Bo‘ka tumanidagi Bo‘ka mahalla fuqarolari o‘z ko‘chalarida bunyodkorlik ishlariga guvoh bo‘lmoqdalar.
🔰Ta’kidlash kerakki, Davlatimiz rahbari tomonidan mutasaddilarga infratuzilmasi hamda ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan 1071 ta aholi puktlarini obodonlashtirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilgan edi.
✳️Prezident topshirig‘iga asosan, bu muammolarni kompleks hal etish maqsadida vazirlik va idoralar rahbarlaridan Respublika ishchi guruhi tuzildi. Toshkent viloyatining eng chekka hududida joylashgan “Bo‘ka” mahallasi ana shunday keng ko‘lamli dasturni amalga oshirishning birinchi manzilidir.
✔️Xususan, qator tashkilotlar hamda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi 4-sektor rahbari ko‘magida «Guliston», «Mevazor», «Erxonovul», Alxajar» hamda “Jo‘raobod” qishloqlaridagi yo‘llarni tekislash uchun yuzlab mashinalarda sheben, shag‘al olib kelindi. Mazkur qishloqlardagi yo‘llarni tekislash shunchaki shag‘al, qum to‘shash emas, balki bu yerda maxsus texnologik usullar tadbig‘ etildi.
✅Aytish joiz, Bo‘ka mahallasining obod etilishi natijasida hudud qiyofasini o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan 12,5 km ta’mirtalab yo‘llar tekislanadi.
✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.

Hokim yordamchisi faoliyatidan.
🔰Zangiota tumani 4-sektor tasarrufidagi 19 ta MFYlarning har birida ham hokim yordamchisi lavozimi joriy etilgan.
❇️"Ibrat" MFYda ushbu lavozimda izlanuvchan, intiluvchan, tashabbuskor Mashrab Qodirov faoliyat yuritmoqda. 4-sektor rahbariyati, xodimlari bilan mahallada tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish ishlarida yaqindan ko‘mak berilmoqda.
✳️Misol tariqasida oladigan bo‘lsak, Amir Temur shoh ko‘chasi 54 xonadonda istiqomat qilayotgan, 67 yoshni qarshilagan, tinib-tinchimas To‘ychi G‘ofurovni ko‘p yillik hayotiy tajribasi, jumladan jo‘ja parvarishini sir-asrorlarini puxta bilganligi bois, unga Zangiota tumani 4-sektor rahbariyatining tashabbusi bilan har birining sig‘imi 500 talik bo‘lgan, 21 kunda bir varakayiga 2,5 ming dona jo‘ja yetishtirib beradigan inkubatorlar olib berildi.
‼️Ammo, To‘ychi aka va uning oila a’zolari jo‘ja parvarishi bilan qoniqib qolmasdan, uylarida zotdor qo‘chqorlar yetishtirish, avtomobil ehtiyot qismlarini jamlash, paxta titish sexini yo‘lga qo‘yish bilan birga, mahalla ahlini jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun trenajyor zalini ham ishga tushirdilar.
💥Mahallada To‘ychi otadek, ishbilarmon, qalovini topib, qor yog‘diradigan tadbirkorlar soni ko‘payib bormoqda.

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#soliq_hamkor
“Soliq hamkor” orqali murojaat qoldirgan fuqarolarning huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi
Xabaringiz bor, joriy yil 1-yanvardan boshlab iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish, shuningdek, ushbu sohada taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni taʼminlash maqsadida soliqqa oid huquqbuzarliklar haqida murojaat yuborgan fuqarolarga undirilgan jarimaning 20 foizini mukofot tariqasida berish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi va buning ilk natijalari eʼlon qilindi.
Afsuski, "Soliq hamkor" orqali kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda tuman davlat soliq inspeksiyalarining ayrim xodimlari tomonidan murojaatchilarning shaxsini aniqlashga urinishlar, murojaatchilar bilan bog‘langan holda arizani rad etish yoki uni qaytarib olishga undash holatlari uchramoqda.
Davlat soliq qo‘mitasi ushbu jarayonda bunday noqonuniy xatti-harakatlarga keskin kurash olib borib, yashirin iqtisodiyotga qo‘l urayotgan tadbirkorlar va mansab vakolatini suiisteʼmol qilayotgan soliq organlari xodimlariga nisbatan keskin choralarni qo‘llaydi.
Hurmatli yurtdoshlar, sizning huquqbuzarliklar haqidagi murojaatingizdan so‘ng, soliq organi xodimi tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar, yaʼni maʼlumotlaringizni ochiqlash yoki murojaatni qaytarib olish talabi qo‘yiladigan bo‘lsa, Davlat soliq qo‘mitasining @dsq_anticorrupciya_bot telegram botiga xabar qilishingizni so‘raymiz!
Unutmang, soliqqa oid turli huquqbuzarliklar haqida xabar berish orqali bozorda tadbirkorlar uchun teng raqobat sharoitini yaratilishiga, qolaversa insofli tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bilan birga, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish hamda yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.
P.S. Kuni kecha DSQ Raisi ayni masala yuzasidan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi. Unda Toshkent shahrida kuzatilgan yuqoridagi holatlar keskin tanqid qilinib, xizmat vazifalarini bajarishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan Toshkent shahar DSB hamda Yakkasaroy va Yunusobod tumani DSIning 7 nafar rahbar xodimlariga nisbatan xayfsan intizomiy jazo choralari qo‘llanilib, maxsus unvonlari bir pog‘onaga pasaytirildi, shuningdek 5 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram