Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
122 files
4.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
2024-yil yanvar-aprel oylarida Toshkent viloyati bo‘yicha “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 3 417 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
🔹3 153 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹161 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹6 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹97 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 1444 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.

🔍Murojaatlar asosida 755 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 100,0 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Natijada, huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 2024-yil davomida to‘langan mukofot summalari 1003 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 618,0 mln soʻmga yetdi.
Aholi murojaatlari e’tiborsiz qolmaydi

📌So‘ngi yillarda xalq bilan muloqot qilish, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha tamomila yangi tizimga asos solindi.

⚡️Birgina soliq xizmati organlariga tadbirkorlar va fuqarolar tomonidan turli masalalarda bildirilgan murojaatlar 24 soat davomida uzluksiz ravishda qabul qilinib, ularda ko‘tarilgan masalalar aniq, qonuniy va tezkorlik bilan hal etilmoqda

Xususan, Toshkent viloyati davlat soliq xizmati organlariga yanvar-aprel oylarida jami 24 476 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:

👨💻 21 374 tasi elektron;

💬 2 697 tasi og‘zaki ravishda yo‘llangan.

‼️Bugungi kungacha murojaatlarning

✔️12 888 tasi ijobiy hal etilgan,

🔹137 tasida keltirilgan holatlar tasdiqlanmasdan rad etilgan,

🔎1 453 tasi ko`rib chiqish jarayonida.
#Bilganingiz_foyda

SOLIQ TO`LOVCHILARNING HUQUQLARI

🔸soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari doirasida) amaldagi soliqlar to`g`risida, soliq to`g`risidagi qonunchilikdagi o`zgarishlar haqida, soliqlarni hisoblab chiqarish va to`lash tartibi to`g`risida axborotni, soliq hisobotining va arizalarning shakllarini, shuningdеk ularni to`ldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bеpul olish;

🔸o`z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlarida va boshqa vakolatli organlarda mavjud bo`lgan ma`lumotlarni olish;

🔸Soliq kodеksida bеlgilangan asoslar mavjud bo`lganda va tartibda soliq imtiyozlaridan foydalanish yoxud ulardan foydalanishni rad etish;

🔸soliqlar, pеnyalar va jarimalarning ortiqcha to`langan yoki ortiqcha undirilgan summalarini o`z vaqtida hisobga o`tkazish yoki qaytarish;

🔸Soliq kodеksida bеlgilangan tartibda va shartlarda soliqlarni to`lashni kеchiktirish yoki bo`lib-bo`lib to`lash;

🔸soliq solish ob`еktlarini hisobga olishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va to`lashda o`zlari yo`l qo`ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish;

🔸Soliq kodеksida muvofiq o`z hududida o`tkaziladigan sayyor soliq tеkshiruvini va soliq auditini o`tkazish chog`ida hozir bo`lish;

🔸sayyor soliq tеkshiruvi va soliq auditi matеriallari bilan tanishish, shuningdеk ushbu tеkshiruvlarning dalolatnomalarini olish;

🔸soliq tеkshiruvini amalga oshiruvchi soliq organlariga soliq to`g`risidagi qonunchilikning ijrosiga taalluqli masalalar bo`yicha tushuntirishlar bеrish;

🔸soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining Soliq kodеksida va (yoki) soliq to`g`risidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo`lmagan talablarini bajarmaslik;

🔸soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning normativ tusga ega bo`lmagan hujjatlari hamda qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bеlgilangan tartibda shikoyat qilish;

🔸soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlarning o`rni qoplanishini bеlgilangan tartibda talab qilish;

🔸Soliq kodеksida nazarda tutilgan hollarda, soliq tеkshiruvi matеriallarini yoki soliq organlarining boshqa hujjatlarini ko`rib chiqish jarayonida ishtirok etish;

🔸soliq munosabatlari masalalariga oid o`z manfaatlarini shaxsan yoxud soliq maslahatchilari tashkiloti yoki boshqa o`z vakillari orqali ifodalash;

🔸soliq siriga rioya etish va uni saqlash.

🟢Soliq to`lovchilar Soliq kodеksida va soliq to`g`risidagi boshqa qonunchilik hujjatlarida bеlgilangan o`zga huquqlarga ham ega bo`lishi mumkin.

Soliq to`lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega bo`lish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdеk vakilning ishtirok etishi soliq to`lovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi.

📈Soliq to`lovchilarning huquqlari soliq organlari va boshqa vakolatli organlar mansabdor shaxslarining tеgishli majburiyatlari bilan ta`minlanadi.

Soliq to`lovchilarning huquqlarini ta`minlashga oid majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik O`zbеkiston Rеspublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo`ladi.
#raqamlashtirish
#QQS

Toshkent viloyatida 2024-yil 1-may holatiga maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS to‘lovchilar soni 17 118 taga yetdi.

Bu o‘tgan yilning mos davriga 1 813 taga ya’ni 11,8 % ko‘p.

Mamlakatimizda 2024-yil 1-may holatiga maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS toʻlovchilar soni 191 738 tani tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,2 % ko‘p.

Eng ko‘p QQS to‘lovchilar quyidagi sohalarda:
▫️savdo – 63,2 ming;
▫️qishloq xoʻjaligi – 46,8 ming;
▫️sanoat – 25,2 ming.

QQS to'lovchilarining yuqori o'sish sur'atlari quyidagi sohalarda kuzatilmoqda:
🔹transport – 19,8%;
🔹xizmat ko'rsatish – 12,4%;
🔹axborot va aloqa – 9,7%.
#hamkorlik
#suniy_intellekt

“Raqamlashtirish davrda soliq qonunchiligiga rioya qilish darajasini oshirish – bugun va kelajak” mavzusidagi mintaqaviy seminarning ikkinchi kuni soliq ma’murichiligiga sun’iy intellektni joriy etish va sohani yanada raqamli transformatsiya qilishga bag‘ishlanadi.

