Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
13.6K photos
1.89K videos
121 files
4.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#Angren

🔰Ma’lumki, joriy yilning 16 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida chorvachilik sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

✳️Yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan qo‘y-echkilar sonini keskin ko‘paytirib, aholini jundan mahsulot to‘qib, daromad topishga ko‘maklashish muhimligi ta’kidlandi.

🖇Bu borada Angren shahrida ham ularni yo‘lga qo‘yish topshirig‘i berildi.

⚡️Shu kunlarda Angren shahridagi olis va tog‘li hududlarda hamda shahardan chekkada joylashgan mahallalarda sektorlar rahbarlari, hokim yordamchilari tomonidan ushbu yo‘nalish chuqur o‘rganilmoqda.

🔎Xususan, Angren shahridagi "8 Mart" mahallasida ham jun mahsulotlarini to‘qish bilan shug‘ullanadigan oilalar aniqlandi va ularga 4-sektor rahbari tomonidan zarur ko‘rsatmalar berildi.

✍️Toshkent viloyati DSB axborot xizmati
#Angren_shaxar
#yashil_makon

Angren shahrida "Yashil yillik" umummilliy tadbiri boshlandi.

🔰4-Sektor rahbari Qahramon Matqobulov hamda sektor ishchi guruhi a’zolari, hokim yordamchisi "Ko‘kterak" mahallasida "Yashil yillik" loyihasi doirasida turli nav-nihollar, dov-daraxtlar ko‘chatlarini yetkazish va hudud yashil maydonini kengaytirish maqsadida "xonadonbay", "fuqarobay" tizimida tushuntirishlar olib bordilar.

🔷Unda "Zafar Diyor" o‘tar ko‘chasidagi xonadonlarning birida mevali, manzarmli daraxt ko‘chatlarini yetishtirayotgan fuqaro bilan uchrashdilar.

‼️Haqiqatan, "Ko‘kterak" mahallasida ko‘chat yetishtirish imkoniyati mavjud. Fuqaro bilan ko‘chatlarini kengaytirish, sotish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan suhbatlashildi. Ayni "Yashil yillik" tadbirida ushbu ko‘chatlarni ko‘rgazmasini tashkil qilinadigan bo‘ldi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati
#Angren
#Sayyor_qabul

✔️Inson manfaatlarini ta`minlash uchun avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish alohida ahamiyat kasb etadi.

🔷Aholini ijtimoiy himoya qilish, yoshlar va ayollarga ijtimoiy, huquqiy yordam berish, ularni bilim va kasb o'rganishga ishtiyoqi bor bo'lgan ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida poytaxtimizning har bir tumani kesimida 4-sektor rahbari tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

‼️Navbatdagi ochiq muloqot Angren shahrida bo'lib o'tdi.

🖇Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat hokimligi mutasaddilari, hudud tibbiyot birlashmasi xodimlari hamda Angren shahar 4 ta sektor rahbarlari ishtirok etgan uchrashuvda aholi murojaatlari tinglandi.

Tadbir davomida aholi murojaatlari tegishliligi bo‘yicha ma'sullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olinadigan bo‘ldi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#Angren

‼️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan Angren shahri davlat soliq inspeksiyasida faoliyat yuritayotgan, o‘z burchini sidqi dildan bajarayotgan fidoyi xodimlarning uylariga borib, ularning oila- a’zolariga minnatdorlik bildirildi.

❇️Uchrashuv davomida xodimlarning oila-a’zolari bilan suhbatlar o‘tkazildi hamda ularga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Angren
#2D_skaneri

‼️Toshkent viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan savdo majmualari savdo jarayonlarida 2D-skaneri yoki shu kabi qurilmalardan foydalanmoqdalar.

🔰Bu bilan tadbirkorlar o‘z vaqtlarini tejash bilan birga ortiqcha yumushlardan ham xalos bolyaptilar.

✔️Asosiysi qurilma ularga deyarli tekinga tushmoqda.

📌Xususan, tadbirkorlarning onlayn nazorat-kassa texnikasi hamda shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini o'qiydigan 2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalarni sotib olish uchun qilgan xarajatlari kelgusida to‘laydigan soliqlaridan chegirib qolishlari mumkin (Eslatib o‘tamiz, bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda).

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Angren_erkin_iqtisodiy_zonasi

Angren erkin iqtisodiy zonasi doirasida yana bir korxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi. "Yeden-pupe production group" MCHJ ishga tushirilishi munosabati bilan jami 50 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Natijada Angren shahri va Ohangaron tumanidagi "Yoshlar daftari"da bo‘lgan yoshlarning bandligi ta’minlandi.

Batafsil "Nurafshon" telekanali lavhasida.