Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.2K photos
1.66K videos
111 files
3.78K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingida yuqori toifaga kirish mexanizmlari tadbirkorlarga yetkazilmoqda


🔰Bugun Toshkent viloyati Zangiota tumanida tadbirkorlik sub’ektlari uchun uchrashuv tashkil etildi.

📌Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda Barqarorlik reytingining mazmun-mohiyati, undagi umumiy, rag‘batlantiruvchi va kamaytiruvchi mezonlar haqida yig‘ilganlarga batafsil tushuntirishlar berildi.

‼️Shuningdek, ochiq muloqot davomida tadbirkorlik sub’ektlarini qiynayotgan masalalar, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#foyda_soligi

Foyda soligʻi hisobotini toʻldirish boʻyicha mutaxassis sharhi

2023-yil yakunlari bo‘yicha
foyda solig‘i hisoboti 2024-yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etilishi lozim.
👉Soliq kodeksi 339-modda

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰Barqarorlik reytingining mezonlari haqida mutaxassis fikri.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga asosan qoʻllanilgan jarima summasining 98 %i hisobdan chiqariladi

🖊O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-39 son Farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra:
Fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 %i (avval 100%);

♻️Bir yil davomida takror sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 %i miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar (227 prim 1-modda) uchun qoʻllanilgan moliyaviy jarimalar boʻyicha mavjud qarzdorlikning 98 %i hisobdan chiqariladi va qarzdorlikni undirish bilan bogʻliq sud va ijro ishlari tugatiladi.

📌Undirilgan jarima summalarining 98%i kelgusi toʻlovlar hisobiga tadbirkorlik subyektlariga qaytariladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#yer_soligi #imtiyoz

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

📌Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi 👉👉👉

«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;

boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar;

energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.
#Seminar

Mahalla institutining jamiyatdagi oʻrni tobora ortmoqda


📌O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirishga qaratilgan tegishli farmon va qarori ijrosini ta’minlashda Piskent tumanida “yettilik” faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, seminar tashkil qilindi.

Seminar davomida “Bekobod” mahallasi misolida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, ularning bandligini ta’minlash borasidagi ishlar bo‘yicha qilingan amaliy dastur taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, mahallada ombor daftari, mahalla balanslarini shakllantirish kabi jarayonlarni bajarishdagi muhim vazifalar muhokama qilindi.

‼️Uchrashuvda “mahalli yettiligi”ga kiritilgan soliq inspektorlari faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.