Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.53K subscribers
12.2K photos
1.66K videos
111 files
3.76K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
📣 E’LON

#seminar

💢Hurmatli soliq toʻlovchilar‼️


📣 2024-yil 19-yanvar kuni O‘rta Chirchiq tumanidagi viloyat Xalq qabulxonasining katta majlislar zalida soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tadi.

☑️Seminar Soliq qo‘mitasi hamda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati va mas’ullari ishtirokida o‘tkaziladi.

🔴Manzil: O‘rta Chirchiq tumani Qumovul mahalla fuqarolar yig‘ini viloyat Xalq qabulxonasi binosi


🕙 Boshlanish vaqti - 11:00


✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#imtiyoz

Ayrim soliq to‘lovchilarga vaqtinchalik soliq imtiyozlari
berildi

2024-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar
"Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi”da ishtirok etadigan tijorat banklarining loyihalar uchun ajratilgan bank kreditlari bo‘yicha olingan foizlar tarzidagi daromadlari foyda solig‘ini hisoblab chiqarish maqsadlarida chegiriladigan xarajatlar sifatida e’tirof etiladi.

2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvarga qadar “Izlanish va rivojlanish” markazlarining obyektlari va ular egallagan yer uchastkalari uchun yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha hisoblangan summaning 1 %i miqdorida, shuningdek ijtimoiy soliqni 1% miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.

2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 31-dekabrga qadar Qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni hamda nodir yer elementlarini qazib oluvchi va (yoki) ularni texnogen mineral hosilalardan ajratib oluvchi, shuningdek uglevodorod xomashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslarga nisbatan maxsus renta solig‘i solinmaydi. Mazkur qoida qazib olish 2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda boshlangan yer qa’ri uchastkasiga nisbatan qo‘llaniladi va metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishning butun davri uchun tatbiq etiladi.

2028-yil 1-yanvarga qadar xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovar (xizmat)larni realizatsiya qilishga doir aylanma
QQSdan ozod qilinadi.
#savol_javob 0️⃣0️⃣0️⃣

Savol: - Tеkinga olingan mol-mulk va xizmatlar, O`zbеkiston Rеspublikasining qarorlariga binoan daromad solig`iga tortiladimi?

❗️Javob:
- O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 304-moddasining 8-bandiga asosan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida, shuningdek O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, tekinga olingan mol-mulk va xizmatlar daromad sifatida hisobga olinmaydi.
«Mahalla yettiligi» - Ohangaron shahri bo‘yicha erishilgan natijalar:

✔️- 2023-yilning sentabyar-dekabr oyilarida jami 115 ta tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati qonuniylashtirilgan. Xususan, 61 ta yuridik shaxslar,54 nafar yangi yakka tartibdagi tadbirkorlar ro‘yxatga olindi.

- 24 ta korxonada bo‘sh turgan obyektlarni ishga tushirish hisobiga 21 ta ish o‘rni yaratildi.

☑️- 7 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar 21 nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar faoliyati kengaytilib, yiriklashtirildi.

✔️- 6 ta korxonalarda ishchilar soni 22 nafarga ko‘paytirilib, ish o‘rinlari yaratilishi hisobiga byudjetga 31,3
mlrd.so‘m qo‘shimcha manbalar zahirasi yaratildi.

- yangi ro‘yxatga olingan 1579 ta ob’ektlar hisobiga 667,7
mln.so‘m mol-mulk va yer soliqlari qo‘shimcha hisoblandi.

‼️Shuningdek, 2023- yil davomida 1916 nafar mehnat bilan band bo‘lgan aholi mehnat stajiga ega bo‘lishi va kelgusida pensiya olishi uchun o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi.
Toshkent viloyatining qaysi hududida xususiy korxonalar ko‘proq joylashgan?

📌2024- yilning 1- yanvar holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 45 295 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 4 195 tani tashkil qildi (ulushi 9,3 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

🔷Zangiota tumani – 385 ta
🔷Toshkent tumani – 334 ta
🔷Qibray tumani – 326 ta
🔷Chirchiq shahri – 308 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

▪️savdo sohasida – 1 991 ta
▪️sanoat sohasida – 568 ta
▪️yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 409 ta
▪️boshqa turlar – 494 ta
▪️qurilish– 210 ta
▪️qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 225 ta
▪️sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 162 ta
▪️axborot va aloqa – 65 ta
▪️tashish va saqlash – 71 ta
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda


Yashirin iqtisodiyot ulushining ortishi raqobat va bozor mexanizmlarining izdan chiqishiga, aholi real daromadlarining pasayishi, ishchilar hamda isteʼmolchilar huquqlarining poymol boʻlishiga olib keladi.

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#deklaratsiya

SAVOL:
2023-yilda farzandimning kontraktiga toʻlagan oylik ish haqimdan daromad soligʻini qaytarib olish maqsadida my3.soliq.uz sayti orqali deklaratsiya yubordim. Lekin 2023-yildagi daromadimga dekabr oyidagi ish haqim qoʻshilmayapti. Natijada qaytariladigan summa dekabr oyida toʻlagan daromad soligʻim miqdorida kam chiqmoqda.

JAVOB: Soliq toʻlovchi tomonidan deklaratsiya yuborilganda uning ish haqi ish joyi tomonidan taqdim etilgan daromad soligʻi hisobotlari asosida avtomatik shakllanadi.

Ushbu soliq hisobotlari har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Yil yakunlari (yanvar-dekabr) boʻyicha hisobot esa 2024-yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etilishi belgilangan.

Ishxonangiz tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha 2023-yil (yanvar-dekabr) yakunlari to‘g‘risidagi hisobot soliq organiga taqdim etilmaganligi sababli 2023-yilgi daromadingizda dekabr oyi ish haqi shakllanmagan. Hisobot topshirilgach dekabdagi ish haqi avtomatik shakllanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_tekshiruvi

Kameral soliq tekshiruvi: xatolikni bartaraf etgan 6 mingta subyektda soliq auditi oʻtkazilishining oldi olindi


Bugungi kunda kameral soliq tekshiruvlari soliq toʻlovchining ishtirokisiz, uning hududga bormasdan hamda hujjatlarni talab qilmagan holda oʻtkazilmoqda.

2023-yil sentabr-dekabr oylarida oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvlarida qariyb 6 mingta subyektlar tomonidan 2,1 trln soʻmlik qayta hisobotlar taqdim qilindi va oʻz navbatida ularning faoliyatida soliq auditi oʻtkazilishi hamda moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishining oldi olindi.

Biroq, ayrim soliq toʻlovchilar berilgan yengilliklarga qaramasdan kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliq organlarining tafovutlar toʻgʻrisidagi talabnomasiga javob bermasdan kelmoqda. Bu ularga nisbatan soliq auditi tayinlash zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Soliq toʻlovchilar faoliyatida oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvlari natijasi yuzasidan quyidagi hollarda soliq organlari soliq auditi tayinlashga haqli:

👉aniqlangan xato va tafovutlar yuzasidan soliq toʻlovchi tomonidan aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilmaganda;
👉aniqlangan tafovutlar boʻyicha asosnomalar taqdim etilmaganda;
👉taqdim etilgan asosnomalar yetarli emas deb topilganda.


2023-yil mobaynida 53,4 mingta subyektda oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvlaridan 3,6 mingtasida (6,7%) soliq to‘lovchilar tomonidan aniqlangan xato va tafovutlar yuzasidan aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki yetarli asosnomalar taqdim etilmadi.

Ushbu subyektlar faoliyatida quyidagi holatlar aniqlangan:


👉soliq solish bazasini kamaytirib koʻrsatish, shu jumladan xarajatlarni sunʼiy oshirish hisobiga soliqlarni kam hisoblash;
👉huquqni suiisteʼmol qilish, qalbaki yoki koʻzboʻyamachilik uchun bitimlar tuzish (operatsiyalar amalga oshirish) orqali soliq toʻlamaslik;
👉xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga muvofiq emasligi hisobiga soliqlarning hisoblanmasdan qolganligi;
👉hisobga olinadigan soliq summasini notoʻgʻri oshirib koʻrsatish va toʻlanadigan soliq summasini kamaytirish sxemalarini qoʻllash.


Hurmatli soliq to‘lovchilar, kameral soliq tekshiruvlari natijasida aniqlangan tafovutlar yuzasidan aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini yoki asosnomalarni belgilangan muddatda taqdim etish tashkilotingiz faoliyatida soliq auditi tayinlanishini hamda moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishining oldini oladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
• Soliqlar bo‘yicha da’vo muddati 3 yilgacha qisqartirildi
✔️2024 -yil 1-yanvardan boshlab soliq organlari biznesni 5 yil o‘rniga so‘nggi 3 yil uchun tekshirishga haqli.

• Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi o‘zgartirildi

✔️ Ushbu chora soliq to‘lovchilarning ishini yengillashtirish, byurokratik sansalorlikni yo‘q qilish, pul va vaqt xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan.

• Kameral soliq tekshiruvi bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkin
✔️2024-yil 1-yanvardan boshlab soliq to‘lovchilarga kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliq summalarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.

• Soliq kodeksiga XMI va XHMT loyihalari uchun QQS bo‘yicha imtiyoz kiritildi
.
✔️2023- yil noyabr oyidan kuchga kirgan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari hisobidan amalga oshirilgan loyihalar uchun QQS bo‘yicha imtiyoz Soliq kodeksining 483-moddasiga kiritilgan.

• QQS bo‘yicha bir qator imtiyozlar bekor qilindi
✔️2024-yil 1-apreldan boshlab tibbiyot, veterinariya, kommunal xizmatlar va dori-darmon vositalarini realizatsiya qilishda QQS bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi.

• QQS to‘lovchilari doirasi kengaytirildi
✔️Chet ellik yakka tartibdagi tadbirkorlar QQS to‘lovchilariga aylanishdi.