Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.2K photos
1.66K videos
111 files
3.77K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
🇺🇿Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Alovitdin Inagamov Navro‘z ayyomi bilan yurtdoshlarimizni samimiy qutlaydi!
#barqarorlik_reytingi

🔰Toshkent viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida ularning faoliyat manziliga borgan holda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

📌Ma’lumki, iqtisodiyotning qishloq xojaligi yonalishi ham muhim tarmoq hisoblanib, ular ham tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reyting tizimida ishtirok etmoqda.

🌷Navbatdagi uchrashuv Toshkent tumanining "Sabzavot" mahallasida faoliyat olib borayotgan issiqxonada tashkil etildi.

☘️Aytish kerakki, mazkur issiqxona 4,5 gektar yer maydonida joylashgan issiqxonada meva-sabzavot mahsulotlaridan tortib, turfa xil gullargacha topish mumkin. Issiqxonaning 2,5 gektarida qulupnay, 1 gektarida pomidor, bodring, 1 gektarida esa lola va atirgul kabi gullar yetishtirilmoqda.

🔺Korxona rahbarlari bilan yuzma-yuz uchrashuvda yuqori reytingga ega tadbirkorlar ragbatlantirilishi lekin bunda reytingi past korxonalarga nisbatan jazo choralari qo`llash nazarda tutilmaganligi tushuntirildi.
Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar nechta?

📌Viloyatimizda 2024- yilning 1-mart holatiga jami 3 689 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda. Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha:

🔹Oqqo‘rg‘on tumani – 129 ta
🔹Ohangaron tumani– 80 ta
🔹Bekobod tumani– 79 ta
🔹Bo‘stonliq tumani– 357 ta
🔹Bo‘ka tumani– 72 ta
🔹Quyi Chirchiq tumani– 78 ta
🔹Zangiota tumani– 362 ta
🔹Yuqori Chirchiq tumani– 302 ta
🔹Qibray tumani– 285 ta
🔹Parkent tumani– 335 ta
🔹Piskent tumani. – 49 ta
🔹O‘rta Chirchiq tumani– 405 ta
🔹Chinoz tumani– 78 ta
🔹Yangiyo‘l tumani– 209 ta
🔹Toshkent tumani– 325 ta
🔹Nurafshon shahri– 145 ta
🔹Olmaliq shahri– 58 ta
🔹Angren shahri– 86 ta
🔹Bekobod shahri– 52 ta
🔹Ohangaron shahri– 70 ta
🔹Chirchiq shahri– 47 ta
🔹Yangiyo‘l shahri– 86 ta
#qutlov

22 mart — Mahalla tizimi xodimlari kuni


📌Bugun o‘z hayoti va faoliyatini jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, oilalarda ma’naviy-ma’rifiy muhitni barqarorlashtirish,  farzandlarimizni har tamonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishlariga bag‘ishlagan fidoyi kasb egalari — Mahalla tizimi xodimlari kuni.

🎈Bayramingiz muborak bo'lsin, aziz soha xodimlari.
#QUTLOV

Mukofotlar muborak!

“Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni eʼlon qilindi.

Ular orasida bir guruh Toshkent viloyati faollar ham davlatimizning yuksak mukofotlariga loyiq koʻrildi:

“Doʻstlik” ordeni bilan

Sultonov Anvar - Boʻka tumanidagi “Xoʻjaqoʻrgʻon” mahalla fuqarolar yigʻini raisining keksalar masalalari boʻyicha maslahatchisi

“Kelajak bunyodkori” medali:

Mirzayev Sarvarbek Anvar oʻgʻli - Chinoz tumanidagi “Birlik” mahalla fuqarolar yigʻini yoshlar yetakchisi

“Shuhrat” medali bilan:

Erbutayev Erali Xolboyevich - Angren shahridagi “Koʻk terak” mahalla fuqarolar yigʻini raisi

Taqdirlangan yurtdoshlarimizni chin dildan muborakbod etamiz!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#serial

🎬 Soliqchi jazolovchi yoki undiruvchi emas. U turli to‘siq va qiyinchiliklarga qaramay budjetni to‘ldirib, xalq farovonligini ta‘minlash kabi mas‘uliyatli vazifani bo‘yniga olgan mehnatkash.

Soha mashaqqati aks etgan serial. Tomosha qiling!!!

👉1-qism
👉2-qism
👉3-qism
👉4-qism
👉5-qism

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent vloyati Bo‘stonliq tumani soliq inspeksiyasi xodimlari Navro‘z bayrami munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlari ishga jalb qilinayotganligi haqida murojaat tarqaldi.

Murojaat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, I chorak belgilangan prognoz rejasi ijrosi hamda mart oyi yakuni bo‘yicha ko‘rsatgichlarni bajarilishini ta’minlash maqsadida Bo‘stonliq tumani inspeksiyasi xodimlari tegishli buyruqlarga asosan, bayram kunlari ishga jalb qilingan.

Xodimlarga dam olish kunlari qo‘shimcha ishlaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 263-moddasiga asosan ikki hissa miqdorida haq to‘lanishi yoki xodimning xohishiga qarab, boshqa dam olish kuni (otgul) berilishi ta’minlanadi.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
#ozini_ozi_band_qilish #agregator

Mingdan ortiq oʻzini oʻzi band qilgan xotin-qizlar onlayn-taksi agregatorlari xizmatlari orqali haydovchilik qilmoqda


Oʻzini oʻzi band qilish aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish va qonuniy mehnat qilish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida yaratilgan.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs – oʻzi uchun ishlaydigan fuqarolar. Ular xodim yollash huquqiga ega emas.

Oʻzbekistonda 2,6 mlndan ortiq fuqaro oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan. Shundan 284 ming nafari joriy yilda ro‘yxatdan o‘tgan.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar daromadi 100 mln soʻmdan oshmasa, soliq toʻlamaydi. Ish stajiga ega boʻlish va pensiya hisoblash uchun ular ixtiyoriy ravishda yiliga bir marta ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin. Shu maqsadda joriy yilda 68,5 ming nafar oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan 21,7 mlrd soʻm ijtimoiy soliq toʻlangan.

Yo‘lovchi tashish transporti tizimini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, ishsizlikni qisqartirish maqsadida yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritilgan.

Umumiy hisobda 1-mart holatiga oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilar 420,8 ming nafarni tashkil etadi. Ularning 161,5 ming nafardan ortigʻi soliq organlari bilan integratsiyalashgan onlayn-agregatorlar orqali yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatmoqda. E’tiborlisi, ayollarning bu sohaga qiziqishi ortib bormoqda: 1 053 nafar haydovchi ayol ushbu onlayn xizmatlar orqali yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanmoqda.

Onlayn-taksi agregatorlaridan foydalanadigan haydovchilar:
- 30 yoshgacha - 59 274 nafar;
- 30 yoshdan 50 yoshgacha - 90 420 nafar;
- 50 yoshdan oshganlar - 11 970 nafar.


Soliq qoʻmitasi maʼlumotlar bazasida mavjud maʼlumotlarga koʻra, oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilar joriy yilning dastlabki 2 oyida onlayn-agregatorlar yordamida quyidagi miqdorlarda daromad olgan:
1 mln so'mgacha - 104 241 nafar;
1 mlndan 2 mln soʻmgacha - 24 350 nafar;
2 mlndan 5 mln soʻmgacha - 23 817 nafar;
5 mlndan 10 mln soʻmgacha - 7 887 nafar;
10 mlndan 15 mln soʻmgacha - 1 180 nafar;
15 mln so'mdan yuqori - 189 nafar.

Faoliyatini qonuniylashtirish oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga nafaqat qonuniy daromad olish, balki ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlariga ham xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#самозанятость #агрегатор

Более тысячи самозанятых женщин работают водителями через сервисы онлайн-заказа такси


Самозанятость как специальный налоговый режим создан для широкого вовлечения населения в предпринимательскую деятельность и создания дополнительных условий для легального труда.

Самозанятые - это люди, которые работают на себя. Они не вправе привлекать наемных работников.

В Узбекистане в качестве самозанятых зарегистрировано более 2,6 млн граждан, свыше 284 тысяч из них прошли регистрацию в этом году.

Самозанятые лица не платят налоги, если их доход не превышает 100 млн сумов. Для исчисления трудового стажа и пенсии они раз в год на добровольной основе могут уплачивать социальный налог. В этих целях 68,5 тысяч самозанятых граждан уплатили 21,7 млрд сумов соцналога в этом году.

В целях развития системы пассажирского транспорта, повышения качества услуг, оказываемых в этом направлении, и сокращения безработицы в перечень видов деятельности, которыми могут заниматься самозанятые, включена деятельность по перевозке пассажиров легковыми автотранспортными средствами.

Всего по состоянию на 1 марта зарегистрировано 420,8 тысяч самозанятых водителей такси. Из них более 161,6 тысяч оказывают услуги по перевозке пассажиров через интегрированные с налоговыми органами онлайн-агрегаторы. Примечательно то, что растет интерес женщин к этой сфере: 1 053 женщин-водителей осуществляют поездки через эти онлайн-сервисы.

Среди водителей, использующих онлайн-агрегаторы такси:
- в возрасте до 30 лет - 59 274 человека;
- от 30 до 50 лет - 90 420 человека;
- старше 50 лет - 11 970 человек.

По информации, имеющейся в базе данных Налогового комитета, за первые 2 месяца этого года водители с помощью онлайн-агрегаторов получили доходы в следующих размерах:
до 1 млн сумов
- 104 241 самозанятых;
от 1 млн до 2 млн сумов - 24 350 самозанятых;
от 2 млн до 5 млн сумов - 23 817 самозанятых;
от 5 млн до 10 млн сумов - 7 887 самозанятых;
от 10 млн до 15 млн сумов - 1 180 самозанятых;
свыше 15 млн сумов - 189 самозанятых.

Узаконивание деятельности позволяет самозанятым не только получать легальный доход, но и пользоваться социально-экономическими и правовыми гарантиями.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Soliq hisoboti oz vaqtida taqdim etilmasa...

Soliq kodеksining 220-moddasiga kora, soliq hisoboti oz vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq tolovchi bolgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq tolovchi bolgan jismoniy shaxs mamuriy javobgarlikka tortiladi.

Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodеksga muvofiq, yani soliq solish obеktlarining hisobini va hisobotini yuritishning bеlgilangan tartibini, shuningdеk tolov intizomini buzish:

🔸YATT lar uchun – BHM*ning 3 baravari miqdorida
🔸Yuridik shaxslar uchun – BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.