Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.1K photos
1.65K videos
110 files
3.71K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Nazorat tadbirlari davom etmoqda

♻️Olmaliq shahar Soliq inspeksiyasi, shahar Ichki ishlar boshqarmasi hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida ruxsat etilmagan joyda savdo qilayotgan fuqarolarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yish bo‘yicha nazorat tadbiri davom etmoqda.

📌Tadbir davomida ogohlantirishlarga qaramasdan, 3 nafar fuqaro tomonidan hech qanday hujjatlarsiz, piyodalar yurishi uchun mo‘ljallangan yo‘lakda noqonuniy ravishda savdo-sotiq bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi. Ushbu 3 nafar fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma va tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirildi hamda 5 xil turdagi umumiy qiymati 2,3 mln so‘mlik tovar moddiy boyliklari saqlash uchun vaqtinchalik olib qo‘yildi.

‼️Shuningdek, Zangiota tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida ham bozor hududidan tashqarida noqonuniy faoliyat yuritayotgan fuqarolar soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan ogohlantirildi.

📍Joylarda nazorat tadbirlari davom etmoqda
.
“Mahallabay” ishlash tizimining samarasi va kamchiliklari muhokama etildi

♻️Davlatimiz rahbari tomonidan barcha sohadagi ishlarni avvalo mahallaga borgan holda tashkil etish, mavjud muammolarni aniqlash va hal qilish, aholining turmush sharoitini yaxshilash borasida “mahallabay” ishlash tizimi yaratib berildi.

🔹Hozirda “mahallabay” ishlash tizimida soliq xizmati inspektorlari ham namunali faoliyat yuritib kelmoqdalar.

📍Xususan, Toshkent viloyatida mart oyi davomida soliq xodimlari tomonidan mahallalar kesimida olib borilayotgan xatlov, targ‘ibot va tushuntirish ishlarining samarasi natijasida Toshkent viloyatidagi 1 025 ta mahallaga biriktirilgan 474 nafar soliq xodimlari tomonidan xatlov jarayonlarida 1 021 ta bo‘sh turgan binolar, 16 924 ta bo‘sh turgan yer uchastkalari aniqlanib, ulardan samarali foydalanish choralari ko‘rildi.

📎Natijada 1 990 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, 93 nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga kichik biznes toifasiga o‘tishda ko‘maklashildi. Bundan tashqari, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmay tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 3 894 nafar fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirildi.

☑️Bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada izchil davom ettirish maqsadida Toshkent viloyati soliq boshqarmasi mutasaddilari tomonidan joylarda soliq inspektorlari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

❇️Uchrashuvlarda mahallalarda aholining dardini eshitish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash va hal etish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish, eng asosiysi, aholini rozi qilish kerakligi tushuntirilmoqda.

‼️Zangiota tumani soliq inspeksiyasida tashkil etilgan galdagi uchrashuvda ham mahallaga biriktirilgan soliqchilar faoliyati tahlil qilinib,. xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborort xozmati
.
#imtiyoz

2024-yilda ayrim sohalarni rivojlantirish va aholini qo‘llab-quvvatlash uchun tatbiq etilgan imkoniyatlar

👉 Dividendlar va foizlar shaklida daromadlar uchun soliq imtiyozlari amal qilish muddati uzaytirildi.

👉 "Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi”da ishtirok etadigan tijorat banklarining ayrim daromadlari foyda solig‘ini hisoblab chiqarish maqsadlarida chegiriladigan xarajatlar sifatida e’tirof etiladi.

👉 “Izlanish va rivojlanish” markazlari mol-mulk va yer soliqlari summasini 1 %ini, shuningdek ijtimoiy soliqni 1% miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.

👉 Qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir hamda nodir yer elementlarini, uglevodorod xomashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslarga nisbatan maxsus renta solig‘i solinmaydi.

👉 Xalqaro moliya institutlari qarzi hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovar (xizmat)lar QQSdan ozod qilindi.

👉 Mikrofirmalar va kichik korxonalarga JShODS va ijtimoiy soliq bo'yicha imtiyozlar berildi.

👉 Turizm markazlaridagi chakana savdo shoxobchalaridan sotib olingan ayrim tovarlar uchun Tax Free qoʻllaniladi.

👉 Elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga foyda va mol-mulk soligʻi stavkasi 50%ga kamaytirildi.

👉Choʻl hududlarida kurort zonalari va tematik bogʻlar tashkil etish uchun foyda, mol-mulk va yer solig'i bo'yicha imtiyozlar berildi.

👉 Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotini qurish uchun foyda soligʻi imtiyozi berildi.

👉 “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslarga yana 4 ta mahsulot xaridi uchun QQS qaytariladi.
#mol_mulk_soligi
#Jismoniy_shaxs

Soliqlarni tеng ulushlarda tolash muddati

U uy-joy, dala-hovli, yashash uchun moljallanmagan bino, kop qavatli uylardagi xonadonlarga uzviy bogliq bolgan avtoturargohlar, shuningdеk boshqa imoratlar va inshootlar uchun tolanadigan soliq mol-mulk soligidir.

❗️Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash boyicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish obеktining bahosi mavjud bolmagan taqdirda, mol-mulkning shartli qiymati Toshkеnt va Nukus shaharlarida, shuningdеk viloyat markazlarida —
Soliq kodеksi 420-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida korsatilgan summaning bеsh baravari miqdorida, boshqa shaharlarda va qishloq joylarda esa — ikki baravari miqdorida soliq bazasi hisoblanadi.

🗓Hurmatli soliq tolovchi, Siz 15 aprеlga qadar joriy yil uchun bеlgilangan yer va mol-mulk soligini tеng ulushlarda (50%) tolashni unutmang!
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy (BEKHZOD JURAYEV)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TOSHKENT TUMANI_KORRUPSIYANI OLDINI OLISHGA QARATILGAN TARG‘IBOT TADBIRLARI_04.04.2024


obuna bo'ling:👇👇👇
NURAFSHON TV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘RTA CHIRCHIQ TUMANI_RAMAZON – MEHR-MURUVVAT, SAXOVAT OYI_04.04.2024

obuna bo'ling:👇👇👇
NURAFSHON TV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

15-aprelga qadar mol-mulk va yer soliqlarini to'lashni unutmang!


♻️Soliq kodeksining
423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.
#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlaydi?

O‘zbekistonda 2024-yil 1-fevraldan tadbirkorlar reytingi joriy etildi.

Yuqori reytingga ega tadbirkorlar rag‘batlantiriladi. Bunda reytingi past korxonalarga nisbatan jazo choralari qo‘llash nazarda tutilmagan.

Agar tadbirkor “AAA” toifadagi reytingga ega bo‘lsa:

▫️soliq organlari tomonidan tekshirishlar o‘tkazilmaydi;
▫️QQSdan hosil bo‘lgan soliq summasi bir kunda qaytariladi (amaldagi muddat 7 kundan 30 kungacha);
▫️QQSdan boshqa soliq turlari bo‘yicha hosil bo‘lgan ortiqcha soliqlar summalarini 3 kunda qaytarib berish (amalda 10 kundan 15 kungacha) yuzasidan qo‘shimcha preferensiyalar beriladi.

Yana bir rag‘batlantirish – soliq va bojxona organlarida tovarlarni import qilish vaqtida to‘langan soliqlarni hisobga olish tizimi joriy qilinadi.

Avval bu faqat yirik soliq to‘lovchilar hamda 20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis dasturi doirasida sertifikat olgan korxonalar uchun amal qilar edi.

Endi reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga ham mazkur tartib tatbiq etiladi.

Reytingning asosiy maqsadi – tadbirkorlarni ixtiyoriy ravishda qonunchilikda belgilangan me’yorlar bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishiga undashdir.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 15-aprelga qadar mol-mulk va yer soliqlarini to'lashni unutmang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

📌Azamat Oxundi. Teleradio boshlovchisi

15-aprelga qadar mol-mulk va yer soliqlarini to'lashni unutmang!


♻️Soliq kodeksining
423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.
10:00:00-11:00:00
RADIO 24
📻 O‘zbekiston 24 radiosi

🎙Xabarlar dasturi

📈 “Mahallabay” ishlash tizimi samara bermoqda.

🎤Bu haqda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar sho‘basi bosh inspektori Zulayxo Musurmonova ma’lumotlari.
Jismoniy shaxslardan undirilgan mol-mulk va yer soliqlarining 10 foizi “Mahalla budjeti”da qoladi

📃“Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ga ko‘ra,

🗓2024-yil 1-yanvardan boshlab barcha tuman va shaharlarda “Mahalla budjeti” tizimi amaliyotga joriy etildi.

❇️Xususan, Toshkent viloyatida joriy yilda “Turar joy ob’ektlari hisobidan 480,9
mlrd.so‘m mol-mulk va yer soliqlari undiridishi va Mahalla byudjeti ixtiyorida qoladigan summa 48,1 mlrd.so‘mni tashkil etadi.
#nazorat_tadbirlari

🔰Bozor - yurt ko‘zgusi sifatida azaldan qadrlanadi. Biroq, bozorda tartib bo‘lmasa, ko‘rki buzilsa fayzu- barakasiga ham ziyon yetadi.

📍Angren shahrida bozor atrofida savdo nuqtalarini tartibga keltirish ishlarini olib borilishiga qaramasdan, hamon ko‘chada, yo‘laklarda savdo qilish davom etyapti. Bugun ushbu savdo nuqtalarining qonuniyligi o‘rganildi.

☑️Angren shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i rahbarligida ishchi guruh a’zolari "Navoiy", "O‘zbekiston Mustaqilligi" ko‘chalarida savdo-sotiq faoliyatini tartibga solish, soliq tushumi bilan bog‘liq jarayonlarini o‘rgandilar.

🔺Unda noqonuniy savdo faoliyatiga qonuniy tus berish tartiblari va yashirin iqtisodiyotning salbiy oqibatlari tushuntirildi.