Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.3K photos
1.67K videos
111 files
3.79K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#Boʻka_tumani

Uch avlod uchrashuvi

⚡️Kecha Boʻka tumani 4-sektor xududidagi Boʻston yoshlar bogʻida Boʻka tumani DSI, tuman hokimligi, tuman Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boʻlimi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamkorligida uch avlod uchrashuvi oʻtkazildi.

Unda faxriylar, jamoat tashkilotlari vakillari va yoshlar ishtirok etishdi.

📌 Uchrashuv doirasida keksalar oʻz xayotiy tajribalarini yoshlar bilan oʻrtoqlashdi. Shuningdek, tumanda koʻp yillar davomida samarali mehnat qilgan faxriy insonlarning ishtiroki uchrashuvga oʻzgacha koʻrk bagʻishladi.

Tadbir doirasida tumanda istiqomat qilib kelayotgan turli millat vakillari tomonidan "Ozod va obod Vatanda erkin va farovon yashaylik" shiori ostida milliy koʻrgazmalar namoyishi tashkil etildi.

Tadbir yakunida bu kabi madaniy tadbirlarni tez-tez oʻtkazib turish yoshlarga ham ma’nan, ham ruhan oʻzgacha motivatsiya berishi ta’kidlab oʻtildi.

✍️Bo‘ka tumani DSI
Sayyor qabullar samarasi.

🔰Toshkent viloyati barcha tuman va shaharlarning 4-sektori hududida 2021 yil boshidan jami 207 ta aholi bilan sayyor qabullar o‘tkazilgan bo‘lib, o‘tkazilgan sayyor qabullarda jami 852 ta murojaatlar tushgan.

♻️Qabul vaqtida murojaatlar o‘rganib chiqilib, hal etilishi:114 ta murojaatlar joyining o‘zida qanoatlantirilgan, 69 tasiga tushuntirish berilgan. 83 tasi o‘rganib chiqilib, 23 tasi qanoatlantirilgan, 44 tasiga tushuntirish berilgan.

‼️Qabul vaqtida murojaatlarni boshqa idoralarga tegishliligi bo‘yicha yuborilib, hal etilishi: 625 tasi ko‘rib chiqish va ijobiy hal etish uchun yuborilgan. Shundan 105 tasi qanoatlantirilgan, 192 tasi tushuntirish berilgan.

❇️Joriy yilning yil boshidan aholi bilan o‘tkazilgan sayyor qabullarda ko‘tarilgan muammoli masalalarni nazoratga olib, hal etish choralari ko‘rilmoqda.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Korrupsiya – mamlakat hafvsizligiga tahdid.

🔰Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi O‘z xavfsizligi va komplaens-nazorat bo‘limi boshlig‘i tashabbusi bilan joriy yilning o‘tgan davrida huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari hamkorligida Yuqorichirchiq, Toshkent, Zangiota, Bo‘stonliq, Ohangaron, Qibray hamda Parkent tumanlari, shuningdek, Ohangaron va Chirchiq shaharlaridagi davlat soliq inspeksiyalarida “korrupsiyaga qarshi kurashish” yo‘nalishida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etildi.

❇️Soliq organi xodimlarining ish samaradorligini oshirish, mazkur yo‘nalishda profilaktik-ogohlantiruv choralarini kuchaytirish hamda korrupsion holatlarni sodir etilishini oldini olish maqsadida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida korrupsion holatlar bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish lozimligi, aks holda og‘ir oqibatlar kelib chiqishi mumkinligi haqida so‘z bordi.

♻️Shuningdek, Davlatimiz rahbarining 2021 yil 16 iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda shu kungi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari barcha uchun mas’uliyat yuklashi, ularni talablaridan kelib chiqqan holda, hozirgi kunda soliq tizimidagi vujudga kelayotgan korrupsion holatlar haqida mahalliy aholi orasida turli salbiy fikrlar bildirilayotganligi tizimda salbiy jarayonlar vujudga kelayotganligidan dalolat berayotganligi, ushbu jarayonlar o‘z o‘rnida soliq tizimining sha’niga dog‘ tushishiga olib kelayotganligi ham ta’kidlab o‘tildi.

‼️Aytish keraki, soliq tizimi vakillari tomonidan korrupsion holatlar bilan bog‘liq vaziyatlar sodir etilishi oqibatida jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxsning oila a’zolari ruhiy va ma’naviy zarar ko‘rishadi. Bundan tashqari ularning farzandalari kelugusida hayotda o‘z o‘rinlarini topishga qiynaladilar.

✳️Muxtasar aytganda, o‘tkazilayotgan tadbirlar natijasida soliq tizimi vakillari tomonidan ushbu mavzu bo‘yicha qo‘shimcha fiklar bildirilib, yuqorida qayd etilgan salbiy holatlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yilmasligi uchun hamkorlikda kurash olib borish kerakligi va bu borada e’tiborli bo‘lish to‘g‘risida fikrlar bildirildi. Yig‘ilishlardan so‘ng har bir xodim bilan yuqoridagi muammolar bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, yozma ravishda majburiyatlar olindi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi O‘z xavfsizligi va komplaens-nazorat bo‘limi
davlat soliq bosh inspektori Jahongir Ermatov.
15 OKTABR ❗️2021 yil uchun jismoniy shaxslar 🏘 mol-mulk va yer solig'ini to'lashning oxirgi kuni👆👆 ❇️ Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.
🔶2020 yil 1 yanvardan boshlab maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor bo‘lganligi munosabati bilan mazkur soliq imtiyozlarining foydalanilmay qolgan qismi 2020 yil 1 oktyabrga qadar maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestriga kiritilgan ishtirokchilar uchun, ular tomonidan kiritilgan investisiyalar hajmidan kelib chiqqan holda, ular reyestrga kiritilgan sanadan boshlab 3 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatlarda to‘liq qo‘llaniladi;
🔶maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga 2021 yil 15 sentyabrdan boshlab mahsulot ishlab chiqarishda va o‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladigan butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni import qilganda qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona bojini foizlar hisoblanmagan va ularning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda 120 kungacha muddatga kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi.

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.09.2021 y. PQ-5243-son Qarori)
2022 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda 2020 yil 31 dekabrdagi holatga ko‘ra soliq qarzini majburiy ravishda undirish, shuningdek quyidagilar bo‘yicha penya hisoblash choralari ko‘rilmaydi:

✔️faoliyatni turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohasida amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha;
✔️2020 yilda hisoblangan va vaqtincha qiyinchiliklar munosabati bilan yuridik shaxslar tomonidan to‘lanmagan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha;
✔️2020 yil 15 maydagi holatga ko‘ra qarzdorligi mavjud bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliqlar, penyalar va soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha.

(O‘zR 14.09.2021 y. O‘RQ-714-son Qonuni)