XVJ ekspertlarining fikricha, soliq ma'murchiligida sun'iy intellektni tushungan holda qo'llash maxfiylikni saqlash, qonun hujjatlari, kiberxavfsizlik va ma'lumotlar shaffofligini ta'minlash, himoya choralarini ishlab chiqish kabi asosiy fundamental talablarga asoslanadi.

"Sun'iy intellektni boshqarishning aniq mexanizmlarining yo'qligi, Gollandiya va Avstraliya moliyaviy siyosatida qo'llanilgan avtomatik tizimlarning muvaffaqiyatsizligi kabi salbiy oqibatlar keltirib chiqaradi", dedi XVJ eksperti Devid Xedvik.

Sun'iy intellektning innovatsion ilovalari bo'yicha taqdimotlar doirasida soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlarini bajarish yukini kamaytirish, soliq organlari faoliyatining samaradorligi va shaffofligiga erishish imkonini beruvchi ekspert tavsiyalari va sun'iy intelekt modellari namoyish etildi.
____
#сотрудничество
#искусственный_интеллект

Второй день международного семинара "Повышение уровня соблюдения налогового законодательства в цифровую эпоху" посвящен искусственному интеллекту, внедрению ИИ в налоговое администрирование и дальнейшей цифровой трансформации сферы.

По мнению докладчиков - экспертов МВФ, понимание и применение искусственного интеллекта в налоговом администрировании основано на базовых принципиальных требованиях, таких как соблюдение конфиденциальности, действующий юридический документ, обеспечение кибербезопасности и прозрачности данных, а также разработка мер защиты.

"Отсутствие точных механизмов по управлению искусственным интеллектом ведет к негативным последствиям, когда автоматические системы, неудачно примененные в фискальной политике, дают сбой, как это произошло в Нидерландах и Австралии", - отметил эксперт МВФ Дэвид Хэдвик.

В рамках развернутых презентаций по инновационному применению искусственного интеллекта представлены экспертные рекомендации и модели ИИ, позволяющие снизить нагрузку налогоплательщиков при исполнении ими налоговых обязательств, достичь оперативности и прозрачности в работе налоговых органов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#bildirish

📈Aholini favqulodda vaziyatlar, shu jumladan zilzilada to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatuvchi elektron materiallardan foydalanish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilish bo‘yicha foydali elektron materiallar ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalidagi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy vep-sahifasi orqali aholiga ma’lumotlarni keng yoritish va targ‘ibod qilish maqsadida (
https://gov.uz/fvvsections/aholini-favqulodda-vaziyatlarda-togri-harakat-qilishga-orgatuvchi-foydali-havolalar/) “Aholini favqulodda vaziyatlarda to’gri harakat qilishga o’rgatuvchi foydali havolalar” bo‘limi yaratilib, vep-sahifalarga joylashtirildi.

‼️Mazkur havola orqali zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilish borasida barcha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
#deklaratsiya

3-iyun – jismoniy shaxslar tomonidan
2023-yil uchun jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya boʻyicha hisoblangan daromad soligʻini toʻlashning oxirgi kuni.
👉 Soliq kodeksi 398-modda

📲To'lov tizimlari va mobil ilovalarda:

▶️Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i to‘lov kodi – 172;

▶️ jismoniy shaxslarning mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad solig‘i to‘lov kodi – 182.

📌1-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, ushbu kunda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 3-iyunga ko‘chiriladi
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart


Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉
Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️

📲Chek berilmaganligi uchun
Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.
#e_ijara

Toshkent viloyatida Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan soliq organlarida hisobga qo‘yilgan ijara shartnomalari soni 36 476 tadan oshdi

2024-yil 1-may holatiga respublika bo‘yicha soliq organlarida 400 272 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi
hisobga qo‘yildi.
Toshkent viloyatida 2024-yil yanvar aprel oylarida o'tkazilgan sayyor qabullarda 2 016 dan ortiq murojaat hal etildi

🔻2024-yil yanvar-aprel oylarida Soliq xizmati organlari tomonidan Toshkent viloyati bo‘yicha o‘tkazilgan

🔸420 ta sayyor qabullarda 2970 ta murojaat yo‘llangan.
Shundan:
▫️hal etilgan – 2 016 mingta (68%);
▫️tushuntirish berilgan – 630ta (19 %);
▫️o‘rganish jarayonida –301 ta (12%);
▫️rad etilgan – 23 ta (1 %).

Eng ko‘p sayyor qabul o‘tkazilgan hududlar – TOP-3:
📍 Qibray tumani – 24 ta;
📍 Yuqori Chichiq – 22 ta;
📍 O‘rta Chirchiq – 21 ta;
#bilasizmi

Tadbirkorlik subyektlarining toifalari:

🔹 kichik tadbirkorlik subyektlari -
▫️yakka tartibdagi tadbirkorlar;
▫️mikrofirmalar - jami daromadi 1 mlrd so‘mgacha;
▫️kichik korxonalar - jami daromadi 1 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha.
👉
Kichik korxonalar 5 trln so‘mga yaqin soliq to‘lagan

🔹o‘rta tadbirkorlik subyektlari - jami daromadi 10 mlrd so'mdan 100 mlrd so'mgacha;
👉
O‘rta tadbirkorlik subyektlari 4 oyda 10 trln soʻmdan ortiq soliq toʻladi

🔹yirik tadbirkorlik subyektlari - jami daromadi 100 mlrd so'm va undan ortiq.

👉
PF-21-son, 10.02.2023-yil
__________