Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
12K photos
1.64K videos
109 files
3.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#JShShIR

Diqqat❗️Sentabr oyi uchun Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i hisobotini topshirish muddati 5 kunga uzaytirildi

Jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) barcha davlat, bank, ijtimoiy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi. (PF-6191-son 23.03.2021)

Ushbu meʼyorga muvofiq 2021-yilning 4-oktabr kuni barcha soliq to‘lovchilarga joriy yil sentabr oyi jismoniy shaxslarning daromad solig‘i hisoboti reyestrida (5- va 6-ilova) xodimlar JShShIRlari to‘g‘ri ko‘rsatilishi lozimligi to‘g‘risida xabarnomalar yuborildi.

Ishchilar soni ko‘p bo‘lgan soliq to‘lovchilar tomonidan xodimlarining JSHSHIRini aniqlash uchun qo‘shimcha vaqt talab qilinayotganligi sababli 2021-yil sentabr oyi uchun jismoniy shaxslarning daromad solig‘i hisobotini taqdim qilish muddati 5 kunga uzaytirildi va 2021-yil 20-oktabr etib belgilandi.
_____________________
#ПИНФЛ

Внимание❗️Срок сдачи отчетности по налогу на доходы физических лиц за сентябрь продлевается на 5 дней

Персональный идентификационный номер физического лица (ПИНФЛ) является единым идентификатором, удостоверяющим личность гражданина при оказании всех государственных, банковских, социальных и иных услуг (№УП-6191 от 23.03.2021).

В соответствии с этим 4 октября 2021 года всем налогоплательщикам были направлены уведомления о необходимости корректного отображения ПИНФЛ сотрудников в реестре отчетности по налогу на доходы физических лиц (Приложения 5 и 6).

В связи с тем, что налогоплательщикам с большим количеством работников требуется дополнительное время для уточнения ПИНФЛ сотрудников, срок сдачи отчетности по налогу на доходы физических лиц за сентябрь 2021 года продлён на 5 дней до 20 октября 2021 года.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#JShShIR
#savol_javob

Yaqinda ishga kirdim. Ish beruvchi mendan STIR* so‘radi. Hozirgi kunda ishga kirganlardan STIR soʻralishi to‘g‘rimi?

Oʻzbekistonda mahalliy fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolari ishga qabul qilinayotganda ish beruvchining STIR talab qilishi mumkin emas.

Soliq organlarida jismoniy shaxslarning hisobini yuritish JShShIR**dan foydalangan holda amalga oshiriladi.
👉 PF-6191-son 4-band 23.03.2021

Bunda, Oʻzbekiston fuqarolari soliq organlarida avtomat hisobga qo‘yiladi, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar JShShIR olgandan so‘ng, my.soliq.uz sayti orqali soliq organlarida hisobga olinadi.

Buning uchun, my.soliq.uz saytida “STIR yoki JShShIRingizni tekshiring” xizmati oynasida JShShIR hamda himoya kodi kiritilib “Izlash” tugmasi bosiladi.

Agar ekranda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs haqidagi ma'lumotlar (F.I.Sh.) paydo bo‘lsa, demak JShShIR Personallashtirish agentligi ma’lumotlar bazasida mavjud ekanligi tasdiqlanadi va ushbu jismoniy shaxs haqidagi ma’lumotlar shu zahoti Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida shakllanadi. Ya’ni chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs soliq organlarida hisobga qo‘yiladi.

JShShIR toʻgʻrisidagi ma’lumotlar aniqlanmagan taqdirda ushbu JShShIR Personallashtirish agentligi ma’lumotlar bazasida mavjud emasligini anglatadi. Ushbu holatda, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs istalgan Davlat xizmatlari markazi yoki Ichki ishlar vazirligining hududiy Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga murojaat qilishlari kerak.

*soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami
**jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#JShShIR

Chet el fuqarolarini soliq organlarida masofadan turib hisobga qo‘yish mumkin

Chet el fuqarolarini soliq organlarida masofadan turib hisobga qo‘yish
uchun my3.soliq.uz sayti interaktiv xizmatidan foydalanish mumkin.

Chet el fuqarolarini soliq organlarida hisobga qo‘yish uchun soliq inspeksiyalariga borish yoki murojaat yo‘llash talab etilmaydi.

Buning uchun "Xizmatlar" toifasidan "Jismoniy shaxslar uchun" sahifasi tanlanadi. Ushbu sahifaning "Shaxsiy ma'lumotlar" bo‘limida “STIRingizni aniqlang tugmasi bosiladi.

“STIR yoki JShShIRingizni tekshiring” bo‘limida "Jismoniy shaxs" satrida "Chet el fuqarosi" tanlanadi, so‘ngra JShShIR hamda himoya kodi kiritilib “Izlash” tugmasi bosiladi.

Tizim qisqa soniyalar ichida Personallashtirish agentligi ma’lumotlar bazasiga so‘rov yuboradi.

Agar ekranda chet el fuqarosining F.I.Sh paydo bo‘lsa, demak JShShIR Davlat personallashtirish markazi ma’lumotlar bazasida mavjud ekanligi tasdiqlanadi va ushbu jismoniy shaxs haqidagi ma'lumotlar shu zahoti Soliq qo‘mitasi ma'lumotlar bazasida shakllanadi, ya'ni chet el fuqarosi soliq organlarida hisobga qo‘yiladi.

Agar JShShIR kiritilgandan so‘ng “Personallashtirish agentligi ma’lumotlar bazasida ushbu JSHSHIR bo‘yicha ma’lumot mavjud emas” yozuvi ko‘rinsa, ushbu JShShIR Personallashtirish agentligi ma’lumotlar bazasida mavjud emasligini anglatadi. Ushbu holatda, chet el fuqarosi Ichki ishlar vazirligining hududiy Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga yoki Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JShShIR
#savol_javob

- Yaqinda ishga kirdim. Ish beruvchi mendan STIR* so‘radi. Hozirgi kunda ishga kirganlardan STIR soʻralishi to‘g‘rimi?

- Oʻzbekistonda mahalliy fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolari ishga qabul qilinayotganda ish beruvchining STIR talab qilishi mumkin emas.

Soliq organlarida jismoniy shaxslarning hisobini yuritish JShShIR**dan foydalangan holda amalga oshiriladi.
👉 PF-6191-son 23.03.2021

Bunda, Oʻzbekiston fuqarolari soliq organlarida avtomat hisobga qo‘yiladi, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar JShShIR olgandan so‘ng, my3.soliq.uz sayti orqali soliq organlarida hisobga olinadi.

*soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami
**jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami
________
#ПИНФЛ
#вопрос_ответ

- Я недавно устроился на работу. Работодатель спрашивает у меня ИНН*. Требуется ли сейчас ИНН для тех, кто трудоустраивается?

- В Узбекистане при приеме на работу местных и иностранных граждан, а также лиц без гражданства работодатель не вправе требовать от них ИНН.

Учет физических лиц в налоговых органах ведется с использованием ПИНФЛ**
.
👉№ УП-6191 от 23.03.2021 г.

При этом постановка на учет в налоговых органах граждан Узбекистана осуществляется автоматически, а иностранные граждане или лица без гражданства после получения ПИНФЛ регистрируются в налоговых органах через сайт my3.soliq.uz.

*идентификационный номер налогоплательщика
**персональный идентификационный номер физического лица

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads