Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.1K photos
1.65K videos
110 files
3.69K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#obodonlashtirish

♻️Olmaliq shaxar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari tashabbusi bilan mahalla xodimlari hamkorligida "Zarbuloq" MFY "Ma’rifat" ko‘chasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroning xonadonida obodonlashtirish ishlari tashkillashtirilib, iftorlik o‘tkazib berildi.

✔️Shuningdek, Ohangaron shaxar 4-sektor rahbari va "Qo'rg'on" MFY mutasaddilari boshchiligida mahallaning Ohangaron ko'chasida obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

📌 Ushbu ko'chada joylashgan 83-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro xonadonida iftorlik dasturxoni yozilib, mahalla aholisi bir dasturxon atrofiga yig'ildlar. Aholi bilan o'z tomorqa yerlaridan unumli foydalanish bo'yicha tushuntirishlar ham berildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #soliq_hisoboti

2024-yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha videoqo‘llanma

QQS hisobotining paket kodi: 10006_41

👉YouTube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#imtiyoz

2024-yilda ayrim sohalarni rivojlantirish va aholini qo‘llab-quvvatlash uchun tatbiq etilgan imkoniyatlar

👉 Dividendlar va foizlar shaklida daromadlar uchun soliq imtiyozlari amal qilish muddati
uzaytirildi.

👉 "Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi”da ishtirok etadigan tijorat banklarining ayrim daromadlari foyda solig‘ini hisoblab chiqarish maqsadlarida chegiriladigan xarajatlar sifatida
e’tirof etiladi.

👉 “Izlanish va rivojlanish” markazlari mol-mulk va yer soliqlari summasini 1 %ini, shuningdek ijtimoiy soliqni 1% miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha
to‘laydi.

👉 Qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir hamda nodir yer elementlarini, uglevodorod xomashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslarga nisbatan maxsus
renta solig‘i solinmaydi.

👉 Xalqaro moliya institutlari qarzi hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovar (xizmat)lar QQSdan
ozod qilindi.

👉 Mikrofirmalar va kichik korxonalarga JShODS va ijtimoiy soliq bo'yicha
imtiyozlar berildi.

👉 Turizm markazlaridagi chakana savdo shoxobchalaridan sotib olingan ayrim tovarlar uchun Tax Free
qoʻllaniladi.

👉 Elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga foyda va mol-mulk soligʻi stavkasi 50%ga
kamaytirildi.

👉Choʻl hududlarida kurort zonalari va tematik bogʻlar tashkil etish uchun foyda, mol-mulk va yer solig'i bo'yicha
imtiyozlar berildi.

👉 Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotini qurish uchun foyda soligʻi imtiyozi
berildi.

👉
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslarga yana 4 ta mahsulot xaridi uchun QQS qaytariladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatda Navro‘z sayllari boshlandi

🌷Yangilanish, yosharish va ezgu amallar bayrami sifatida qadr topib kelayotgan Navroʻzni bu yil ham viloyatimiz ahli o'zgacha orzu-umid, shukuh bilan qarshilayapti.

☘️Yangiyo‘l shahrida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” bosh g‘oyasi asosida boshlangan Navro‘z sayllari ham ana shu amallar debochasidir.
Piskent tumanida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni

‼️2024- yilning yanvar oyida Piskent tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan Tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha umumiy korxonalar soni:

☑️Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 794 ta

☑️Xususiy korxonalar – 105 ta

☑️Oilaviy korxonalar – 47 ta

☑️Xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar – 30 tani tashkil etdi.
#barqarorlik_reytingi

🔰Avval xabar berganizday, O‘zbekistonda 2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etildi.

‼️Quyi Chirchiq tumani soliq inspeksiyasi mutasaddilari tumandagi “KIDS BOLAJON” nomli bolalar bog‘chasida bo‘lib, reyting bo‘yicha 23 ta mezon belgilanganligi, tadbirkorlik subyektlari faoliyati umumiy, ballarni kamaytiruvchi va qo‘shimcha ball beruvchi ko‘rsatkichlar asosida baholab borilishi haqida tushunchalar berishdi.

❇️Shuningdek, yuqori reytingga ega tadbirkorlarni rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi soliq imtiyozlari va qo‘shimcha preferensiyalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar ham berildi.
Xatlov tadbirlari davomida 134 mlrd so‘m soliq qarzdorligi undirildi

🔰Toshkent viloyati soliq boshqarmasi “Soliq qarzini undirishni tashkil qilish” bo‘limi xodimlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan, soliq qarzdorligi mavjud bo‘lgan korxonalar hamda qarzdorligi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarida xatlov tadbirlari olib borilmoqda.

☑️Joriy yil yanvar-mart oylarida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida viloyat bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq qarzdorligi hisobidan 134 mlrd so‘m miqdoridagi soliq to‘lovlarni undirildi.

♻️Shuningdek, ushbu davrlarda qarzdorligi yuqori bo‘lgan 355 dan ortiq subyektning qariyb qiymati 45
mlrd.so‘mdan ortiq transport vositalari, bino-inshootlari va boshqa mol-mulklari xatlovga olindi.

📌 Quyichirchiq tumandagi “TCT Fish Cluster” MChJning 278 mln soliq qarzdorligi hisobiga jamiyatga tegishli bo‘lgan noturar binolari va avtotransport vositalariga xatlash bilan birga 330
mln.so‘m (joriy qarzdorliklari bilan birgalikda) to‘lovlar undirildi.

🚘 Bundan tashqari Toshkent tumanidagi “Muhammad Yusuf trans”MChJ ning 98
mln.so'm soliq qarzi hisobiga (KIA Sportage rusumli) avtotransport vositasi xatlanib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qoʻyildi.