Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
13.6K photos
1.89K videos
121 files
4.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#AOS

AOS to‘lovchilar uchun

Endilikda aylanmadan olinadigan soliqni pasaytirilgan stavkalarda to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari hisobotida mazkur stavkalar EHF, onlayn-NKT hamda "E-imtiyoz" dasturi orqali avtomatik shakllanadi.

📤Buning uchun soliq toʻlovchi “E-imtiyoz” orqali murojaat qoldirishi lozim.

Murojaat qoldirish uchun my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan quyidagilar ketma-ketlikda tanlanadi:

👉Xizmatlar roʻyxati
👉Soliq imtiyozlaridan foydalanish boʻyicha murojaat
👉Murojaatlar

Soʻngra hujjat turi, soliq turi, hujjat raqami tanlanadi. Bunda imtiyoz boshlanish va tugash sanasi, imtiyoz matni qatorlari shuningdek, tadbirkorlik subyektining onlayn nazorat-kassa texnikalari roʻyxati avtomatik shakllanadi.

Barcha qatorlarga soʻralgan maʼlumotlar toʻliq kiritilgach, “Yuborish” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.
#Bilasizmi?
#Aylanmadan_olinadigan_soliq

🔰Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchisidan dividendlar tarzidagi olingan daromadlariga soliq solinmaydi.

📌Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchisi mazkur soliq bo‘yicha va dividendlari tarzidagi daromadlarga taaluqli qism bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish majburiyatidan ozod qilinadi.

✔️Ushbu toifadagi soliq to‘lovchilar QQS to‘lashga o‘tishda QQS bilan xarid qilingan tovarlar qoldiqlari bo‘yicha QQSni hisobga olish huquqi berilmaydi.

https://t.iss.one/soliqpressa
#AOS

🗓 15-oktabr dam olish (yakshanba) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi va to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 16-oktabrga ko‘chiriladi.
👉Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 86-modda

Shu bois 2023-yil 16-oktabr  - aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni.

📜 Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

👉AOS hisobotining  paket kodi: 10104-30

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligʻi

🔰Jurnalist Shohira Hamro soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash naqadar ahamiyatli burch ekanligi to‘g‘risida yurtdoshlarimizga murojaat yo‘lladi.

📌Aziz vatandoshlar!
Mol-mulk va yer solig‘ini 15-oktabrga qadar to‘lashni unutmang.

📱Jismoniy shaxslar soliqlarni “Soliq” mobil (Android yoki iOS) ilovasi orqali ham to‘lashlari mumkin.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
“Soliqchi-ko‘makchi” Nurafshon shahar

📊“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili bugungi kunda soliq idoralarini faoliyatidagi asosiy yo‘nalishga aylanib bormoqda.

🔰Bu borada Toshkent viloyati Nurafshon shaxar soliq inspeksiyasi tomonidan tadbirkorlarga ko‘mak berilib, ularning muammolari o‘rganilmoqda, zarur maslahatlar berib kelinmoqda.

☑️"Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi" tamoyili doirasida 2023-yil 9-oyda jami 523 ta tadbirkorlik sub’ektlarining muammolari o‘rganildi.

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
#statistika

Toshkent viloyatida savdo sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar nechta?

2023-yilning 1-sentyabr holatiga ko‘ra, viloyatda savdo sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 14 331 tani tashkil etdi. Ushbu sohada eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilar:

➡️Zangiota tumani – 2036 ta
➡️Qibray tumani – 1141 ta
➡️Toshkent tumani – 1052 ta
➡️Chirchiq shahri – 895 ta

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
#imtiyoz

Chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar 1 foizlik ijtimoiy soliq stavkasini qanday qo‘llaydi?

2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha quyidagi sohalarda xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari ijtimoiy soliqni 1% stavkada toʻlaydi:
▫️ chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
▫️ mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari;
▫️ avtotransportda yoʻlovchi va yuk tashish;
▫️ transport vositalarini taʻmirlash va texnik xizmat koʻrsatish;
▫️ kompyuter xizmatlari;
▫️ maishiy texnika taʻmirlash;
▫️ agro va veterinariya xizmatlari;
▫️ koʻngilochar markazlarda xizmat koʻrsatish.

❗️Bunda ushbu xizmatlarni koʻrsatishdan olinadigan daromad umumiy daromadning kamida 60 foizini tashkil etishi lozim.

Agar xodimlar sonini yashirish faktlari aniqlansa, imtiyoz bekor qilinadi.

Soliq hisobotida imtiyoz qanday qoʻllaniladi?

JShODS va ijtimoiy soliq hisob-kitobining
011-satrida “Ijtimoiy soliq” ustunida Mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlgan daromadlar summasi (masalan, 1 mln soʻm) koʻrsatiladi.

Hisob-kitobning "Ijtimoiy soliq" ustuni 050-qatorida umumbelgilangan stavka (12%) koʻrsatiladi.

1-ilovaning “Ijtimoiy soliq hisoblanmaydigan toʻlov turlari” 040-qatorida “Normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkalari” boʻyicha imtiyoz belgilanadi:
Soliq kodeksi 20-qism, 483-modda (imtiyoz kodi 104045).

“Imtiyoz summasi” ustunida daromadning umumiy summasi (1 mln soʻm), “Pasaytirilgan stavka boʻyicha soliq summasi” ustunida esa 1% stavka hisobga olingan holda summa koʻrsatiladi (1 mln so‘mdan 1 % = 10 ming soʻm).

Shundan soʻng, Hisob-kitobning "Jami hisobot davrida toʻlanishi lozim boʻlgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, ijtimoiy soliq va SHJBPHga badallar summasi" 090-qatorida imtiyozlar hisobga olingan holda soliq summasi aks etadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#льготы

Как предпринимателям в сфере розничной торговли и общественного питания применить ставку соцналога в размере 1%?

С 1 апреля 2022 года до 1 января 2025 года субъекты предпринимательства, оказывающие услуги в сфере:
▫️розничной торговли и общественного питания,
▫️гостиничных услуг (размещение),
▫️пассажирских и грузовых перевозок автотранспортным средством,
▫️ремонта и технического обслуживания автотранспортных средств,
▫️компьютерных услуг,
▫️ремонта бытовой техники,
▫️агро- и ветеринарных услуг,
▫️ услуг, оказываемых в развлекательных центрах,
уплачивают соцналог по ставке в размере 1%.

❗️Доходы от оказания таких услуг должны составлять не менее 60% совокупного дохода.

Действие льготы прекращается в случае выявления фактов сокрытия численности работников.

Как применить льготу в налоговой отчетности?

В строке 011 Расчета НДФЛ и соцналога в столбце "Социальный налог" укажите сумму доходов в виде оплаты труда (например, 1 млн сумов).

В строке 050 в столбце "Социальный налог" Расчета укажите общеустановленную ставку соцналога (12%).

В Приложении №1 "Виды выплат, на которые не начисляется социальный налог" в строке 040 "Пониженные ставки соцналога в соответствии с правовыми актами" выберите льготу:
Налоговый кодекс - ч.20 ст. 483 (код льготы 104045).

В столбце "Сумма льготы" укажите общую сумму доходов (1 млн сумов), а в столбце "Сумма налога по пониженной ставке" - сумму с учетом ставки в размере 1% (1% от 1 млн сумов = 10 тыс. сумов).

После этого в строке 090 "Общая сумма НДФЛ, соцналога и взносов на ИНПС, подлежащие уплате в бюджет за отчетный период" самого Расчета отобразится сумма налога с учетом льготы.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

🔴 Men ulgurji savdo bilan shugulanmoqchiman. Yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lib uy manzilimda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tsam bo‘ladimi va qanday tartibda soliq to‘layman?

🔵 Ulgurji savdo bilan yuridik shaxs
sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar shug‘ullanishlari mumkin.
👉VMQ-407 26.11.2022-yil

Yuridik shahslar tomonidan ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullanganda AOS yoki QQS va foyda solig‘ini to‘lashni tanlashi mumkin.

Soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 1  mlrd so‘mdan oshganda majburiy tartibda foyda va QQS to‘lovchisi hisoblanadi.