Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
122 files
4.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
4-sektor hududida ma’naviy-ma’rifiy tadbir.

🔰Kuni kecha Ohangaron shahar 4-sektor hududi "Navbahor" MFYdagi 7-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabda "Milliy qadriyatlar-iftihorimiz" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

❇️Tadbirga O‘zbekiston Davlat horeografiya akademiyasining"Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha" prorektori M.G‘ofurov, horeografiya o‘qituvchisi Sh.Xudoynazarovalar qatnashib 5-6-7-8-9-sinf o‘quvchilari ishtirokida "Horeografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatdagi faolligini oshirish" loyihasi asosida bolalar bilan kuzatuv olib borishdi.

♻️Tadbirda o‘quvchilar ijrosida "Alla", "Kelin salom", "Mehmon kutish va salomlashish odobi" mavzusida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda milliy raqs va milliy qo‘shiqlar kuylandi.

Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan ushbu tadbir so‘ngida o‘quvchilar mehmonlar bilan milliy kuy-qo‘shiqlarga raqsga tushdilar.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#Bekobod_tumani
#4_sektor   #Obodlik_sari

🌿Bahor yaqinlashib kelar ekan, yurtimizning har bir manzilida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal tus oladi.

🏘Shunday manzillardan biri Bekobod tumanining Farhod mahallasi bo‘lib, ayni damda mahallada sektor rahbari va tegishli mutasaddilar boshchiligida mahalla faollari ishtirokida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Zero, yurt obodligi yo‘lida qilinayotgan ishlarning barchasi vatan ravnaqiga qo‘shayotgan xissamizdir

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
#Angren

🔰Ma’lumki, joriy yilning 16 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida chorvachilik sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

✳️Yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan qo‘y-echkilar sonini keskin ko‘paytirib, aholini jundan mahsulot to‘qib, daromad topishga ko‘maklashish muhimligi ta’kidlandi.

🖇Bu borada Angren shahrida ham ularni yo‘lga qo‘yish topshirig‘i berildi.

⚡️Shu kunlarda Angren shahridagi olis va tog‘li hududlarda hamda shahardan chekkada joylashgan mahallalarda sektorlar rahbarlari, hokim yordamchilari tomonidan ushbu yo‘nalish chuqur o‘rganilmoqda.

🔎Xususan, Angren shahridagi "8 Mart" mahallasida ham jun mahsulotlarini to‘qish bilan shug‘ullanadigan oilalar aniqlandi va ularga 4-sektor rahbari tomonidan zarur ko‘rsatmalar berildi.

✍️Toshkent viloyati DSB axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 AOKAda Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Dildora Xashimova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda “Keshbek”, "Soliq hamkor" tizimi va soliq tekshiruvlari mavzusi bo‘yicha aholi va tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushayotgan savollarga javoblar berildi.

👉Brifingni to‘liq tomosha qilish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
🔰Bugun, Zangiota tumani Davlat soliq inspeksiyasida Toshkent viloyati DSB boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Imamov rahbarligida Zangiota tumani DSI mas’ul xodimi B.To‘ychievning 60 yillik tavallud kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

✳️Tadbirda Sh.Imamov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.Qudbiyev tomonidan Baxtiyor To‘ychievning 60 yillik tavallud kuni bilan qutlab yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi va so‘ngra ushbu tavallud kun munosabati bilan Zangiota tumani DSI rahbariyati tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari topshirildi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiyo‘l tumanida aholi bandligi ta'minlanmoqda.
Toshkent viloyati fuqarolari 923 mln.so‘mdan ortiq keshbek yig‘di.

🔰Bugungi kunda xarid qilingan tovar (xizmat)lar qiymatidan 1% keshbekka ega bo‘lish imkoniyati iste’molchilar orasida tobora ommalashib bormoqda.
✔️Xususan, mazkur tizim amaliyotga joriy etilgach, birgina Toshkent viloyatida
- keshbek olish uchun 40245 ta QR-kodli chek ro‘yxatga olindi;
- jami keshbek summasi 923 mln.so‘mdan ortiqni tashkil etdi;

❇️Ma’lum qilinishicha, “Soliq” mobil ilovasida 473 dan ortiq yangi foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi.

Buni intizomli soliq to‘lovchilar safi kengayib borayotgani hamda onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish ustidan jamoatchilik nazorati kuchaygani bilan izohlash mumkin.

‼️Bundan tashqari, Toshkent viloyati soliq organi xodimlari tomonidan sotib oluvchiga cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek, identifikatsiya qilish vositalari bilan majburiy raqamli markirovka qilish nazarda tutilgan mahsulotlarda qalbaki markirovka qo‘llanilganligi yoki markirovka mavjud emasligi to‘g‘risida “Soliq hamkor” dasturi orqali soliq organlariga xabar bergan jismoniy shaxslarga huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasining 20 foizi miqdorida mukofot to‘lanishi to‘g‘risida tadbirkorlik sub’ektlariga tushuntirishlar berilmoqda

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#keshbek
#jamoatchilik_nazorati

Yana 15 mingdan ortiq iste'molchiga keshbek to‘lab berildi

23-fevral kuni 86,7 ming nafar iste’molchiga 15,1 mlrd so‘m keshbek to‘lab berilgani, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining soliq hisobotlaridagi kamchiliklar sabab o‘tgan oy uchun hisoblangan 5,4 mlrd so‘mdan ortiq keshbek to‘lanmasdan qolganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

📊 11 839 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, kamchiliklar tuzatilishi hamda ularning qarzdorligi kamayishi bo‘yicha o‘zgarishlar inobatga olinib, qolgan keshbek summalari ham to‘lab berilmoqda.

Bugun yana 15 043 nafar iste'molchilarga 749,5 mln so‘m keshbek to‘lab berildi va jami keshbek olganlar soni 101778 nafarga, keshbek summasi esa 15,9 mlrd so‘mga yetdi.

Shundan 15:00 holatiga
33 mingdan ortiq fuqaro 7,8 mlrd so‘m keshbek summasini bank kartasiga o‘tkazdi.

❗️Fevral oyida yig‘ilayotgan keshbek summasi mart oyining 21-25-sanalarida to‘lab beriladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram