Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.51K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#tashrif

Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Davlat soliq qo‘mitasiga tashrif buyurib, soliq sohasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Muhtaram Prezidentimiz so‘nggi yillarda soliq maʼmuriyatchiligining tubdan o‘zgarayotganligini qayd etib, erishilayotgan natijalar ortida davlat soliq xizmati xodimlarining mashaqqatli va sermahsul mehnati borligini taʼkidladilar.

Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat asosida sohada tub islohotlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, Davlatimiz Rahbari navbatdagi muhim vazifalarni belgilab berdilar.

Jumladan, Soliq organlari xizmat ko‘rsatishga transformatsiya qilinganini taʼkidlab, endilikda soliq xizmati organlari tadbirkorga ko‘makchi, maslahatchi va yordamchi bo‘lishini oldimizdagi eng muhim vazifa etib belgilab berdilar.

Hurmatli Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi so‘zsiz taʼminlanadi va biz soliq organlari transformatsiyasini davom ettiramiz. Bunda tadbirkorlarimizga ko‘makchi bo‘lish asosiy tamoyil bo‘lib saqlanib qoladi va bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Prezidentimizning Davlat soliq qo‘mitasiga shaxsan tashrif buyurib, soha xodimlari bilan yuzma-yuz uchrashishini butun soliq tizimining yuksak darajadagi eʼtirofi deb bilamiz. Bunday eʼtirof o‘z navbatida bizga katta masʼuliyat yuklaydi.

Men, o‘z navbatida, davlat soliq organlarida sidqidildan samarali mehnat qilayotgan barcha xodimlarga, ayniqsa, soliq metodologiyasi, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, soliq nazoratini amalga oshirish, shuningdek, zamonaviy IT texnologiyalarini joriy etishda jonbozlik ko‘rsatayotgan xodimlarga alohida minnatdorligimni bildiraman.

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi
#uzumchilik
#mahallabay
#ohangaron
Ohangaronda “anjanchasiga” uzum yetishtiriladi.

Ohangaron tumani 4-sektor hududidagi “Qoraxtoy” hamda O‘zbekiston mahallasi Andijon viloyati Buloqboshi tumani namunasi bo‘yicha "Voyish" usulida uzum yetishtirish ishlarini amalga oshirish uchun tanlab olindi.

❇️4-sektor rahbari hamda mahalla follari hamda bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida olib boriladigan mazkur ishlar to‘g‘risida ko‘chaboshilariga to‘liq ma’lumot berildi.

📌Ushbu tashabbus, dastlab, “Qoraxtoy” mahallasining “Mustaqillik” hamda “O‘zbekiston” mahallasining “Oqtosh” ko‘chalarida olib boriladi. Bu borada so‘rtoklar qurish va ommaviylashtirish bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari amalga oshiriladigan bo‘ldi.

📌Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, “Qoraxtoy” hamda O‘zbekiston mahallalari uzum yetishtirish bo‘yicha tumandagi eng ilg‘or, o‘z an’analariga ega bo‘lgan mahallalaridan biridir.

💥Ayni paytda 500 dona "Voyish" usulida birinchi uzum ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

✔️Aytish joiz, mazkur mahallalarda uzum yetishtirish anchadan buyon yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, endilikda mahalla ko‘chalarida ham “Voyish” usulida uzumlar yetishtiriladi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
#Nurafshon

Soliqchilar uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ОАВ_биз_ҳақимизда
#Нурафшон_ТВ

Сумалак сайли - элни бирлаштирувчи удум

Митан маҳалласида нуроний онахонлар иштирокида бўлиб ўтган сумалак сайли Нурафшон ТВ нигоҳида.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha ta’lim tashkilotida Navro‘z bayrami nishonlandi.

🌹Navro‘z aynan barkamol avlodni ma’nan kamolga yetkazuvchi, qalbimizga yoshlik ufuruvchi bayramdir.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab Navro‘z sayllari zo‘r shodiyona bilan tashkillashtirilmoqda.

🌺Ohangaron tumanidagi 4-sektor hududiga qarashli 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ham “KEL NAVRO‘ZIM!” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔰Mazkur tadbirda 4-sektor mutasaddilari, mahalla faollari hamda ota-onalar ishtirok etdilar.

‼️Bayram tadbirida tarbiyalanuvchilar tomonidan milliy qadriyatlarimiz aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari ijro etildi.

✳️Shuningdek, bolajonlarimiz tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar va raqslar ko‘tarinki kayfiyat baxsh etib, barchaga manzur bo‘ldi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
DSQ raisi o‘rinbosari Toshkent viloyati soliq to‘lovchilari bilan uchrashdi.

🔰Prezidentimizning Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida soliq to‘lovchilarga amaliy yordam berish, “Soliqchi ko‘makchi” tamoyiligi asosida ishlarni yanada faolllashtirish, shu jumladan soliq ma’murchiligi, yangicha soliq hisobotini hamda o‘zgarishlarni soliq to‘lovchiga yetkazish va o‘rgatish bo‘yicha joylarda bevosita uchrashuvlar tashkil etish vazifasi belgilangan edi.

‼️Davlat rahbarining ko‘rsatmasiga binoan davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilar bilan uchrashuvlar, amaliy seminarlar o‘tkazish ishlari yanada keng masshtabda boshlab yuborildi.

✳️Xususan, bugun Davlat soliq qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari O. Fayzibоev Toshkent viloyatining Chinoz, Quyichirchiq, Yangiyo‘l tumanlari, va Yangiyo‘l shahar soliq to‘lovchilari bilan uchrashdi.

Yangi yo‘l tumanida tashkil etilgan bevosita muloqot davomida soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar, yangicha soliq hisobotini yuritish hamda soliq to‘lovchilarning huquqlari va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida so‘z yuritildi.

✔️Tadbir davomida qatnashuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob oldilar. Ochiq muloqot, munozara va muhokamalar tarzida o‘tkazilgan uchrashuv ishtirokchilarda katta ta’surot uyg‘otdi.

📌Eslatib o‘tamiz, bugun kunning ikkinchi yarmida Davlat soliq qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari O. Fayzibоev Bo‘ka tumani hokimligida Bekobod, Bo‘ka, Piskent, Oqqo‘rg‘on tumanlari va Bekobod shahar soliq to‘lovchilari bilan uchrashadi.

‼️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
#onlayn_seminar #QQS

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

“Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotini to‘ldirish bo‘yicha tavsiyalar va ko‘p uchraydigan savollarga javoblar”
mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://www.youtube.com/watch?v=GTdKGEKNjuM
______________
#онлайн_семинар #НДС

❗️Уважаемые налогоплательщики

Начался онлайн семинар-тренинг на тему "Отчетность по налогу на добавленную стоимость: рекомендации и ответы на частые вопросы".

🌐 Ссылка на семинар 👉https://www.youtube.com/watch?v=GTdKGEKNjuM

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NT__NURAFSHON_XABARLARI_PISKENT TUMANI16_03_2022_19_00.mp4
DSQ raisi o‘rinbosarining Toshkent viloyati soliq to‘lovchilari bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

✔️Kunning ikkinchi yarmida Bo‘ka tumanida tashkil etilgan uchrashuvda joriy yilda soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida so‘z bordi.

Bo‘ka tumanida tashkil etilgan mazkur tadbirda ham Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O. Fayziboyev ishtirok etib, soliq qonunchiligidagi yangiliklar yuzasidan yig‘ilganlarga ma’lumot berib o‘tdi.

‼️Bekobod, Bo‘ka, Piskent, O‘qqo‘rg‘on tumanlari hamda Bekobod shahrining soliq to‘lovchilari ishtirok etgan uchrashuvda soliq ma’muriyatchiligiga oid dasturiy mahsulotlarni yanada takomillashtirishga doir joriy etilgan so‘nggi o‘zgarishlar haqida ham batafsil axborot berildi.

👉Bevosita muloqot davomida tadbirkorlik sub’yekti vakillari o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga murojaat qilib, ulardan atroflicha javob oldilar.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.