Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.2K photos
1.66K videos
111 files
3.73K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#savol_javob

-Jismoniy shaxsning soliq qarzi uning mol-mulki hisobidan undirilishi mumkinmi

🟠 Agar jismoniy shaxs soliq to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmagan bo‘lsa va soliq qarzi umumiy summasi 1 million so‘mdan oshsa, soliq organi soliq qarzini ushbu jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.

Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish qonuniy kuchga kirgan sud qarori asosida quyidagilarga nisbatan ushbu ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

🔸bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lariga;

🔸 naqd pul mablag‘lariga;

🔸boshqa shaxslarga shartnoma bo‘yicha egalik qilishga, foydalanishga, tasarruf etishga berilgan mol-mulkka, ushbu mol-mulkka doir mulk huquqi ularga o‘tmagan holda, agar soliq majburiyati ijrosini ta’minlash uchun bunday shartnomalar bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa;

🔸 boshqa mol-mulkka, bundan qonunchilikka muvofiq belgilanadigan jismoniy shaxsning yoki uning oilasi a’zolarining kundalik shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan mol-mulk mustasno.

❗️Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirishda yuqorida keltirilgan ketma-ketlikni buzishga yo‘l qo‘yilmaydi.


📌Soliq qarzi jismoniy shaxsning pul mablag‘lari ko‘rinishida bo‘lmagan mol-mulki hisobidan undirilgan taqdirda, soliq qarzi bunday mol-mulk realizatsiya qilingan va undan kelib tushgan summalar hisobidan to‘langan paytdan e’tiboran to‘langan deb hisoblanadi.

🔗Mazkur mol-mulk xatlab qo‘yilgan kundan e’tiboran va tushgan summalar budjet tizimiga o‘tkazilgan kunga qadar soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun penyalar hisoblanmaydi.

Soliq kodeksi 125-modda
#savol_javob

Men mol-mulk mulkdori emasman, shunchaki foydalanaman, menga soliq chiqishi mumkinmi?

‼️Javob:Soliq kodeksining 418-moddasiga asosan, agar mol-mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bo‘lmasa, shuningdek ko‘chmas mulk mulkdori vafot etgan taqdirda, bu mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo‘lsa, o‘sha shaxs soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi
.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #soliqlarni_tolash

15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni

Ushbu soliqlarini "
Soliq" mobil ilovasida tez va oson to‘lashingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #imtiyoz

🏘 Kimlar 60 kv.m doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilingan?

▫️10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalardan biri;
▫️pensionerlar;
▫️I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar.

Mazkur imtiyoz mulkdorning tanloviga koʻra faqat bitta yashash uchun moʻljallangan koʻchmas mulk obyektiga tatbiq etiladi.
👉Soliq kodeksi 421-modda

❗️Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ini 15-oktabrga qadar to‘lashi lozim.
👉Soliq kodeksi 423-modda

🎞 YouTube'da ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Viloyat 4-sektor rahbari Quyi Chirchirqda sayyor qabul o‘tkazdi

🔰Bugun Toshkent  viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektori rahbari Alovitdin  Inagamov obod honadon, obod ko‘cha, obod mahalla tamoili asosida Quyi Chirchiq tumanining  Ko‘ksaroy mahalla aholisi  bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

📍Sayyor qabulda tuman sektorlar rahbarlari, mutasaddi idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdilar.

⚡️Aholi bilan muloqot davomida elektr energiyasi, ichimlik suvi, bolalar maydonchasi qurish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, davolanishga amaliy yordam berish, bandlikni ta’minlash kabi ko‘plab masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.

☑️Qabulda 80 nafar fuqarodan 30 yaqin mummolar eshtilib 10 ta murojaat joyida hal etildi. 
   
‼️Muddat talab etadigan  muammolar nazoratga  olinib  tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Davlatimiz rahbari raisligida mahallalardagi "yettilik tizimi" faoliyatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tgan videoselektor yig‘ilishi bo‘yicha joylarda samarador ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, viloyatning O‘rta Chirchiq tumani "Burgalik" mahallasida 10 yildan buyon savatchilik faoliyati bilan shug'ullanib kelayotgan oilalar bugun aynan mahallabay ishlash tizimini yanada rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash borasida o'z hissalarini qo'shib kelmoqdalar.
Toshkent viloyatining qaysi hududida mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni ko‘proq?

2023- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra viloyatimizda jami 30 160 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda. Ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

Oqqo‘rg‘on tumani – 719 ta
Ohangaron tumani– 858 ta
Bekobod tumani– 922 ta
Bo‘stonliq tumani– 1 281 ta
Bo‘ka tumani– 962 ta
Quyi Chirchiq tumani– 851 ta
Zangiota tumani– 3 705 ta
Yuqori Chirchiq tumani– 1 505 ta
Qibray tumani– 2 811 ta
Parkent tumani– 1 461 ta
Piskent tumani. – 759 ta
O‘rta Chirchiq tumani– 1 235 ta
Chinoz tumani– 809 ta
Yangiyo‘l tumani– 1 509 ta
Toshkent tumani– 2 064 ta
Nurafshon shahri– 742 ta
Olmaliq shahri– 1 265 ta
Angren shahri– 1 753 ta
Bekobod shahri– 998 ta
Ohangaron shahri– 841 ta
Chirchiq shahri– 2 079 ta
Yangiyo‘l shahri– 1 076 ta
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰Kasblar ichida eng ulug‘i ustoz, murabbiylikdir.

Darhaqiqat, o‘qituvchi eng mas’ul vazifani ado etadi - u insonni shakllantiradi. Mashaqqatli yo‘ldan borar ekan, Ustoz degan ulug‘ va sharafli nomni oqlash uchun tinmay izlanadi.

Muhtaram ustozlar sizlarni 1-oktabr Ustozlar va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. Har doim shogirdlaringiz erishayotgan yutuqlardan zavqlanib yuring.

Qadrli ustoz - murabbiylar Siz yuksak shon-sharaflarga loyiq kasb egasisiz!

Hurmat bilan,

A.Inagamov,
Toshkent viloyati
soliq boshqarmasi
boshlig‘i
#tabrik #1oktabr

Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz ustozlar!

Hurmatli ustozlar, Sizlarni,
Siz orqali oʻzining ilmi, salohiyati va kuch-gʻayratini taʼlim-tarbiya berishdek sharafli va masʼuliyatli kasbga bagʻishlagan barcha fidoyi insonlarni bugungi ulugʻ bayram – 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Sizlar dunyodagi eng bebaho boylik va boqiy merosni yosh avlodga yetkazish yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan ulugʻ kasb egasisizlar.

Har birimiz qaysi sohada, qanday martabada boʻlsak ham biz erishgan yutuq va muvaffaqiyatlarimiz ustozlarimiz bergan taʼlim-tarbiya samarasidir.

Buning uchun oldingizda hamisha taʼzimdaman.

Darhaqiqat, shogirdlariga puxta bilim berish bilan birga ular ongu shuuriga ezgu xislatlar, mehr-oqibat, odamiylik tuygʻularini singdirishda ustozlarning oʻrni beqiyos.

Chekkan zahmatlaringiz natijasida
bugun Oʻzbekiston farzandlari xalqaro maydonlarda mamlakatimiz shaʼnini munosib himoya qilmoqda. Sizlar borsizki, Vatanimizning munosib himoyachilari yetishib chiqaveradi, yutuqlari bardavom boʻlaveradi.

Ushbu ulugʻ ayyom arafasida fidoyi va jonkuyar ustozlar qatorida Fiskal institut ilmiy tadqiqotlar boʻlimi boshligʻi Z.Kurbanov “Oliy Taʼlim aʼlochisi”, Fiskal institut huzuridagi Buxoro soliq texnikumi direktori Sh.Izzatov “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishi barchamizni birdek xursand qildi.

Fursatdan foydalanib, ushbu yuksak eʼtirof sohiblarini ham soliq xizmati organlari jamoasi nomidan muborakbod etaman.

Hurmatli ustoz va murabbiylar,
barchangizni umumxalq bayrami bilan yana bir bor tabriklayman. Sharafli kasbingiz tufayli hamisha xalqimiz va shogirdlaringiz ardogʻida yuring.

Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#gender_tenglik

Soliq xizmati organlarida ayollar rolini oshirishga bag‘ishlangan seminar-treninglar davom etmoqda

1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Soliq qo‘mitasi huzuridagi o‘quv muassasalari hamda tizim tashkiloti xodimalari uchun "G‘azalkent" sog‘lomlashtirish markazida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treningda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuhamedova ishtirokida "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Shuningdek, qiziqarli sport mashg‘ulotlari, "Zakovat" intellektual o‘yini hamda boshqa madaniy tadbirlar o‘tkazildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 3-oktabr

2023-yil uchun:


- qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan soliq davri uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 7-qism).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️3 октября 2023 года - последний день

за 2023 год:

- уплаты налога за пользование водными ресурсами сельскохозяйственными предприятиями за налоговый период в размере 70% от годовой суммы налога, определенной налоговыми органами
(ч.7 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Soliq tizimi mahalla darajasida:
Ilk natijalar - 470 nafar tadbirkor faoliyati tiklandi, uch mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratildi.


🔰Prezidentimiz tomonidan soliq organlari xodimlari oldida qo‘yilgan aniq vazifalardan kelib chiqib, Toshkent viloyatida ham soliq organlariga yuklatilgan vazifalarni mahalla darajasida tashkil etib, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ularning faoliyatini kengaytirish va daromadlarini oshirish hisobiga soliq bazasini ko‘paytirish yuzasidan manzilli ishlar tashkil etilmoqda.

⚡️Raqamlar bilan aytadigan bo‘lsak, viloyatdagi 1025 ta mahallaga 509 nafar soliq xizmati xodimlari biriktirildi. Endilikda ular mahallalarda soliq ma’murchiligi borasida jami 14 ta yo‘nalishda ish olib boradilar.

Jarayonni ko'zdan kechirish maqsadida Vazirlar Mahkakasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O.Fayziboev Toshkent viloyatining shaxar va tumanlarida bo'lib, mahallalarga biriktirilgan soliq xizmati xodimlari bilan uchrashdi.

☑️Tashkil etilgan uchrashuvda yig‘ilganlarga yangi tizimning maqsad va vazifalari keng tushuntirib berildi.

📍Xususan, mahallaga biriktirilgan xodim birinchi galda:
〽️• Hududidagi soliq solish obyektlarini to‘liq hisobga oladi;
〽️• Soliq sohasida maslahatlar berish, soliq xizmatlarini ko‘rsatish, jumladan soliq to‘lovchilarga soliq hisobotlarini avtomatlashtirilgan tizim orqali shakllantirishga yordam beradi;
〽️• Tadbirkorlarga faoliyatini qonuniylashtirishda yordam beradi, shuningdek, ular bilan profilaktika ishlarini olib boradi;
〽️• Qo‘shimcha manbalarni aniqlash hisobiga mahalliy byudjetga tushumlarni ko‘paytirish choralarini ko‘radi;
〽️• Norasmiy mehnat faoliyatini yuritish holatlarini aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi.

❗️Uchrashuvda ta’kidlanganidek, mahallaga biriktirilgan xodim tadbirkorlik sub’ektlarining muammolarini mahallaning o‘zida hal etish choralarini ko‘rib, past quvvatda ishlayotgan korxonalarda mavjud imkoniyatlarni o‘rgangan holda tovar aylanmalarini oshirish va faoliyatini kengaytirish hamda faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini qayta tiklashga ko‘maklashadi.

♻️Aytish kerakki, hozirda  viloyatda 672 nafar yangi yakka tartibdagi tadbirkorlar ro‘yxatga olinib, 470 ta faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlar faoliyati qayta tiklandi. 3 232 nafar norasmiy ishlayotgan fuqarolar legalizatsiya qilindi.

➡️O‘z uyida daromad topayotgan 13747 nafar fuqaro esa o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

🔺Shuningdek, uchrashuv davomida  ishtirokchilarga hududlarga biriktirilgan xodimlar faoliyati samaradorligini baholash (KPI) va natijasiga qarab rag‘batlantirish tizimi haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

Qishloq xo‘jaligi korxonalariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash, hisobotini taqdim etish tartibi va to‘lov muddatlari

🔹
1-oktabrga qadar – soliq summasi soliq organlari tomonidan belgilangan soliq stavkalaridan* kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun avvalgi soliq davrida** foydalanilgan suv hajmining 70 foizi miqdorida aniqlanadi.

Avvalgi soliq davrida qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan foydalanilgan suvning hajmi to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq summasi suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv iste’moli normativlari bo‘yicha aniqlanadi.

🔹15-dekabrdan kechiktirmay – joriy soliq davrida foydalanilgan suv hajmi bo‘yicha soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha soliq organlariga taqdim etiladi.
👉
Soliq kodeksi 447-modda

Toʻlov muddatlari:
🔸 1-oktabrga qadar – soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizi;
🔸 15-dekabrga qadar – soliqning qolgan summasi.
👉 Soliq kodeksi 448-modda

*Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun foydalaniladigan 1 kub metr suv hajmi uchun soliq stavkasi 45 so‘m.
👉
Soliq kodeksi 445-modda
**Kalendar yil – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq davri hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 446-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads