Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
122 files
4.67K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#raqamlashtirish
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Toshkent viloyatida "AVTOKAMERAL tizimi orqali o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida 720 ta korxona tomonidan ko’paytirishga qayta hisobotlar taqdim etilgan

📈2024-yil yanvar-aprel oylarida o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida respublika bo‘yicha 13 362 ta korxona tomonidan ko’paytirishga qayta hisobotlar taqdim etilgan va 1 070,5 mlrd soʻm soliqlar hisoblangan.
Xususiy korxonalar soni qancha?

Toshkent viloyatida 2024-yil 1- may holatiga 3 715 ta xususiy korxonalar faoliyat koʻrsatayotgan bo‘lib, so‘nggi besh yilning mos davrlarida ularning dinamikasi quyidagicha:

2020-yilda – 6 256 ta

2021-yilda – 6 554 ta

2022-yilda – 6 151 ta

2023-yilda – 4 462 ta

2024-yilda – 3 715 ta
#markirovka

Xaridorlar
Soliq mobil ilovasi orqali mahsulotlarning haqiqiyligini tekshirishi mumkin

Mahsulotlarni noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish va sotish holatlarining oldini olish, alohida turdagi mahsulotlarning qonuniy aylanmasini ta’minlash maqsadida Respublikamizda 2021-yildan boshlab tovarlar bosqichma-bosqich raqamli
markirovkalanmoqda.

Bugungi kunda quyidagi mahsulotlar raqamli markirovkalangan holda sotilishi
lozim:
👉tamaki va alkogol mahsulotlari;
👉pivo;
👉maishiy texnika;
👉dori vositalari va tibbiy buyumlar.
Ushbu mahsulotlarni xarid qilishda markirovkalanganiga alohida e'tibor bering va uni
Soliq mobil ilovasi orqali tekshirishni unutmang. Bu qalbaki va sifatsiz tovarlarga aldanib qolishingizni oldini oladi.

Markirovkani tekshirish uchun Soliq mobil ilovasining "Umumiy xizmatlar" bo‘limidan "Markirovkani tekshirish" tanlanadi. Ochilgan oyna pastki qismidan "Datamatrixni skanerlash" tugmasi bosiladi va kamera mahsulotdagi markirovka kodiga yo‘naltiriladi.

Agar markirovka kodi haqiqiy bo‘lsa:

🔸"Kod haqiqiy" yozuvi;
🔸Mahsulot nomi;
🔸Mahsulot holati (ishlab chiqarilgani, sotuvdaligi yoki sotilganligi);
🔸Qaysi korxona tomonidan qachon ishlab chiqarilgani;
🔸Ulgurji savdo korxonasi qachon sotib olgani;
🔸iste'molchiga qaysi korxona tomonidan qachon sotilgani tog‘risidagi ma'lumotlar ekranda paydo bo‘ladi.
📝"Mahsulot tavsifi" bo‘limi orqali tovar haqida to‘liq ma'lumot olish mumkin.
"Kod haqiqiy emas" yozuvi markirovkaning soxtaligini bildiradi.

Yuqoridagi mahsulotlarda markirovka mavjud bo‘lmasa yoki soxta markirovkalangan bo‘lsa Soliq mobil ilovasining "Soliq hamkor" bo‘limi orqali murojaat qoldiring.

❗️Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Megaloyiha

Rossiya bilan hamkorlikda yana bir yirik loyihaga start berildi

“Chirchiq kimyo industrial texnoparki” ni sanoat maydonlarini kengaytirish maqsadida Nurafshon shahrida ham ana shunday sanoat zonasi tashkil qilinish boshlandi. 

Kelgusida, asosan Rossiya kapitali ishtirokida bu hududga koʻplab yangi loyihalar joylashtiriladi. Va import oʻrnini bosuvchi, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarilishi taʼminlanadi.
Sayyor qabul-muammolarga yechim

🔸Quyi Chirchiq tumani soliq inspeksiyasi mutasaddilari hamda tuman Xalk qobulxonasi xodimlari "Sergeli" MFY aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

♻️Uchrashuvda 32 nafar fuqarolarning 9 nafaridan murojaatlar tushdi.

Murojaatchilarning aksariyati yuk avtomobillari qatnovi, hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik ob’ektlaridan chiqayotgan chang va zararli moddalarni tartibga solish, toza ichimlik suvi, ichki yo‘llarning ta’mirlanishi, tungi chiroklarni o‘rnatilishi hamda kadastr xujjatlarini rasmiylashtirishdagi muammolar haqida bo‘ldi.

✔️Mazkur murojaatlar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi mutasaddilar tomonidan nazoratga olinadigan bo‘ldi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati