Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
122 files
4.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
2024-yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari

Turar joy (1kv.m uchun):

Toshkent shahri 25 000 so‘m;
Nukus shahri va viloyat markazi bo‘lgan shaharlar 12 000 so‘m
;
Boshqa aholi punktlari 5 000 so‘m
.

Noturar joy (1kv.m uchun):

Toshkent shahri 40 000 so‘m;
Nukus shahri va viloyat markazi bo‘lgan shaharlar 23 500 so‘m
;
Boshqa aholi punktlari 10 000 so‘m
.

Тelegram|Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
2024-yilning Davlat budjeti tasdiqlandi

Unga ko‘ra quyidagi soliqlar tumanlar va shaharlar budjetlariga toʻliq hajmda oʻtkaziladi:

👉Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi;

👉Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga asosan jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadigan, shuningdek YTTlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;

👉Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan soliq mustasno;


👉noruda qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq.

Тelegram|Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Ijtimoiy masalalar muhokama qilindi

🔰Toshkent viloyati hokimligida Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasining faoliyati yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

♻️Yigʻilishda viloyat hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining asosiy faoliyat yoʻnalishlari, xodimlar tarkibiy tuzilmasi hamda maqsad va vazifalari xususida maʼlumot berib oʻtdi.

‼️Shuningdek, tegishli mutasaddilarning amalga oshirilgan tadbirlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga koʻrsatilgan yordamlar yuzasidan axboroti tinglandi.

📈Maʼlumot oʻrnida, viloyatdagi 1 679 nafar oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksa va nogironligi bo'lgan shaxslarga maishiy xizmatlar koʻrsatish uchun jami 199 nafar ijtimoiy assistent xodimlar biriktirilgan. Shahar va tumanlarda oʻtkazilgan xatlovlar davomida jami 206 316 nafar fuqarolar toʻgʻrisida maʼlumot
xatlov.ihma.uz platformasiga joylashtirilgan.

✔️Boʻlib oʻtgan hisobot yigʻilishida hududiy shtablar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asosan, shahar va tumanlar kesimidagi notoʻgʻri nafaqa tayinlash holatlariga barham berilgani va bu orqali 90 million soʻm miqdordagi pul mablagʻlari nooʻrin sarflanishining oldi olinganligi xususida taʼkidlandi.

🔹Shu bilan birga, yordamga muhtoj fuqarolarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini olib berish boʻyicha fikrlar bildirildi.
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Qurilish korxonalari 7 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan

2023-yil yanvar-noyabr oylarida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 34 552 ta yuridik shaxs tomonidan 7 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 997,8 mlrd so‘mi, ya’ni 14,2 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 12,5 trln so‘mdan ziyod, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 60 mlrd so‘m.

Eng ko‘p soliq to‘lagan 20 ta korxona tomonidan qo‘llanilgan soliq imtiyozlari hamda to‘langan soliqlar batafsil infografikada.

Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
QQS - 499,7 mlrd so‘m;
foyda solig'i - 153,7 mlrd so‘m;
JShODS - 144,2 mlrd so‘m;
ijtimoiy soliq - 138,5 mlrd so‘m;
yer solig‘i - 27,1 mlrd so‘m;
mol-mulk solig‘i - 27 mlrd so‘m;
boshqa soliqlar - 7,6 mlrd so‘m.
_________
#цифровизация #налоговые_поступления

Строительные организации уплатили более 7 трлн сумов налогов

В январе-ноябре 2023 года 34 552 юрлица, осуществляющих деятельность в строительной сфере, уплатили 7 трлн сумов налогов. Из них 997,8 млрд сумов, или 14,2% приходится на 20 налогоплательщиков. Их товарооборот превысил 12,5 трлн сумов, а сумма применённых ими налоговых льгот составила 60 млрд сумов.

Соотношение уплаченных налогов и суммы применяемых налоговых льгот в разрезе каждой из этих 20 организаций - подробнее в инфографике.

Поступления, которые обеспечили эти налогоплательщики, в разрезе видов налогов:
НДС - 499,7 млрд сумов;
налог на прибыль - 153,7 млрд сумов;
НДФЛ - 144,2 млрд сумов;
социальный налог - 138,5 млрд сумов;
земельный налог - 27,1 млрд сумов;
налог на имущество - 27 млрд сумов;
другие налоги - 7,6 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#sessiya

🔰Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining sakson oltinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

‼️Sessiya kun tartibiga viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida dolzarb, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga oid masalalar shuningdek, tadbirkorlarga berilayotgan soliq imtiyozlari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi.

♻️Mazkur sessiyada Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O. Fayziboyev ham ishtirok etdi.

📌Sessiya kun tartibiga kiritilgan har bir masala yuzasidan masʼullarning axboroti eshitildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Naslchilik sub’ektlari uchun soliq imtiyozi uzaytirildi

🔰“Naslchilik xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-403-son, 25.12.2023 y.) qabul qilindi

‼️Qarorga ko‘ra, Naslchilik sub’ektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni 50 foiz pasaytirilgan stavkada to‘lash shaklidagi soliq imtiyozi muddati iqtisod qilingan mablag‘larni asosiy faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirish sharti bilan 2025 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #imtiyoz

Joriy yilning 11 oyida 21 trln so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalanildi

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida 117 069 ta tashkilot umumiy qiymati 21,5 trln so‘mdan ortiq miqdordagi soliq imtiyozlaridan foydalangan.

Shu bilan birga:
▫️2 610 ta korxona moliyaviy xizmatlar bo‘yicha 13,3 trln so‘mlik QQSsiz operatsiyalar amalga oshirgan;
▫️7 577 ta korxona 25,7 trln so‘m miqdorida QQS "nol" stavkasini qo‘llagan.

Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:
▫️QQS – 11,6 trln so‘m;
▫️foyda solig‘i – 3,5 trln so‘m;
▫️yer solig‘i – 1,7 trln so‘m;
▫️ijtimoiy soliq – 1,7 trln so'm;
▫️aksiz solig‘i – 1,2 trln so‘m;
▫️mol-mulk solig‘i – 1 trln so‘m;
▫️JShODS – 810,7 mlrd so‘m;
▫️AOS – 61,1 mlrd so‘m;
▫️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 15 mlrd so‘m.

Xalqaro ekspertlar xulosasiga asosan, QQS bo‘yicha moliyaviy xizmatlar va nol stavka hisobi alohida yuritiladi.
___________
#цифровизация #льготы

За 11 месяцев этого года организации воспользовались льготами на сумму более 21 трлн сумов

За январь-ноябрь 2023 года 117 069 организаций воспользовалась налоговыми льготами на общую сумму более 21,5 трлн сумов.

Вместе с этим:
▫️2 610 организаций осуществили операции по финансовым услугам без НДС на сумму 13,3 трлн сумов.
▫️7 577 организаций применили нулевую ставку по НДС на сумму 25,7 трлн сумов.

В разрезе видов налогов:
▫️НДС - 11,6 трлн сумов;
▫️по налогу на прибыль - 3,5 трлн сумов;
▫️по земельному налогу - 1,7 трлн сумов;
▫️по социальному налогу - 1,7 трлн сумов;
▫️по акцизному налогу - 1,2 трлн сумов;
▫️по налогу на имущество - 1 трлн сумов;
▫️по НДФЛ - 810,7 млрд сумов;
▫️по налогу с оборота - 61,1 млрд сумов;
▫️по налогу за пользование водными ресурсами - 15 млрд сумов.

На основании заключения международных экспертов учет сумм по НДС для финансовых услуг и в результате применения нулевой ставки ведется отдельно.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#natijalar

Soliq qo‘mitasining rasmiy Telegram kanali – 2023 yil natijalari:

Reytingda "Iqtisodiyot" yo‘nalishi bo‘yicha 7-o‘rinni egalladi;
21 ming
nafarga yaqin yangi obunachilar a'zo bo‘ldi;
Xabarlar 48 mln marta o‘qildi.

Biz bilan bo'lganingiz uchun tashakkur!
___________
#итоги

Результаты официального Telegram-канала Налогового комитета за 2023 год:

7 место в рейтинге по направлению "Экономика";
почти 21 тысяча новых подписчиков;
48 млн просмотров.

Спасибо, что вы с нами!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘RQ-891.pdf
5.1 MB
#qonunchilikdagi_yangiliklar

"Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"
gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#tuhfa

🔰Bugun Toshkent viloyati soliq boshqarmasida yil davomidagi samarali mehnat qilib, byudjet tushumlarini ta’minlashdagi munosib hissasi uchun yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari taqdirlandi.

‼️Aytish kerakki 2023-yil davomida Toshkent viloyati soliq boshqarmasining barcha xodimlari mashaqqatli mehnatlari bilan belgilangan prognoz ko‘rsatgichlarini muvafaqqiyatli bajarib, iqtisodiyotimiz rivojiga munosib xissa qo‘sha oldilar.

♻️Yangi yilda ham xodimlarimizning soliq maʼmurchiligini takomillashtirish, soliq to‘lovchilarning yaqin hamkori va maslahatchisi sifatidagi xalqchil ishlarimizni qatʼiy davom ettirshlariga ishonamiz

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
.