Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
13.6K photos
1.89K videos
121 files
4.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#uchrashuv

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati Olmaliq shahrida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashdi.

👍Uchrashuv Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari SH.Ergashev boshchiligida hamda Olmaliq shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i I.Aliyev ishtirokida olib borildi.

👍Ushbu tadbirda kichik va o‘rta biznes vakillari o‘z faoliyatlarini yanada rivojlantirishi hamda kengaytirishida amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikrlar almashildi.

👍Olmaliq shahrida biznes muhitini yanada yaxshilash uchun yangi tashabbuslar va loyihalarni amalga oshirish yo‘llarini muhokama qilish ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi bo‘ldi.

Olmaliq shahridagi tadbirkorlar bilan uchrashuv davomida soliq sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar, xususan Prezidentimizning joriy yil 19-martdagi “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Tadbirkorlarning soliq imtiyozlarini qo‘llash, qo‘shilgan qiymat solig‘i o‘rnini qoplash, noturar obyektlarga mol-mulk solig‘ini hisoblash, ma’muriy huquqbuzarliklar, bank hamda kadastr organlari bilan bog‘liq muammo va takliflari tinglanib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Murojaatlarning bir nechtasi joyida hal etildi. Vaqt talab etiladigan masalalar ijrosi ta’minlanishi uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, eng namunali, barqarorlik reytingi yuqori va faol tadbirkorlar viloyat soliq boshqarmasi boshlig'ining "Tashakkurnoma"si va estalik sovg'alar bilan taqdirlandi!


Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Toshkent viloyati soliq boshqarmasida yosh soliqchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Alovitdin Inagamov soliq tizimida samarali faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar bilan uchrashdi.

👍 Uchrashuv davomida yoshlarimizga yaratilgan imkoniyatlar, ularning tashabbuslari va rivojlanish yo‘nalishlari muhokama qilindi. Soliq boshqarmasi rahbari yoshlarning bilim va salohiyatiga yuqori baho berib, ularning bugungi va kelajakdagi o‘rni muhim ekanini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, yosh mutaxassislarga ilg‘or tajribalarni o‘rganish, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish va faol islohotlarda ishtirok etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

👍 Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yosh xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu esa ularning ruhini ko‘tarib, kelgusi faoliyatlarida yangi maqsadlar sari ilhomlantirdi.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

🖥Toshkent viloyati soliq boshqarmasida yosh soliqchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv
#OAV

Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Inagamov tizimda samarali faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar bilan uchrashdi. Unda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, ularning tashabbuslari va rivojlanish yo‘nalishlari muhokama qilindi.

🖥https://uza.uz/uz/posts/toshkent-viloyati-xabarlari-qisqa-satrlarda_736296

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Ochiq muloqot orqali — islohot sari

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida mehmonxona sohasi, muvofiqlikni baholovchi va audit idoralari vakillari ishtirokida ochiq muloqot boshlandi.

Unda Soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Bojxona qo‘mitasi, Turizm qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etmoqda.

Bu uchrashuvda tadbirkorlarni qiynayotgan eng dolzarb muammolar, sohadagi tizimli kamchiliklar va ularning yechimi bevosita mutaxassislar va rahbarlar ishtirokida muhokama qilinmoqda.

Qiziq yangiliklar, fikrlar va amaliy takliflar — bir vaqtning o‘zida 👉jonli efirda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
#uchrashuv

Ayni damda Prezidentning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida hunarmandchilik va zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, import qilish va sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Bojxona qo‘mitasi, Hunarmandlar, Zargarlar va Kichik biznes uyushmalari rahbariyati ishtirok etmoqda.

Tadbir doirasida Prezidentning “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-207-sonli yangi qarori mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan ochiq muhokamalar olib borilmoqda.

Yig‘ilish YouTube orqali 👉to'g'ridan to'g'ri efirda namoyish etilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
#uchrashuv

Chirchiq shahrida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

👍Joriy yilning, 4-iyul kuni Toshkent viloyati soliq boshqarmasi hamda Chirchiq shahar soliq inspeksiyasi rahbariyati shahardagi kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashdi.

