Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
12.3K photos
1.69K videos
112 files
3.87K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimidа faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni

🔰Yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 2024- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida 3 848 tani tashkil qildi.
🔺Ularga iqtisodiy faoliyat turlari kesimidа qaralganda: savdoda 1 546 ta, sanoatda 1 079 ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 220 ta, yashash va ovqatlanishda 676 ta, qurilishda 27 ta, sog‘liqni saqlash va Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 39 ta, axborot va aloqada 11 ta, tashish va saqlashda 26 ta va boshqa turlar bo‘yicha 224 taga yetdi.
#jarayon

⚡️ Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash bo'yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektorda narx-navo barqarorligini nazorat qilish yuzasidan tuman, shahar prokurorlari va soliq inspeksiyalari rahbarlariga topshiriq berildi.

Ushbu topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Ohangaron shahar prokurori T.Karimov, soliq inspeksiyasi boshlig'i A.Mo'minov va Dehqon bozori rahbari bilan birgalikda dehqon bozorida bo'ldi.

📌Shahar prokurori dehqon bozorini ko'zdan kechirish jarayonida dehqon bozorida xaridor va sotuvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, noqonuniy qurilmalarni olish, infratuzilmasini zamonaviylashtirish bo'yicha dehqon bozori rahbariga bir qator ko'rsatmalar berildi.
#Sayyor_qabul

❇️O'rikzor mahallasida sayyor qabul o'tkazildi


📌Aholi muammolariga yaqindan quloq tutish va ularni joyida bartaraf etish maqsadida Toshkent tumani soliq inspeksiyasi boshlig'i, 4-sektor rahbari Sanjar Abduvaliyev tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

♻️Qabul davomida 20ga yaqin fuqaroning turli masalalardagi murojaatlari tinglanib, tegishliligi bo'yicha bartaraf etish choralari ko'rildi.

Shuningdek, 4-sektor rahbari, sektor hududidagi ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimi va sharoitlarini o'rgandi.
#Tadbirkorlik

Toshkent viloyatining qaysi hududida yangi korxonalar koʻproq tashkil etilmoqda?

📌2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni jami 7 156 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda
taqsimlangan:

➡️Oqqo‘rg‘on tumani – 199 ta;
➡️Ohangaron tumani – 252 ta;
➡️Bekobod tumani – 330 ta;
➡️Bo‘stonliq tumani – 314 ta;
➡️Bo‘ka tumani – 262 ta;
➡️Quyi Chirchiq tumani – 146 ta;
➡️Zangiota tumani – 807 ta;
➡️Yuqori Chirchiq tumani – 310 ta;
➡️Qibray tumani – 527 ta;
➡️Parkent tumani – 452 ta;
➡️Piskent tumani – 164 ta;
➡️O‘rta Chirchiq tumani – 331 ta;
➡️Chinoz tumani – 161 ta;
➡️Yangiyo‘l tumani – 271 ta;
➡️Toshkent tumani – 467 ta;
➡️Nurafshon shahri – 224 ta;
➡️Olmaliq shahri – 293 ta;
➡️Angren shahri – 361 ta;
➡️Bekobod shahri – 253 ta;
➡️Ohangaron shahri – 288 ta;
➡️Chirchiq shahri – 482 ta;
➡️Yangiyo‘l shahri – 262 ta.
2024- yilda yer solig‘ida nimalar o‘zgardi?

📌2023- yilda amalda bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha soliq stavkalari o‘rtacha 12%ga indeksatsiya qilindi. Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq stavkasi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga mo‘ljallangan yerlarning standart qiymatiga 0,95 foizida saqlanib qoldi.

2024- yilda aksiz solig‘idagi o‘zgarishlar:


‼️2023- yil 28- dekabrdagi O‘RQ-891-son Qonuni aksiz solig‘i stavkalarini indeksatsiya qildi va gazlangan shakarli ichimliklar va energetiklarga aksiz solig‘ini joriy etdi.
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening 🗓 17-yanvar kuni “Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig'i hisobotlarini to'ldirish tartibi” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 17:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится 🗓 17 января на тему «Порядок заполнения юридическими лицами отчетности по налогам на имущество и землю».

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 17:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
📣 E’LON

#seminar

💢Hurmatli soliq toʻlovchilar‼️


📣 2024-yil 19-yanvar kuni O‘rta Chirchiq tumanidagi viloyat Xalq qabulxonasining katta majlislar zalida soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tadi.

☑️Seminar Soliq qo‘mitasi hamda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati va mas’ullari ishtirokida o‘tkaziladi.

🔴Manzil: O‘rta Chirchiq tumani Qumovul mahalla fuqarolar yig‘ini viloyat Xalq qabulxonasi binosi


🕙 Boshlanish vaqti - 11:00


✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#imtiyoz

Ayrim soliq to‘lovchilarga vaqtinchalik soliq imtiyozlari
berildi

2024-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar
"Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi”da ishtirok etadigan tijorat banklarining loyihalar uchun ajratilgan bank kreditlari bo‘yicha olingan foizlar tarzidagi daromadlari foyda solig‘ini hisoblab chiqarish maqsadlarida chegiriladigan xarajatlar sifatida e’tirof etiladi.

2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvarga qadar “Izlanish va rivojlanish” markazlarining obyektlari va ular egallagan yer uchastkalari uchun yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha hisoblangan summaning 1 %i miqdorida, shuningdek ijtimoiy soliqni 1% miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.

2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 31-dekabrga qadar Qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni hamda nodir yer elementlarini qazib oluvchi va (yoki) ularni texnogen mineral hosilalardan ajratib oluvchi, shuningdek uglevodorod xomashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslarga nisbatan maxsus renta solig‘i solinmaydi. Mazkur qoida qazib olish 2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda boshlangan yer qa’ri uchastkasiga nisbatan qo‘llaniladi va metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishning butun davri uchun tatbiq etiladi.

2028-yil 1-yanvarga qadar xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovar (xizmat)larni realizatsiya qilishga doir aylanma
QQSdan ozod qilinadi.
#savol_javob 0️⃣0️⃣0️⃣

Savol: - Tеkinga olingan mol-mulk va xizmatlar, O`zbеkiston Rеspublikasining qarorlariga binoan daromad solig`iga tortiladimi?

❗️Javob:
- O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 304-moddasining 8-bandiga asosan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida, shuningdek O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, tekinga olingan mol-mulk va xizmatlar daromad sifatida hisobga olinmaydi.
«Mahalla yettiligi» - Ohangaron shahri bo‘yicha erishilgan natijalar:

✔️- 2023-yilning sentabyar-dekabr oyilarida jami 115 ta tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati qonuniylashtirilgan. Xususan, 61 ta yuridik shaxslar,54 nafar yangi yakka tartibdagi tadbirkorlar ro‘yxatga olindi.

- 24 ta korxonada bo‘sh turgan obyektlarni ishga tushirish hisobiga 21 ta ish o‘rni yaratildi.

☑️- 7 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar 21 nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar faoliyati kengaytilib, yiriklashtirildi.

✔️- 6 ta korxonalarda ishchilar soni 22 nafarga ko‘paytirilib, ish o‘rinlari yaratilishi hisobiga byudjetga 31,3
mlrd.so‘m qo‘shimcha manbalar zahirasi yaratildi.

- yangi ro‘yxatga olingan 1579 ta ob’ektlar hisobiga 667,7
mln.so‘m mol-mulk va yer soliqlari qo‘shimcha hisoblandi.

‼️Shuningdek, 2023- yil davomida 1916 nafar mehnat bilan band bo‘lgan aholi mehnat stajiga ega bo‘lishi va kelgusida pensiya olishi uchun o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi.