Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.53K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yangi qaror mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda


📝Ma’lumki, 2024-yil 16- aprelda Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori qabul qilindi. Joylarda hamkor idora va tashkilotlar ishtirokida qaror mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

📖Qarorga muvofiq, yoqilg‘i-energetika resurslarining 2024-2025-yillarda bosqichma-bosqich o‘zgaradigan yangi narxlari hamda shu yilning 1-may sanasidan eʼtiboran, aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlandi.

♻️Olmaliq hamda Angren shaharlarida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida qarorning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirilib, elektr energiyasi va tabiiy gazdan oqilona foydalanish, 1 maydan tariflarga kiritilgan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

🔺Shuningdek, targ‘ibot tadbirlari davomida foydalanilgan energiya resurslar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, noqonuniy foydalanish orqali keltirib chiqishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning javobgarlik masalalari haqida ham huquqiy tushunchalar berildi.
Xorijga ketgan va xorijdan qaytgan fuqarolarimizni qoʻllab-quvvatlashda mahalla yettiligining oʻrni

🔺Toshkent viloyati Bekobod tumani 4-sektoriga qarashli mahalla fuqarolar yig’inlarida tashqi migratsiyada yurgan fugarolarini qo'llab-quvvatlash, ularning muammolarini oʻrganish va hal etish hamda tashqi migratsiyadan qaytgan fuqarolarning bandligini ta'minlash borasidagi xatlov ishlari amalga oshirilmoqda.

🔹Shuningdek, ularni ijtimoiy hayotga moslashishlarida ko'maklashish, huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolariga ijobiy yechim topishda mahalla yettiligi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi
.
#hayat

Hayʼat majlisi: natijalar tahlil qilinib, vazifalar belgilab olindi


Soliq qo‘mitasi raisi rahbarligida, joriy yil aprel oyi prognoz ko‘rsatkichlari ijrosi hamda may oyidagi vazifalarga bag‘ishlangan Hayʼat majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda markaziy apparat hamda hududiy soliq boshqarmalari boshliqlari (videokonferensaloqa orqali) ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, aprel oyida 14,6 trln soʻmlik soliq tushumlari taʼminlanib, oʻtgan yilning aprel oyiga (13 trln soʻm) nisbatan 1,6 trln soʻmga (12,1%) oʻsishga erishildi. Xuddi shu davrda – mol-mulk soligʻi 56%, aylanmadan olinadigan soliq 45%, yer soligʻi 38% va QQS 25% oʻsgan.

Shu bilan birga, aprel oyida 19 ta tuman (shahar)larda umumiy tushumlarni hamda 58 ta soliq inspeksiyasida aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hamda aksariyat hududlarda qoʻshimcha daromadlarni jalb etishda kutilgan natijalarga erishilmaganligi jiddiy tanqid qilindi.

Shuningdek, “DSB maʼmurchiligi” dasturi asosida “korxonabay” ishlash tizimi boʻyicha aprel oyi yakuniga koʻra samaradorlik koʻrsatkichi Navoiyda 68,8 ball, Toshkent shahrida 69,6 ball Qashqadaryoda 70 ball, Jizzaxda 70,3 balni tashkil etib, past daraja qolganligi tanqid qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Hayʼat yigʻilishida “Mahallabay” ishlash tizimi doirasida soliq inspektorlari faoliyati ham tahlil qilindi.

Xususan, joriy yil aprel oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” ATda baholash natijalariga koʻra respublikaning samaradorlik koʻrsatkichi 92,2 ballni tashkil etib, 9 ta viloyatda 90 balldan oshgan boʻlsa, Andijon (84,8), Fargʻona (87,2), Samarqand (87,5), Namangan (89,7), Jizzax viloyatlarida 90 ballga yetmaganligi har bir mahalla kesimida tanqidiy muhokama etilib, masʼullarning hisobotlari eshitildi.

Oʻtgan oyda 377 nafar inspektorning samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 95 balldan yuqori, 1 416 nafari esa 90 va 95 bal oraligʻidagi koʻrsatkichlarga erishgan boʻlsa, 2615 nafar inspektorlar 90 baldan past natijalarni qayd etgan.

Yigʻilishda, aprel oyida foydalanilmagan imkoniyatlar koʻrsatib oʻtilib, may oyida byudjetga soliq tushumlari va qoʻshimcha daromadlarni taʼminlash, soliq qarzini undirish, “korxonabay” va “mahallabay” ishlashda har bir xodimning samaradorlik (KPI) koʻrsatkichlari ijrosini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, toʻlov intizomiga rioya etilishi, tadbirkorlik subyektlariga reyting koʻrsatkichlarini yaxshilashga koʻmaklashish, soliq toʻlovlarini kamaytirgan xoʻjalik subyektlari bilan manzilli ishlash kabi qator yoʻnalishlarda amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘rganish ishlari davom ettirildi


🔺Xabaringiz bor, 2024-yil 16- aprelda Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori qabul qilindi.

🔹Mazkur qaror talablari ijrosi bajarilishini ta’minlash maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish deppartamenti Toshkent viloyati boshqarmasi, Toshkent viloyati soliq boshqarmasi, viloyat Adliya boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan joylarga o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

♻️ Ana shunday o‘rganish ishlari Bo‘stonliq
tumani hamda Chirchiq shahrida davom ettirildi.

📌Unda mas'ullar tomonidan non ishlab chiqaruvchi korkona va nonvoyxonaIarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish hamda non va non mahsulotlari narxini asossiz oshirishga yo'l qoy'maslik yuzasidan tushuntirish va ogohlantirishlar berilildi.
#imtiyoz

Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun soliq imtiyozlari


✍️"2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida"gi Prezident
qaroriga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvarga qadar mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan yaratilgan har bir yangi ish o‘rni uchun oylik ish haqi bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining 50 foizi respublika budjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobaridan oshmagan miqdorda) qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qo‘llanadi.

⚠️ Mazkur imtiyoz:
🔹Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda;
🔹 ushbu fuqarolarga har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda qo‘llanadi.
11:00:00-12:00:00
RADIO 24
📻 O‘zbekiston 24 radiosi

🎙Xabarlar dasturi

📈 “Toshkent viloyati Zangiota tumani soliq inspeksiyasi davlat soliq bosh inspektori Husniddin Abduraxmonov KPI ko‘rsatgichi yuqori bo‘lganligi uchun Soliq qo‘mitasi raisining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

🎤Bu haqda uning o‘zi hamda hamkasbi Shuhrat Norqulov ma’lumotlari