Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
122 files
4.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#Yongin_xavfsizligi

❇️Toshkent viloyati soliq bosharmasida Yong‘in xavfsizligini ta’minlash, is gazidan zaharlanish va boshqa noxush holatlarni oldini olishga qaratilgan kengaytirilgan profilaktik targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda viloyat soliq boshqarmasi xodimlari uchun yong‘inlar, is gazidan zaxarlanish va havo gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq nohush holatlarni oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

🔺Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent viloyati boshqarmasi ma’sullari ishtirok etib, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in bilan bog‘liq noxush holatlarni oldini bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berdilar.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#barqarorlik_reytingi

Chirchiq davlat pedogogika universiteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi


🔺Toshkent viloyati soliq boshqarmasi, Chirchiq shahar soliq inspeksiyasi xodimlari hamda faol tadbirkorlar ishtirokida Chirchiq davlat pedogogika universiteti talabalari bilan muloqot o‘tkazildi.

🔹Uchrashuv jarayonida yurtimizda tadbirkorlarga berilayotgan keng imkoniyatlar, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar haqida axborot berildi.

♻️Shuningek, halol biznes yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida joriy etilgan Barqarorlik reytingi haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

‼️Tadbirda 2024-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlariga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda berilishi ta’kidlandi.

📎Uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#Jarayon
#Uchrashuv

♻️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi hamda Quyi Chirchiq tumani soliq inspeksiyasi mutasaddilari tumandagi alohida kómakka muxtoj "Og'ir" toifadagi yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdilar.

🔹Uchrashuv davomida yoshlarni kasb-hunar, chet tillariga o'qitish, bandligini ta'minlash bilan bog'liq asosiy muammolari o'rganildi, hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga doir tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlar olib borildi.

🔺Shuningdek, yoshlarni hayotda o'z o'rnini topishi va ijobiy yutuqlarga erishishlari bo'yicha taklif va ko'rsatmalar berildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
10:00:00-11:00:00
RADIO 24
📻 O‘zbekiston 24 radiosi

🎙Xabarlar dasturi

📈 “Toshkent viloyati soliqboshqarmasi hamda hududiy soliq inspeksiyalarida Korrupsiyani oldini olishga qaratilgan targ‘ibod tadbirlari .

🎤Bu haqda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimi Ulug'bek Sayfullayev ma’lumotlari.
#AOS

Qatʼiy belgilangan summada AOS toʻlovchilar qaysi hisobotlarni topshirmaydi?

Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tartibda AOSni qatʼiy belgilangan summada toʻlashni tanlashi mumkin. Ushbu stavkalar yiliga quyidagi miqdorlarda
belgilandi:

🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmagan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 25 mln soʻm;
🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 34 mln soʻm.

Qatʼiy belgilangan miqdorda AOS toʻlovchilar ushbu soliq va dividendlar koʻrinishidagi daromadlar boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish majburiyatidan ozod qilinadi.
👉
Soliq kodeksi 470-prim 1-modda

Aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan
ozod etiladi.
👉
PQ-419-son, 10.11.2022-y.
Soliq hisoboti oz vaqtida taqdim etilmasa...

📌Soliq kodеksining 220-moddasiga kora, soliq hisoboti oz vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq tolovchi bolgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq tolovchi bolgan jismoniy shaxs mamuriy javobgarlikka tortiladi.

Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodеksga muvofiq, yani soliq solish obеktlarining hisobini va hisobotini yuritishning bеlgilangan tartibini, shuningdеk tolov intizomini buzish:

🔸YATT lar uchun – BHM*ning 3 baravari miqdorida
🔸Yuridik shaxslar uchun – BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.