👍Ushbu tadbirda mahalliy tadbirkorlar, kichik va o‘rta biznes vakillari ishtirok etishdi.

👍Uchrashuv davomida soliq tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar, biznesni rag‘batlantirishga qaratilgan yangi imtiyozlar hamda qulayliklar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbirda ishtirok etayotgan kichik va o‘rta biznes vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Mahalliy biznes vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, amaliyotdagi muammolar va ularni hal etish yo‘llari bo‘yicha fikr almashdilar. Soliq boshqarmasi mutaxassislari ushbu muammolarga yechim topish va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash maqsadida amaliy tavsiyalar berishdi.

Bunday ochiq muloqotlar biznes sohasidagi eng dolzarb masalalarni aniqlash va ularni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doim tayyorligini bildirdi.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Samarqandda barqaror energiya taʼminoti va soliq imtiyozlari samarasi oʻrganildi

Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyevning Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida Kattaqoʻrgʻon tumanida barqaror elektr taʼminoti, energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi.

Tashrif doirasida aholini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash holati oʻrganilib, bu borada koʻrilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, infratuzilmani yangilash va tarmoqdagi yoʻqotishlarni kamaytirishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, hududlarda joriy etilayotgan yangi energiya nazorat tizimi — transformatorlar holati va ularga ulangan xonadonlar hisobini yuritish imkonini beradigan elektron platforma haqida atroflicha maʼlumot berildi. Bu tizim orqali elektr energiyasidan foydalanish nazoratini kuchaytirish, shaffoflikni taʼminlash va kamchiliklarni aniqlash imkoni yaratiladi.

Bunday tahlil va oʻrganishlar hududdagi energetika infratuzilmasini yaxshilash, qayta tiklanadigan manbalarni joriy etishdagi ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarni yanada takomillashtirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati Nurafshon shahrida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashdi.

👍Uchrashuv Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari SH.Ergashev boshchiligida hamda Nurafshon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o'rinbosari E.Alishov ishtirokida olib borildi.

👍Ushbu tadbirda kichik va o‘rta biznes vakillari o‘z faoliyatlarini yanada rivojlantirishi hamda kengaytirishida amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikrlar almashildi.

👍Nurafshon shahrida biznes muhitini yanada yaxshilash uchun yangi tashabbuslar va loyihalarni amalga oshirish yo‘llarini muhokama qilish ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi bo‘ldi.

Nurafshon shahridagi tadbirkorlar bilan uchrashuv davomida soliq sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar, xususan Prezidentimizning joriy yil 19-martdagi “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Tadbirkorlarning soliq imtiyozlarini qo‘llash, qo‘shilgan qiymat solig‘i o‘rnini qoplash, noturar obyektlarga mol-mulk solig‘ini hisoblash, ma’muriy huquqbuzarliklar, bank hamda kadastr organlari bilan bog‘liq muammo va takliflari tinglanib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Murojaatlarning bir nechtasi joyida hal etildi. Vaqt talab etiladigan masalalar ijrosi ta’minlanishi uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, eng namunali, barqarorlik reytingi yuqori va faol tadbirkorlar viloyat soliq boshqarmasi boshlig'ining "Tashakkurnoma"si va estalik sovg'alar bilan taqdirlandi!


Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

⭕️Ayni damda Toshkent shahrida savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv boshlanmoqda.

Uchrashuv Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida oʻtkazilmoqda. Maqsad — sohadagi tizimli muammolarni aniqlash, ularni hal etish va samarali yechimlar ishlab chiqish.

📊 Hozirgi kunda Respublika boʻyicha:
▪️146,8 mingta tadbirkor savdo sohasida,
▪️19,5 mingta tadbirkor umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritmoqda.

Bu yuz minglab ish oʻrinlari va aholi farovonligi bilan bevosita bogʻliq yoʻnalishlardir.


Muloqotda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov hamda Biznes ombudsman, “Savdo va servis” uyushmasi, Kichik biznes uyushmasi rahbarlari va tegishli vazirlik-idoralar vakillari ishtirok etmoqda.

