln.so‘mlik aksiz markasi bo‘lmagan tamaki mahsulotlari mavjudligi aniqlandi va ushbu mahsulotlar vaqtinchalik saqlash uchun olib qo‘yildi.

✔️Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.