Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
13.2K photos
1.85K videos
119 files
4.42K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
“Alisher Navoiy merosi – millat xazinasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔷Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasida buyuk mutafakkir olim, she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiiy tavalludining 581yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy –ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

✔️Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, olima Farog‘at Xudoyqulova hamda navoiyshunos, shoira Zulxumor Kenjayevalar ishtirok etib, Alisher Navoiy ijodining dunyo sivilizasiyasi, turkiy xalqlar adabiyoti rivojlanishi, o‘zbek adabiy tili shakllanishidagi o‘rni haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Shoira Zulxumor Kenjayevaning Navoiyning davlat arbobi sifatidagi faoliyatiga oid ma’lumotlari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Xususan, Alisher Navoiyning Navoiyning o‘z davrining buyuk mutafakkiri, so‘z ustasi bo‘lishi bilan birga, kishilarga yaxshi so‘z bilan ta’sir eta bilish san’atini juda qadrlovchi, ulug‘lovchi, bunday san’at ustalariga e’tibor qilib, ehtirom ko‘rsatuvchi shaxs bo‘lganliklar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

‼️Navoiyxonlik tadbirida ishtirokchilar tomonidan shoirning o‘zbek tilidagi g‘azallaridan namunalar o‘qildi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Alisher Navoiy merosi – millat xazinasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔷Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasida buyuk mutafakkir olim, she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiiy tavalludining 581yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy –ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

✔️Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, olima Farog‘at Xudoyqulova hamda navoiyshunos, shoira Zulxumor Kenjayevalar ishtirok etib, Alisher Navoiy ijodining dunyo sivilizasiyasi, turkiy xalqlar adabiyoti rivojlanishi, o‘zbek adabiy tili shakllanishidagi o‘rni haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
Toshkent viloyatida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 99 mingdan oshdi.

🔰Davlatimiz raxbari tomonidan aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-sonli qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra o‘zini o‘zi band bo‘lgan fuqarolarni soddalashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha, Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolarga qulayliklar, keng imkoniyat va imtiyozlar berilmoqda.

❇️Qaror qabul qilingandan boshlab, Toshkent viloyatida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 99 043 nafarni tashkil qiladi. 2021-yil davomida viloyat bo‘yicha 56 179 fuqarolar ro‘yxatga olindi.

☑️- Ijtimoiy yo‘nalishlar bo‘yicha – 9 810 nafar;

☑️- Sanoat yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlar – 8 399 nafar;

☑️- Qishloq xo‘jaligi yo‘nilishi bo‘yicha – 19 273 nafar;

☑️- Axborot kommunikatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha – 1 577 nafar;

☑️- Maishiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha – 12 687 nafar va

☑️- Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish faoliyat turlari bo‘yicha - 4 433 nafar ro‘yxatga olinib bandiligi ta’minlandi.

‼️Hududlar bo‘yicha, Bekobod tumanida 3 827 nafar, O‘rtachirchiqda 3 783 nafar, Chinozda 3 258 nafar, Zangiotada 3 223 nafar, Oqqo‘rg‘onda 3 182 nafar, Bo‘kada 3 158 nafar, Angrenda 3 121nafar va Qibrayda 2 976 nafarni tashkil etadi.

📌Joriy yil davomida viloyat bo‘yicha 39 000 nafar fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 8 149 nafar fuqarolar ro‘yxatga olindi.

✔️Ta’kidlash kerakki, soliq organlari xodimlari tomonidan olib borilgan targ‘ibot tadbirlari natijasida eng chekka hududlarda faoliyat yuritayotgan sartarosh, etikdo‘z, novvoy, temirchi, duradgor, tikuvchi kabi 60 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarning bandligi ta’minlanmoqda.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Odamiy ersang — demag‘il odami,
Oniki yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.
Alisher Navoiy.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari Navoiy she’riyati shaydolari.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
“E-ijara” xizmatida 32 mingdan ortiq ijara shartnomasi ro‘yxatga olindi.

🔰“E-ijara”xizmati jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini soliq organlarida masofadan turib ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini beradi.

❇️Mazkur tizim joriy etilgunga qadar yuridik shaxslarning mulk huquqi yoki ijara shartnomalari asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish joyi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganligi tovarlarning nazoratsiz harakatlanishiga va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlarga ayni muddao bo‘lgan. Buning natijasida soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirish qiyinlashgan.

✳️Xizmat sodda va foydalanish uchun qulay. Tizimga ERI kaliti yordamida kirish mumkin. STIR/JShShIR kiritilgandan so‘ng ijaraga beruvchi/oluvchi manzili haqidagi ma’lumotlar avtomatik shakllanadi. Kadastr raqami ko‘rsatilgach, ko‘chmas mulk ob’ekti haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda yuklanadi.

📌Bugungi kunga qadar, Toshkent viloyati davlat soliq organlarida 32705 ta ijara shartnomasi ro‘yxatga olingan. Shundan:

‼️Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomalari-19170 ta

✔️Yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomalari-2975 ta

⚡️Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomalari-4419 ta

💥Jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan shartnomalari-6141 ta

🌱Ayni paytda qolgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan ye-ijara dasturi orqali shartnoma tuzish maqsadida Toshkent viloyati davlat soliq organlari xodimlari tomonidan muntazam ravishda targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM

Savdo jarayonlarida 2D-skaneri yoki shu kabi qurilmalardan foydalanib, vaqtingizni tejang va ortiqcha yumushlardan xalos bo‘ling.

Asosiysi qurilma sizga deyarli tekinga tushadi.

Gap shundaki, onlayn nazorat-kassa texnikasi hamda shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini o'qiydigan 2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalarni sotib olish uchun qilgan xarajatingizni kelgusida to‘laydigan solig‘ingizdan chegirib qolishingiz mumkin (Bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda).

👉Qaysi soliqlardan chegiriladi?

Imtiyoz 2021-yil 4-oktabrdan 2023-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Qibray tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan 4- sektor hududdagi aholi muaommalari o‘rganilmoqda.

Qibray tuman Davlat soliq inpeksiyasi boshlig‘i Sh.Xalmatov navbatdagi 4- sektor hududidagi mahallalarga tayinlangan hokim yordamchilari bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi xonadonlarida bo‘‌ldi.

♻️Jumladan, sektor hududiga qarashli "Uzumzor " mahallasidagi hokim yordamchisi bilan birgalikda ehtiyojmand oilalar bilan suhbatlashib, ularning muammolarini o‘rganildi.

✳️ Bundan tashqari uzumni "Vayish" usulida yetishitirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha xonadonlar bilan suhbatlashib,
kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar rejalashtirildi va vazifalar belgilab olindi.

✍️ Qibray tuman Davlat Soliq inspeksiyasi
4-SEKTOR.

✔️Sektor rahbari, tuman DSI boshligi Ortiqboy Hamdamov  "Uzbekiston" MFYga biriktirilgan hokim yordamchisi D.Boygazov, MFI raisi K.Pulatov hamda sektor ma'sul xodimlari bilan birgalikda hududdagi aholi xonadonlarida
🍇🍇🍇UZUM yetishtirishni tashkil etish masalasi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordilar.

📌Sektor rahbari tomonidan o‘rganilgan xonadon egalariga vayish usulida uzum yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, qo‘shimcha daromad topish maqsadida, o‘z tomorqasidan unumli foydalanish yuzasidan tushuntirishlar va takliflar berildi.

⚡️O‘rganish jarayonida Oqtosh ko‘chasi, 8-uyda yashovchi fuqaro Nortoji Abdiyevning xonadonida buo‘lib, hovlisida yetishtirilayotgan uzumchilik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Ohangaron tuman davlat soliq inspeksiyasi.
#Bekobod_tumani
#4_sektor   #aholi_bilan

⚡️Bekobod tumani 4-sektor rahbari J.Alimov hokim yordamchilari hamda mahalla raislari bilan birgalikda mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, aholini qiynab kelayotgan asosiy muammolar va ularning turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.
📌Barcha o'rganilgan muammolarni tez fursatda hal qilish choralarini ko'rish bo'yicha nazorat o'rnatdi.

✍️Bekobod tumani Davlat soliq inspeksiyasi
🔴Fuqarolarning muammolarini hal etish maqsadida Yangiyo'l tumani 4-sektor hududi ''Sahovat'' MFY aholisi hamda tuman DSI boshlig‘i o'rinbosari X.Begmatov, tuman kadastr boʻlimi rahbari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, mahalla yoshlar yetakchisi ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

🔴Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan koʻtarilgan masalla va muammolar tegishli tashkilotlarga yoʻnaltirish orqali tizimli ishlar belgilab olinishi boʻyicha topshiriqlar berildi.

✍️Yangiyo‘l tumani davlat soliq inspeksiyasi.