☄️ Dolzarb masalalar, ochiq muloqot va aniq yechimlar — barchasi bugun toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efirda!
_________
#встреча

⭕️В данный момент в Ташкенте начинается встреча с предпринимателями сферы торговли и общественного питания

Встреча проводится в рамках подготовки к открытому диалогу Президента с предпринимателями. Цель – выявление системных проблем в сфере и выработка эффективных решений.

📊 В настоящее время по республике осуществляют деятельность предприниматели:
▪️146,8 тыс. – в сфере торговли,
▪️19,5 тыс. – в сфере общественного питания.

Эти направления напрямую связаны с предоставлением рабочих мест и благосостоянием населения.


В диалоге участвует председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев, председатель Торгово-промышленной палаты Даврон Вахабов, Бизнес-омбудсман, а также руководство Ассоциации "Торговли и сервиса", Ассоциации малого бизнеса и ответственные сотрудники других соответствующих ведомств.

☄️ Актуальные вопросы, открытый диалог и конкретные решения – все в рамках прямого эфира!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Zafar Hoshimov – "Korzinka" supermarketlar tarmog‘i asoschisi:

Tadbirkorlarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, bugungi kunda Prezidentimiz ularga yo‘l ochib berdi. Men Soliq qo‘mitasini alohida ta’kidlamoqchiman – uni ijro etishda va yo‘lga qo‘yishda juda katta jonbozlik ko‘rsatishdi.

______________
#встреча

Зафар Хашимов – основатель сети супермаркетов "Korzinka":

Инициативы предпринимателей получают поддержку, и сегодня Президент открыл им дорогу. Особо хочу отметить Налоговый комитет – он проявил активность в реализации и внедрении инициатив.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
#uchrashuv

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda: navbat qurilish sohasi vakillariga

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan bo‘ladigan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilayotgan uchrashuvlar davom etmoqda.

⭕️Ayni damda Toshkent shahrida qurilish sohasi vakillari ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvda Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Biznes ombudsman rahbariyati, Prezident huzuridagi tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi aʼzolari va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Maqsad – sohada mavjud muammolarni ochiq muhokama qilish, ularning amaliy yechimlari yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda davlat va biznes o‘rtasida samarali muloqot platformasini shakllantirish.

📱 Muloqotni toʻgʻridan-toʻgʻri efirda tomosha qilishingiz mumkin.
________
#встреча

Открытые диалоги с предпринимателями продолжаются: следующие в очереди представители сферы строительства

Встречи, организуемые в рамках подготовки к предстоящему открытому диалогу Президента с предпринимателями, продолжаются.

⭕️Прямо сейчас в Ташкенте проходит очередной открытый диалог с участием представителей сферы строительства.

Во встрече принимают участие председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев, председатель Торгово-промышленной палаты Даврон Вахабов, специалисты Министерства строительства и жилищно-коммунального хозяйства, Бизнес-омбудсман, члены Общественного совета при Президенте по поддержке предпринимательства и представители других ответственных ведомств.

Цель – открыто обсудить существующие в сфере проблемы, выработать практические предложения по их решению, а также сформировать эффективную платформу для диалога между государством и бизнесом.

📱 Следите за трансляцией в прямом эфире

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

8,3 mingdan ortiq kichik va o‘rta biznes vakillari bilan muloqot: muammolar tinglandi, yechimlar belgilandi

Kichik va o‘rta biznes vakillari uchun qulay muhit yaratish, ularning  muammolarini bevosita eshitish maqsadida, Soliq organlari tomonidan respublika hududlarida ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

Ushbu uchrashuvlarda Soliq qo‘mitasi hamda hududiy soliq organlari rahbariyati ishtirok etib, tadbirkorlarning dolzarb masalalarini o‘rganish, ularni joyida hal etishga alohida e’tibor qaratmoqda.

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Andijon viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Namangan viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Toshkent viloyati
📍Toshkent shahri
📍Qashqadaryo viloyati
📍Farg'ona viloyati
📍Xorazm viloyati

Joriy yilning aprelidan boshlab respublika bo‘ylab o‘tkazilgan 180 dan ortiq uchrashuvlarda 8300 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
#uchrashuv

Chinoz tumanida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

👍Bugun, Toshkent viloyati soliq boshqarmasi hamda Chinoz tumani soliq inspeksiyasi rahbariyati tumandagi kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashdi.

👍Ushbu tadbirda mahalliy tadbirkorlar, kichik va o‘rta biznes vakillari ishtirok etishdi.

👍Uchrashuv davomida soliq tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar, biznesni rag‘batlantirishga qaratilgan yangi imtiyozlar hamda qulayliklar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbirda ishtirok etayotgan kichik va o‘rta biznes vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Mahalliy biznes vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, amaliyotdagi muammolar va ularni hal etish yo‘llari bo‘yicha fikr almashdilar. Soliq boshqarmasi mutaxassislari ushbu muammolarga yechim topish va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash maqsadida amaliy tavsiyalar berishdi.

Bunday ochiq muloqotlar biznes sohasidagi eng dolzarb masalalarni aniqlash va ularni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doim tayyorligini bildirdi.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Toʻqimachilik sanoati vakillari bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtmoqda

Unda Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, Biznes-ombudsman, "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Maqsad — toʻqimachilik sohasida yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni muhokama qilish, faoliyatga toʻsqinlik qilayotgan masalalarni aniqlash va ularning yechimi boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Ushbu uchrashuv Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilgan.

Muloqot toʻgʻridan toʻgʻri efirda namoyish etilmoqda — kuzatib boring va faol ishtirok eting!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev:

Klasterlarning fermerlar oldida ancha qarzi toʻplanib qolgan. Uning oqibatida fermer soliq toʻlolmayapti, oylik berolmayapti, kreditini yopolmayapti.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
#uchrashuv
#OAV

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati Chinoz tumanida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashdi.


https://uza.uz/uz/posts/toshkent-viloyati-xabarlari-qisqa-satrlarda_741677

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

✈️Telegram | Facebook |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Har bir uchrashuv – ochiqlik, ishonch va konstruktiv hamkorlik maydoni

Respublikamiz bo‘ylab soliq xizmati organlari rahbarlari tadbirkorlar bilan bevosita muloqot o‘rnatmoqda.

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Andijon viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Namangan viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Toshkent viloyati
📍Toshkent shahri
📍Qashqadaryo viloyati
📍Farg'ona viloyati
📍Xorazm viloyati

Har bir uchrashuv – mavjud muammolar va takliflarni joyida o‘rganish, tahlil qilish va amaliy yechimlar ishlab chiqish imkoniyatidir.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati Quyi Chirchiq tumanida kichik va o'rta biznes vakillari bilan uchrashdi.


👍Bugun Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi  o‘rinbosari R.Tursunboyev Quyi Chirchiq tumanida faoliyat yuritayotgan kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida  tadbirkorlar soliq qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlar, imtiyozlar va preferensiyalar bilan tanishtirildi hamda tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar muhokama qilindi.

👍Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan muammoli masalalar bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazildi, qator masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi hamda ayrim muammolar joyida hal etildi.

👍Uchrashuv davomida R.Tursunboyev kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash iqtisodiyotimizning  muhim yo‘nalishi ekanligini ta’kidladi. Soliq organlari tadbirkorlarga yordam berishga, ularning faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratishga doimo tayyor ekanligini bildirdi.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

📺 Ayni damda transport va logistika yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtmoqda.

Unda Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, Biznes-ombudsman va Transport vazirligi masʼullari ishtirok etmoqda.

📱 Muloqot toʻgʻridan toʻgʻri efirda namoyish etilmoqda – kuzatib boring va faol ishtirok eting!

Uchrashuvda sohadagi mavjud muammolar va ularning amaliy yechimlari, shuningdek, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan takliflar muhokama qilinmoqda.
__________
#встреча

📺 В данный момент проходит встреча с предпринимателями сферы транспорта и логистики.

В ней принимают участие председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев, председатель Торгово-промышленной палаты Даврон Вахабов, Бизнес-омбудсман и представители Министерства транспорта.

📱 Открытый диалог транслируется в прямом эфире – присоединяйтесь и принимайте активное участие!

На повестке дня – обсуждение существующих проблем в сферах и выработка практических решений, а также изучение предложений, направленных на поддержку предпринимательства.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM