Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
13.6K photos
1.89K videos
121 files
4.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
2021 yilning o‘tgan davrida Toshkent viloyatida 42142 nafar norasmiy ishlayotgan fuqarolar ish joyiga rasmiylashtirildi.

📌Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining 2021 yil 12 fevraldagi 73-sonli buyrug‘i qabul qilinib, unda Toshkent viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan norasmiy xodimlarni va haqiqatda to‘lanayotgan ish haqqi jamg‘armasini legallashtirish borasida amalga oshirilshi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha harakatlar rejasi tasdiqlandi.

Mazkur harakatlar rejasiga muvofiq 2021 yil yanvar-avgust oyi davomida Toshkent viloyatida 37374 ta norasmiy ishlayotgan shaxslarni aniqlash va yashirin ish o‘rinlarini legallashtirish belgilanib, joylarda ishchi xodimlarni kam yoki bir nafar ko‘rsatgan, ish xaqi hisoblamagan yuridik shaxslar bilan o‘tkazilayotgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish jarayonlarida joriy yilning o‘tgan davrida 12699 ta korxonalarda 42142 ta norasmiy ishlayotgan fuqaro ish joyiga rasmiylashtirilishiga erishildi.

Jumladan, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 3544 ta, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida 27887 ta, qurulish sohasida 2548 ta, qishloq xo‘jaligida 8164 taga yashirin ish joylari doimiy o‘rinlarga aylantirildi.

Xususan, viloyatning Ohangaron shahrida 1344 ta va Ohangaron tumanida 1865 ta yashirin ish o‘rinlari legallashtirildi.

Yashirin ish o‘rinlarini legallashtirish natijasida byudjetga qo‘shimcha mablag‘ undirilishi barobarida ishchi-xodimning kelgusidagi kafolatlangan pensiyasini olishi ta’minlanadi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Ijara shartnomalarini ro‘yxatga qo‘yish.

🔰“Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan ko‘chmas mulkning ijara shartnomalari majburiy tartibda davlat soliq xizmatlariga hisobga qo‘yilishi kerak.

❇️Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi. Agar shartnomada muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u besh yilga tuzilgan hisoblanadi;

♻️Ko‘chmas mulk ijara shartnomasining oylik miqdori shartnoma bo‘yicha qonunchilik tomonidan belgilangan eng kam miqdordan kam bo‘lmasligi kerak;
Hisobga qo‘yish muddati: shartnoma tuzilgan kundan boshlab o‘n kun ichida.

‼️Shartnomani hisobga qo‘yish
Shartnoma ijaraga beruvchi tomonidan, asosan DSQ veb-saytida ochiladigan shaxsiy kabinet orqali hisobga qo‘yiladi yoki ijaraga beruvchining doimiy yashash manzilidagi (yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tgan joydagi) yoki ijaraga berilayotgan uy-joy joylashgan joydagi soliq organlariga shaxsan qog‘oz orqali taqdim etilishi mumkin.

⚡️Hisobga qo‘yish uchun qanday hujjatlar zarur
Ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomasini majburiy hisobga qo‘yish uchun ma’lumotlar;
Ijara shartnomasi;
Ijaraga berayotgan jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxs rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi. Agar vakil qatnashsa – uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Ushbu punktda qayd etilganlaridan boshqa, qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

🔺Shartnomani bekor qilish
Ko‘chmas mulk shartnomasi kelishuvda belgilangan muddat tugaganidan keyin bekor qilinadi.
Ko‘chmas mulk shartnomasi sudlashuv yo‘li bilan bekor qilinganida ijaraga beruvchi davlat soliq organlariga sud qarorini taqdim etishi kerak.

🌱Ko‘chmas mulk shartnomasi muddatidan ilgari, tomonlarning kelishuviga binoan bekor qilinganida qo‘chmas mulk ijarasini bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuv majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat soliq organlariga taqdim etiladi.

Ko‘chmas mulk shartnomasi muddatidan ilgari, tomonlarning kelishuviga binoan bekor qilinganida qo‘chmas mulk ijarasini bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuv Nizomda ko‘rsatilgan maxsus formada yoki Fuqarolik kodeksiga muvofiq erkin formada tuzilishi mumkin.

✳️Davlat soliq organi tomonidan ko‘chmas mulk shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuvni ro‘yxatga qo‘yish ijaraga beruvchi tomonidan shaxsiy kabinet orqali elektron formada taqdim qilinganda real vaqt mobaynida, qog‘oz shaklida taqdim etilganda esa o‘sha vaqtning o‘zida hal qilinadi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi.
Ohangaron shahar 4-sektor hududi "Yangiobod" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Ohangaron shahar "Honabod " Jomiy maschidi avtoturar gohi va mahalla ichki yo‘llariga Viloyat 4-sektor rahbari R. Raimov tashabusi bilan asfalt qoplamasi yotqizish ishlari boshlab yuborildi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Soliq organlarida mutolaa madaniyati shakllantirilmoqda.

📘Kitob mutolaasi kishida shunday chin insoniy fazilatlarni shakllantirib, uni hayotda o‘z o‘rnini topishga, jamiyatning chinakam a’zosiga aylanishida, dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos ahamiyatga ega. Zero buyuk bobokalonimiz, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlari ta’kidlaganlaridek kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbaidir.

🩸Shu sababdan bugungi kunda soliq organlarida ham kitobxonlik targ‘iboti yo‘nalishida bir qator islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

🌱Xususan, kuni kecha Ohanganron tumanida "Kitob — ma’naviyat ko‘zgusi" mavzuida ma’naviy ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔰Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi hamda Ohangaron tumani davlat soliq inspeksiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbirda xodimlarning kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish, ma’naviy-ma’rifiy, intellektual salohiyatini ruyobga chiqarish, ular o‘rtasida mutoala madaniyatigni keng shakllantirish kitoblardagi asarlarning mazmun-mohiyatini chuqurroq anglash borasida so‘z bordi.

❇️Tadbirda davomida faol kitobxonlarga badiiy asarlar jamlanmalari sovg‘a qilindi.

✳️Muxtasar aytganda, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek «Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma’naviyatga erishib bo‘lmaydi.
‼️Darhaqiqat, xodimlarni har tomonlama fikrlaydigan, ma’nan yetuk, har qanday axborotlarni aql bilan tahlil eta oladigan, barkamol inson qilib tarbiyalash borasidagi ezgu ishlar Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining barcha hududiy inspeksiyalarida davom ettiriladi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#saylov_2021
#jarayon

31-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida sektor rahbari Ortiq Hamdamov va tuman Kengashi deputati Shunqor Umrzoqov ishtirokida 4-sektor hududidagi MFY fuqarolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda bir qator masalalar xususida so‘z bordi

📌Xususan, prezidentlik saylovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, uni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, saylovlarda faol ishtirok etish to‘g‘risida fikr almashilib, birinchi marta saylovda ishtirok etadigan yoshlarga tushunchalar berib o‘tildi.

📌Shuningdek, tadbirda oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirgan bitiruvchilar e’tirof etildi. Uch avlod vakillari ishtirok etgan mazkur uchrashuvda yoshlarning kelajagi, vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ularning tashabbuslari haqida ham so‘z bordi.

✍️Ohangaron tumani DSI
Til millatning ma’naviy boyligi.

🔰Davlat soliq qo‘mitasi raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining tashabbusi bilan Toshkent viloyati davlat soliq organlarida ona tilimizga bo‘lgan hurmatni shakillantirish maqsadadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

‼️Mazkur tadbirlarda xodimlar o‘rtasida ona tiliga bo‘lgan hurmatni yanada kuchaytirish shuningdek, tashkilotdagi davlat xujjatlarini til me’yorlari asosida yuritilishini ta’minlashga har bir xodim ma’sul ekanligi keng tushuntirilmoqda.

♻️Ta’kidlash kerakki, Toshkent viloyati soliq organlarida sohaga oid reklama e’lonlari hamda bannerlarning o‘zbek adabiy tilida me’yorlari asosida yuritilishini ta’minlash rahbariyat tomonidan nazoratga olingan.

❇️Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 40 ta yo‘qolib ketish xavfi bo‘lmagan tillar mavjuddir. Quvonarlisi shundaki bizning ona tilimiz ham ushbu tillar oilasiga kiradi. Sababi bizning tilimizda yozma manbalar, qo‘lyozmalar, qadimiy va zamonaviy adabiyotlar ko‘pdir. “Tilning sofligi millatning sofligidir” – deyiladi. Demak shunday ekan tilimizning qadrini va vaznini buyuk e’tiqod darajasida avaylashimiz zarur.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.